108
Shunda dehqon:
–
Ey donishmand
,
nima eksam, men boyib ketaman? –
deb murojaat
qilibdi. Yo‘lovchi unga piyoz ekishni maslahat beribdi. Notanish yo‘lovchining
gapiga kirgan dehqon o‘sha yili chindan ham boyib ketibdi. Shodligidan bosar-
tusarini bilmay qolgan dehqonga yana o‘sha odmigina yo‘lovchi uchrab qolibdi.
Dehqon yana so‘rabdi:
–
Ey gado
, nima eksam, men yana boyib ketaman? – deb ikkinchi
marotaba murojaat qilibdi.
Shunda u yana bir ekinning nomini aytib, yo‘lida davom etibdi. Keyingi yili
dehqonning omadi chopmabdi, kambag‘allashib ketibdi. Bundan g‘azablangan
dehqon haligi yo‘lovchini sabrsizlik bilan kuta boshlabdi. Nihoyat,
u tanish
yo‘lovchini uchratibdi va:
–
Ey nodon yo‘lovchi
, nega meni aldading? Sening gapingga kirib, yanada
boyish o‘rniga butkul kambag‘allashib ketdim-ku! – deb g‘azab qilibdi.
– O‘zingni bos,–debdi yo‘lovchi. – Birinchi
yili
sen
menga
“donishmand”
deb murojaat qilding. Men senga donishmand javobini berdim.
Natijada sen boyib ketding. Keyingi safar menga
“gado”
deb murojaat qilding va
men gadoning javobini berdim, – degan ekan.
Dostları ilə paylaş: