Buxgalteriya hisobi


-rasm. Eng bosh kompaniyaning strukturasi.5



Yüklə 56,7 Kb.
səhifə6/6
tarix18.04.2023
ölçüsü56,7 Kb.
#100175
1   2   3   4   5   6
buxgalteriya mustaqil ish

2.1-rasm. Eng bosh kompaniyaning strukturasi.5
Buxgalteriya hisobot alohida mustaqil korxona bo'lishi yoki xo'jalik yurituvchi korxonalarning uyushgan guruhiga kirishidan qat'iy nazar, bajaradigan va sub’yektga ta'sir ko'rsatuvchi buxgalteriya voqealarni va muomalalarni ko'rsatish usuli hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobotlarning maqsadi korxonaning buxgalteriya ahvolidan, uning faoliyatidan va uning pul mablag'lari harakati bo'yicha ma'lumot berishdan iborat bo'lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishlari uchun zarurdir.
Buxgalteriya hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko'ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar, mulkida, xo'jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo'lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq, soliq to'lovchi hisoblanadigan alohida bo'linmalar taqdim etadi.
O'zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to'g'risida" qonunning 10- moddasida ko'rsatilgan "... aksiyadorlik jamiyatlari; banklar va boshqa kredit tashkilotlari; sug'urta tashkilotlari; investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag'larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari; manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo'lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; mablag'larining hosil bo'lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo'lmish byudjetdan tashqari fondlar; ustav fondida davlatga tegishli ulush bo'lgan.." xo'jalik yurituvchi sub'yektlar soliq organlariga auditorlik o'tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay, buxgalteriya hisobotning to'g'riligi to'g'risida auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar.
Tashabbusli auditorlik tekshiruvi o'tkazilgan taqdirda korxona buxgalteriya hisobotining to'g'riligi to'g'risida auditorlik xulosasining nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o'tkazilganidan keyin 15 kun davomida taqdim etiladi.
Buxgalteriya hisobotni tuzish chog'ida O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya hisobotni tuzish masalalari bo'yicha boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim.
Buxgalteriya hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr bilan tasdiqlanadi.
Buxgalteriya hisobotda o'chirish va ustiga yozishlar bo'lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni buxgalteriya hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko'rsatadilar.


1 S.N.Tashnazarov. Buxgalteriya hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish(MXHS va ilg’or tajribalar asosida). Monografiya. 2018-yil.

2 Adabiyotlar asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

3 K.B.Urazov. Buxgalteriya hisobi. 1-qism. Ma’ruza matni. 2019-yil

4 S.N.Tashnazarov. Buxgalteriya hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish(MXHS va ilg’or tajribalar asosida). Monografiya. 2018-yil.



5 S.N.Tashnazarov. Buxgalteriya hisobotning nazariy va metodologik asoslarini takomillashtirish(MXHS va ilg’or tajribalar asosida). Monografiya. 2018-yil.

Yüklə 56,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin