82
ALBERO/ TREE
daraxt
/albero/ /tri/
Subordinativ bilingvizmda
so‘zlashuvchilar ikkinchi tilni ona tilining ta’siri
vositasida qabul qiladi: tushuncha ona tilining leksik birliklari, qolganlar esa
ikkinchi til birliklari bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Bu turdagi bilingvizmda,
odatda, ikkinchi til tarjima qilish usuli bilan o‘rganiladi: /tri/ shakli /albero/ni
ifodalaydi, shuning uchun italyancha ALBERO/alberoning o‘zi belgining belgisi,
ya’ni metabelgi hisoblanadi:
ALBERO
daraxt
/albero/
/tri/
Ikki tilni biladigan shaxs (bilingv)larning nutqida u qo‘llaydigan tillarning
o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Bu o‘zaro ta’sir nutqda, tilda, shuningdek, har qanday til
osti tizimlarida:
fonetikada, grammatikada, leksikada namoyon bo‘lishi mumkin.
Interferensiya keng ma’noda ikki tillilik sharoitida til sistemalarining o‘zaro
ta’sirini; ikki tilli shaxslar nutqida u yoki bu til me’yorining buzilishini
ifodalaydi. Tor ma’noda ikki tilli shaxsning og‘zaki va yozma nutqida ona tili
ta’sirida ikkinchi til me’yorlarining buzilishini anglatadi. Umuman, ikki tilni
biladigan shaxsning bir tilining ikkinchi tilga ko‘rsatgan har qanday ta’siri va bu
ta’sirning natijasi interferensiya deyiladi. Odatda, interferensiya deganda,
faqat
nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayonlar tushuniladi, ongli ravishdagi o‘zlashmalar
unga taalluqli bo‘lmaydi. Interferensiyaning yo‘nalishlari turlicha bo‘lishi
mumkin. Ona tilining ikkinchi tilga interferensiyasi ko‘proq kuzatiladi. Biroq
ikkinchi til asosiy tilga aylanganida u ham ona tiliga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Masalan, o‘zbek bolasi ruslar yashovchi hududga ko‘chib boradi va rus
maktabida o‘qiy boshlaydi. Asta-sekin rus tili uning ona tilisiga ta’sir qila
boshlaydi va u ko‘proq rus tilida gapira boshlaydi. Masalan, uning nutqida “Mam,
ujin qilamizmi?”, “Ponedelnik kuni fizkultura bor”. Yoki ko‘p yillar davomida
chet elda muhojir bo‘lib yashagan o‘zbeklarning nutqida ham bu ta’sirni ko‘rish
mumkin. Masalan, “Hammasi okey bo‘ladi”, “O, yes! Zo‘r bo‘ldi”. Rossiyadagi
bozorlardan biridagi savdogarlar nutqida “Такой
прайс только за лейбл что
ли?” tarzidagi inglizcha leksik interferensiya asosida qurilgan ruscha jumlani
kuzatish mumkin. Mazkur matnda ruscha цена leksemasining o‘rniga inglizcha
price so‘zi individual qo‘llanilgan bo‘lib, unda yosh (yosh-molodoy), mavzu
(tijorat), holat (bozor) va maqom (“chelnok”) singari ijtimoiy omillar ishtirok
etgan. Interferensiya lisoniy aloqalar nazariyasida markaziy tushunchalardan biri
83
hisoblanadi. U til darajasiga muvofiq ravishda quyidagi ko‘rinishlarda
namoyon
bo‘ladi:
1) fonetik interferensiya;
2) grammatik interferensiya;
3) sintaktik interferensiya;
4) leksik-semantik interferensiya.
Fonetik interferensiya ikki tilli shaxs nutqida aloqadagi tillarning fonetik
tizimidagi o‘zaro ta’sir hodisasi bo‘lib, talaffuzdagi aksentda namoyon bo‘ladi.
Masalan, koreyslarning o‘zbekcha nutqida
va undoshlarining
farqlanmasligi (karavot → kalavot, marta → malta), undoshining (Zuhra
→ Juhra, zo‘r → jo‘r, zirak → jirak), undoshining
deb talaffuz qilinishi
(hafta →hapta, fasl → pasl) yoki ruslarning o‘zbekcha nutqida ning (qiz
→ kiz, qara → kara), ning (tog‘ → tog, og‘rimoq → ogrimoq) deb
talaffuz h.k. Grammatik interferensiya – ikki tilli shaxs nutqida ona tili
grammatik tuzilishining ta’siri. Bu kelishiklarni qorishtirish (uyga boradi → uyda
boradi), fe’l zamonlarini nomuvofiq qo‘llash (ertaga keldi), son + ot + -lar
qolipini qo‘llash (ikki kishilar) va h.k. Sintaktik interferensiya – ikki tilli shaxs
nutqida ona tili sintaksisi ta’sirida sintaktik qoidalarining buzilishi (Keldi u
biznikiga kecha). Leksik-semantik interferensiya – aloqadagi tillarning leksik-
semantik darajadagi o‘zaro ta’siri, so‘zdagi ma’nolar farqliligi natijasida ikki tilli
shaxs nutqida me’yorlarning buzilishi; so‘zlarning bog‘lanishidagi buzilish;
parafaziya (nutqda biron so‘zni boshqa so‘z o‘rnida noto‘g‘ri qo‘llash) va h.k.
Masalan, dugonam uylandi; og‘aynim turmushga chiqdi. Xullas, interferensiya
individlarga xos hodisa. Lekin ommaviy ikki tillilik holatlarida bir turdagi
interferension jarayonlar ko‘pchilikning nutqini tavsiflashi ham mumkin.
Masalan, sobiq sho‘rolar davrida rus tili ommaviy ravishda turli til egalarining
nutqiga ta’sir ko‘rsatgan.