109
Tasniflash haqida bahs borganda, hamisha yuqorida ta’kidlab o‘tilgan
metodologik tamoyilni – istalgan turdagi tadqiq manbai serqirra hodisa
ekanligini, uni har tomondan tasnif etish mumkinligini, tadqiqotchilar manbaning
turlicha tasnif va bo‘linishlarini berishar ekan, uning turli qirralariga tayanib ish
ko‘rishlarini ta’kidlash va
bunday tasnif va guruhlashlar, bir-birini inkor etgan
holda, biri ikkinchisini to‘ldirib kelishini unutmaslik kerak. U yoki bu tadqiqotchi
tasnif asosi sifatida tanlagan tomonlar tasnif etilayotgan manbaning tabiatini
qanchalik aniq va nisbatan to‘liq aks ettira oladi degan muammo – tamoman
boshqa masala. Lekin dialektik yondashishda narsa zotida mujassamlangan
istalgan belgi-xususiyat faqat ma’lum bir munosabatdagina
voqelanishi va
ahamiyat kasb etishi, boshqa vaziyat va sharoitda mutlaqo ahamiyatsiz bo‘la
olishini hisobga olsak, manbada bor belgi-xususiyat mutlaqo ahamiyatsiz bo‘la
olmasligi, o‘rni bilan istalgan tomon ma’lum bir vaziyat uchun eng ahamiyatli
bo‘la olishini tan olishga majburmiz. Ma’lumki, og‘zaki (fonatsion, tovush) va
yozma nutq imkoniyatlari, bevosita kontakt va bilvosita distant muloqot vosita va
xususiyatlari bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan, bevosita kontakt muloqotda
behad katta ahamiyatga ega bo‘lgan ovoz tembri va yuz
holati bilvosita kontakt
muloqotda mutlaqo ahamiyatciz; distant vositali muloqotda esa har ikkilasi ham
ahamiyat kasb etmaydi. Shuning uchun muloqotni turli tomondan tasnif etgan
mazkur olimlarning fikrlariga qo‘shilgan holda shuni ta’kidlash bilan
kifoyalanamizki, muayyan vaziyatda bu tomondan har biri o‘ziga
xos mavqe va
ahamiyatga ega bo‘ladi. Mana shu dialektik omilga tayangan holda muloqotni
tahlil qilishga harakat qilamiz.
Hayotda har qadamda va muttasil ado etib turilishi zarur bo‘lgan axloq,
odob, xulq-atvor, burch, yurish-turishimizga xos mayda-chuyda, eng oddiy
qoidalarga
kishi birdaniga, osongina, darsliklarni o‘qish bilangina emas, balki
turmushning turli vaziyatlarida sodir bo‘lib turadigan juz’iy me’yor yoki
prinsiplarni bajarish orqali erisha boradi. Masalan, darvozadan ko‘chaga chiqish
bilan boshqacha vaziyat sodir bo‘ladi, odamlar davrasiga kirib boramiz, ular bilan
turli munosabatda bo‘lamiz. Kim bo‘lishimizdan qat’i nazar,
har xil vaziyatda
xususiyatimizni shunga muvofiq o‘zgartirib turamiz. Aytaylik, piyoda yoki
transportda yuradigan bo‘lsak – yo‘lovchi, magazinga kirsak – xaridor,
oshxonada
– xo‘randa, kinoteatrda – tomoshabin, ishga borsak –
ishchi/xizmatchi/o‘qituvchi/ijrochi bo‘lib qolamiz. Shuni hisobga olish kerakki,
ulardan har birining muloqoti o‘ziga xos qonun-qoidalarga – me’yorlarga ega va
bir holatdan ikkinchi holatga o‘tar ekanmiz, onglimi-ongsizmi,
shu holat uchun
me’yor bo‘lgan muloqot normalariga bo‘ysunamiz, har safar yangi bo‘lgan
holatimizga o‘zimizni moslashtiramiz, o‘zgarib turamiz. Nutqiy vaziyatga
moslashamiz.