Buxgalteriya hisobi


Korxonalarda buxgalteriya hisobotni tashkil etish hamda buxgalteriya hisobotni tuzish tartibi



Yüklə 56,7 Kb.
səhifə4/6
tarix18.04.2023
ölçüsü56,7 Kb.
#100175
1   2   3   4   5   6
buxgalteriya mustaqil ish

Korxonalarda buxgalteriya hisobotni tashkil etish hamda buxgalteriya hisobotni tuzish tartibi.


Buxgalteriya hisobotlar tuzish uchun foydalaniladigan o‘ziga xos hisob yuritish siyosatiga qo‘shimchalarda foydalanuvchilar uchun buxgalteriya hisobotlarda foydalaniladigan baholarning asosi (dastlabki qiymat, joriy qiymat, sotish qiymati, diskont qiymati va boshqalar)ni bilish juda muhim hisoblanadi. Bu tamoyillar ko‘p hollarda uzluksizlik va hisoblash tamoyillari bilan o‘xshash bo‘lib, ular buxgalteriya hisobotni tuzish asosini tashkil qiladi. Ular bu tamoyillardan ba’zi holatlarda baholashlarning asoslari o‘rtasida tanlov mavjudligi bilan farq qiladi.
Buxgalteriya hisobotda korxona hisob yuritish siyosatini aks ettirish paytida quyidagilarga alohida e’tibor qaratishi lozim:

  • daromadning aks ettirilishi;

  • konsolidatsiya tamoyillari;

  • faoliyat turlarining uyg‘unligi;

  • qo‘shma faoliyat;

  • moddiy va nomoddiy aktivlarni va ularning eskirishini aks ettirish;

  • jalb qilingan mablag‘lar qiymatini kapitalizatsiya qilish;

  • kapital qo‘yilmalar;

  • investitsion mulk;

  • buxgalteriya investitsiyalar hamda buxgalteriya aktivlar;

  • ijara;

  • tadqiqotlar va rivojlanish bilan bog‘liq xarajatlar;

  • tovar-moddiy zaxiralar;

  • soliqlar hamda muddati kechiktirilgan soliqlar;

  • zahiralar;

  • ishchi va xizmatchilarni ushlab turish xarajatlari;

  • chet el valutasini o‘tkazish;

  • inflyatsiya hisobi;

  • hukumat subsidiyalari.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobotning izohlarida, hisoblarida va tushuntirishlarida daromadlar va xarajatlarni daromadlar, xarajatlar va faoliyat turlari tahlilini guruhlashtirib ko‘rsatishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobotlarining izohlari, hisoblari va tushuntirishlarida quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatishi lozim:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya hisoboti va hisob siyosati asoslari uchun turli asosiy muomalalar va hodisalarni tanlagani va qo‘llanilgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;

  • BHMA talab qilgan, hech bir buxgalteriya hisobotda aks ettirilmagan axborotni yoritish;

  • buxgalteriya hisobotlarda aks ettirilmagan, lekin buxgalteriya hisobotni aniq va haqqoniy taqdim etish uchun qo‘shimcha tahlil axborotlarini taqdim etish.

Amaliyotda ko‘pgina korxonalarning faoliyati ko‘p qirrali bo‘ladi hamda bu buxgalteriya hisobotlardan foydalanuvchilar uchun iqtisodiy qarorlar qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Yillik buxgalteriya hisobotlar qo‘shimcha ravishda tuziladigan buxgalteriya sharhni o‘z ichiga olishi kerak, chunki u korxonaning buxgalteriya faoliyatini, buxgalteriya ahvolini va ular duch kelgan asosiy noaniqliklarni bartaraf etadi.

Yüklə 56,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin