Birlamchi oqim va 1-metrli pufakchali vodorod kamerasining asosiy xarakteristikalari



Yüklə 108,94 Kb.
səhifə3/7
tarix25.12.2023
ölçüsü108,94 Kb.
#196253
1   2   3   4   5   6   7
Vodorodli pufakchali kamera

2.4. Proton va π+-mezonlarni ajratish usuli

Ushbu pargraffda eksperimental material bilan proton va π+ -mezonlarni yuqorida keltirilgan 2.3-paragrafda tavsiflanganidek, mikroskopda р<1.25 ГэВ/с bo’lgan impuls oralig’ida vizual samarali tarzda aniqlanadi, ajratib bo’lmaydigan р / π+ lar aralashib ketadigan 1.25 < р<1.75 ГэВ/с bo’lgan impuls oralig’ida tahlil qilingan. Berilgan ishda birinchi marta yuqoridagi impuls oralig’ida protonlar va π+-mezonlar hamda qo’shimcha protonlar ulushini ajratish bajarilgan. Biz berilgan mexanizmlarda hosil bo’ladigan tezkor manfiy va musbat zaryadlangan pionlar, kislorod yadrosi proton va neytronlari dastlabki soni bir xilligi kabi bo’ladi. 1.25 <р< 1.75 ГэВ/с impuls oralig’ida π--mezonlarning o’rtacha ko’plamchiligi 0.030 ± 0.001 ni tashkil qiladi. Bu impuls oralig’ida ajratib bo’lmaydigan bir zaryadli musbat zarralar (proton hamda π+-mezon) ko’plamchiligi 0.19 ± 0.01 ga teng edi. Oxirgi kattalikdan tezkor π--mezonlar o’rtacha ko’plamchiligi ajratilgandan keyin tezkor protonalar ko’plamchiligi bu impuls oralig’ida 0.16 ± 0.02 ni tashkil qiladi. Keyinchalik, mavjud berilgan hodisalarda ajratib bo’lmaydigan bir zaryadli musbat zarralar bir ma’noli aniqlanadigan tepki protonlar hamda ularning mavjud emasligi quyidagicha bog’liq (W=0.16/0.19=0.84) aniqlangan ulushda proton (ya’ni snaryad proton) ko’plamchiligi ~0.16 ni tashkil qiladi hamda tepki proton (nishon proton) ko’plamchiligi ~0.03 ni tashkil qiladi. Shunday qilib, eksperimental ma’lumotlarga ko’ra, protonlarning o’rtacha miqdordagi ko’plamchiligi va nishon-protonlar 1.25 <р< 1.75 GeV/с oralig’ida proton ulushi olingan qiymatini hisobga olgan holda berilgan.


2.5. Impuls va burchaklarni o’lchash xatoliklari

Har qanday eksperimental usulda bo’lgani kabi, vodorodli pufakchali kamerada o’lchovlar instrumental, metodologik va statistik xatoliklarga ega. Metodik o’lchashlarda optik tizim aniqligini oshirish ko’rsatadiki, berilayotgan eksperimentda zarracha izlarning fazoviy koordinatalarni tiklashda absolyut xatoliklar х=0.08 mm, y=0.21 mm, z=0.51 mmni tashkil qiladi. Bu sistematik va to’g’rilanadigan xatoliklar hisoblanadi, ular uchun hodisalarni qayta ishlashning geometrik dasturi kiritilgan. Xatoliklar, maxsus film ma’lumotlariga bog’liq, bundan bir jinsli bo’lmagan muhitda zarracha izlaridagi delta elektronlar taqsimoti va ularning o’lchamlari, kamera ishchi hajmidan o’tadigan zaryadlangan zarraning ko’p qirrali sochilishi o’zgarishi, kamera hajmida magnit maydonning bir jinsli emasligi va hakozo. Bu xatoliklar statistik xarakterga ega va o’lchash aniqligini belgilaydi.



Yüklə 108,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin