Birlamchi oqim va 1-metrli pufakchali vodorod kamerasining asosiy xarakteristikalari


Parchalarni massa soni bo’yicha ajratish



Yüklə 108,94 Kb.
səhifə6/7
tarix25.12.2023
ölçüsü108,94 Kb.
#196253
1   2   3   4   5   6   7
Vodorodli pufakchali kamera

2.7. Parchalarni massa soni bo’yicha ajratish

Biz ta’kidlaymizki, protonlarning energiya spektrlarini hodisalarni massa bo’yicha aniq ajratish uchun tahlil qilayotganda, kameraning ish hajmida tezkor bir tekis zaryadlangan zarralarning uzunligi 35 sm dan oshgan o’lchovlarni ko’rib chiqdik. Bu bo’limda tajriba natijalarini olish uslubi atroflicha tavsiflangan, birlamchi yadro dastasi va bir metrli vodorodli pufakchali kamera (VPK) asosiy xarakteristikalari berilgan, impuls va burchaklarni o’lchash xatoliklari, eksperimental materiallar statistikasi, noelastik kesimi, fragmentlarning massa sonlari bo’yicha taqsimotlari, izotoplar tarkibi va3.25 А GeV/c impulsli 16Ор-to’qnashuvlarida Zfr = 1-4 zaryadli fragmentlar hosil bo’lishi inklyuziv kesimlari keltirilgan. Massalari bo’yicha fragmentlar identifikatsiyasi uchun laboratoriya koordinatalar sistemasidagi quyidagi impuls oraliqlari kiritilgan. Oxirgi fragmentlarni massa soniga ko’ra ajratish uchun eksperimental sharoitlarga ko’ra, fragmentning o’rtacha tezligi massa bilan mutanosib bo’ladi. Ushbu tanlov bilan impuls o’lchashdagi o’rtacha xato 1H, 2H-lar uchun 3 % va 3H-uchun 5 % dan kamni tashkil qiladi. [96,112,124] ishlarga muvofiq impuls spektrlarning berilgan chegaralarini qabul qildik, bu esa zaryadli va massali qismlarni ishonchli tarzda aniqlash imkonini beradi.


Parchalangan zarrachalarni ajratish uchun massa soni bo’yicha ajratish usuli qo’llaniladi, eksperimentning bu usulida fragmentlarning o’rtacha impulsli uning massa soniga proportsional bo’ladi. Belgilab qo’yamizki, protonlarning energetik spektrida biz qarayotgan hodisalarda ajratilgan parchalarning o’lchash aniqligini oshirish uchun tezkor bir zaryadli zarralar izlarini o’lchashda izlarning kameradagi uzunligi 35 sm dan ortig’ini olamiz. Bunday tanlashlarda impulsini o’lchaganda o’rtacha chetlanish 1Н, 2Н uchun 3 % va 3Н uchun 5 % dan [1,4,5] oshmaydi.

  • Bir zaryadli fragmentlar: 1.75 <р<4.75 GeV/c oralig’dagi bir zaryadli fragmentlar protonlar hisoblanadi, 4.75<р<7.75 GeV/c oralig’idagilar 2Н ga va р>7.75 GeV/c oraliqdagilar 3Н yadrosiga tegishli bo’ladi. Bunday ajratish jarayonida protonlar vaπ+-mezonlarning aralashib ketish jarayoni 1.25 <р<1.75 GeV/c impuls oraligida kuzatiladi, 2.4-paragrafda protonlar va π+-mezonlarning 1.25<р<1.75 GeV/c impuls oralig’ida ajratish statistikasi ko’rsatilgan. Bunday tanlash р≥1.75 GeV/с dan yuqori impulsda protonlari bilan π+-mezonlar aralashuvi e’tiborsizlanishi mumkin, chunki π+-mezonlar hosil bo’lishi, bunday impulsda kinematik ravishda mumkin emas.

  • Ikki zaryadli fragmentlar: р< 10.75 GeV/c oraliqdagi ikki zaryadli fragmentlar 3Нe ga tegishli,р> 10.75 GeV/c oraliqdagilar esa 4Нe yadrosiga tegishli hisoblanadi. Bunday fragmentlarni aniqlashda (L>35 sm) massa izotoplarning aralashib ketishi 4-5% dan oshmaydi.

  • Uch zaryadli fragmentlar: р< 21.25 GeV/c impulsli uch zaryadli fragmentlar 6Li yadrosiga tegishli, 21.25<р< 24.5 GeV/c oraliqdagilar 7Li yadrosiga, р ≥ 24.5 ГэВ/c oraliqdagilar esa 8Li yadrosiga tegishli bo’ladi.

  • To’rt zaryadli fragmentlar: p< 25.75 GeV/c impulsli to’rt zaryadli fragmentlar 7Be yadrosiga tegishli, impuls spektri boshlanishi 7Be yadrolari impuls spektri oxiri bilan yopilishi mumkin bo’lgan berilliy yadro izotoplari orasida 8Be turg’un yadrolari mavjud emas. Hamda 25.75
    9Вe yadrosiga tegishli va p> 30.75 GeV/с –10В yadrosiga tegishli bo’ladi.

Zfr ≥ 5 zaryadli ko’p zaryadli fragmentlar uchun ularning uzunligi bo’yicha taqiqlash kiritilmagan, chunki bunday fragmentlar uchun massa bo’yicha identifikatsiya qilinmagan. Bitta va ikkita zaryadli fragmentlarning o’rtacha ko’plamchiliklarini aniqlashda ushbu fragmentlarning yo’qolishi kameraning ishchi suyuqligi (vodorod) bilan o’zaro ta’siriga bog’liqligi uchun L ≤ 30 sm masofada amalga oshirildi.

Yüklə 108,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin