111
Uchinchi
, kishi uxlog‘on vaqtida.
To‘rtinchi
, hammomda junub (yuvinmagan)ga.
Beshinchidan
, taom yeb turg‘on kishiga, agar taom og‘zida bo‘lmasa,salom joiz
va lozimdur.
Oltinchi
, xatib (imom)g‘a xutba o‘qug‘on vaqtda.
Yettinchi
,
muazzinga azon va iqomat aytib turg‘on vaqtda.
Sakkizinchi
, namoz o‘qub
turg‘on kishiga.
To‘qqizinchi
, qur’on o‘qib turg‘on kishiga.
O‘ninchi
, duo o‘qib
turg‘on kishiga.
O‘n birinchi
, muhrum (hajga ehrom kiyuvchi) talmih etib turg‘on
holda
49
.
Yuzma-yuz muloqot so‘zlovchidan ham ko‘ra tinglovchiga ko‘proq naf
keltiradi. Bu boradagi tadqiqot natijalariga qaraganda, kishi fikrini sim (telefon)
orqali bayon etganda suhbatdoshi u aytmoqchi bo‘lgan fikrning nari borsa 55 %
ini, yuzma-yuz suhbatlashganlarida esa 80 %, hatto 95 % ini o‘zlashtirar ekan.
Buning asosiy sababi shundaki, har bir insonning o‘z
biologik maydoni mavjud
bo‘lib, shu maydon ichida uning fikrini uqish ancha oson kechadi
50
. Shu boisdan
bo‘lsa kerak, odamlar hamisha o‘zlari yoqtirgan, didlariga ma’qul keladigan
kishilar bilan diydorlashishga, yuzma-yuz muloqot qilishga intiladilar. Jumladan,
odamlar el nazariga tushgan shoir va yozuvchilar, hofiz va xonandalarni radio
orqali eshitgan, hatto siymolarini oynai jahon orqali bir necha marta ko‘rgan
bo‘lishlariga qaramay, o‘zlarida “tirik shoir”, “tirik hofiz”ni ko‘rish
istagini his
etib yashaydilar. Chunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, diydor jarayonida –
vaziyatida odamlar bu iste’dod egalari bilan hamnafaslik (bir biologik maydon
ichida bo‘lish), o‘zlarini ko‘rish orqali ular haqidagi tasavvurlarini kengaytirish
imkoniga ega bo‘ladilar.
Kishi nutqiy muloqotga kirishar ekan, bu muloqot qaysi jamiyatda
voqelanishini bilishi zarur. Zero, har bir jamiyatning nutq shtamplari,
muloqot
doirasi va mavzusi, leksikasi o‘ziga xos. Bunda nutq vaziyati
nutq sharoiti
bilan
kesishadi va nafaqat jamiyat, balki ayni bir jamiyatning turli tarixiy davrlaridagi
ijtimoiy, milliy, etik, estetik me’yor va qoidalari ham ahamiyatli. Shu nuqtayi
nazardan “O‘tgan kunlar” asarida barchaning suyukli qahramoni bo‘lgan
Otabekning ikki o‘ta ziddiyatli holatida hozirgi
kitobxon uchun unchalik
tushunarli bo‘lmagan nutqi xususiyatlari tahlili ustida to‘xtalamiz. Birinchisi,
Otabekning Homid bilan hayot-mamot kurashi (pichoqlashishi) holatida:
Homid qo‘lini bo‘shatishka urinar ekan, Otabek salmoqqina qilib dedi:
– Ortiqcha
Dostları ilə paylaş: