80
Kodlar aralashuvining ikki turi mavjud:
1. Kodlarning vaziyatli aralashuvi. Bunda til yoki tilning mavjud shakllarini
tanlash rasmiy va norasmiy vaziyatlarga bog‘liq bo‘ladi.
2. Kodlarlarning metaforik aralashuvi. Ijtimoiy vaziyatning to‘liq
o‘zgarishini emas, balki uning unsurlaridan birining o‘zgarishi (mavzu o‘zgarishi,
muloqotchilar o‘rtasidagi ijtimoiy-kommunikativ to‘siqlarni bartaraf qilish
yo‘nalishining o‘zgarishi)ni taqozo qiladi.
Xullas, bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tish deganda,
so‘zlashuvchining bir tildan (yoki til subkodlaridan) boshqa bir tilga to‘liq o‘tishi
tushuniladi. Bir kod tasarrufidan ikkinchi kod tasarrufiga o‘tishning
badiiy
adabiyotdagi namunasi sifatida L. N. Tolstoyning “Urush va tinchlik” romanidagi
rus zodagonlari nutqida rus tilining fransuz tiliga (yoki aksincha) almashtirilishini
ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: