Birlamchi oqim va 1-metrli pufakchali vodorod kamerasining asosiy xarakteristikalari



Yüklə 108,94 Kb.
səhifə1/7
tarix25.12.2023
ölçüsü108,94 Kb.
#196253
  1   2   3   4   5   6   7
Vodorodli pufakchali kamera


Birlamchi oqim va 1-metrli pufakchali vodorod
kamerasining asosiy xarakteristikalari

Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti, yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasida 1 metrli pufakchali vodorod kamera sixrofazatron yordamida har bir nuklonga 3.25 GeV/c impulsli relyativistik kislorodlar oqimi bilan nurlantirildi. Kamerani nurlatish vaqtida magnit maydonga joylashtirilgan bo’lib, o’rtacha kuchlanganligi H=18.5 kiloGauss ni tashkil qiladi. Magnit maydonning yo’nalishi, odatda, asosiy nurning yo’nalishiga ko’ndalang bo’lgan yo’nalish tanlanadi. Amalda bu talab taxminan qondiriladi va turli sabablarga ko’ra magnit maydonining kuchlanganligi ta’sir qilish vaqtida bir muncha o’zgarib turadi. Shu nuqtai nazardan, har bir nurlanishdan oldin (VPKda vodorod solinishi) kuchlanganlikning Hx, Hy, Hz. uch komponentining qiymatini aniqlash amalga oshiriladi. Ma’lumotlar taxmin qilingan 7-darajali Lejandr polinomiga to’g’ri keladi va geometrik rekontsruksiya, hamda ikkilamchi zarralarning va fragmentlar izlari kinematik tahlillari uchun ishlatilgan. 1 metrli pufakchali vodorod kamerasining ishchi suyuqlikning (vodorodniki) zichligi=(0.05584± 0.0001) g/sm3 ga teng [5].


Birlashgan yadro tadqiqotlari instituti, yuqori energiyalar fizikasi laboratoriyasi sinrofazatronida olingan, har bir nuklonga 3.25 GeV/c impulsli tezlashtirilayotgan birlamchi kislorod yadrosi oqimi 85% ni ichida boshqa yadrolarning (uglerod 12C, azot 14N ) ulushi 15% ni tashkil qiladi[133].
Bundan tashqari, asosiy nurlanishning chiqish kanalining devori yoki devor materiali bilan o’zaro ta’siri natijasida hosil bo’lgan, azot yoki kislorod izotoplari kameraning ishchi zonasiga kirishi mumkin. Ushbu zarralar izlarining qalinligi bir-biriga yaqinligi va yo’lda ∆-elektronlarning chiziqli zichligi yaqinligi sababli, tanlov paytida nur zarrasi bilan aralashtirilishi mumkin. Bundan, ionlash Z-ion zaryadining kvadratiga proportsional bo’lgani uchun, tasvirlarni ko’rishda jarayonnida 16O va 14N yo’llarini ajratish mumkin, donalarning zichligi nisbati esa 1,3 marta farqlanadi (64/49).
Vodorod kamerasining (VPK–100) ishchi hajmi 4 ta proeksion fotokameralar yordamida su’ratga olingan. Bir metrlik pufakchali vodorod kameralarning optik o’qlari bir–biriga parallel joylashgan bo’lib, proeksiyalarni rasmga tushirish bazislari VPK- 100 ning ko’ndalang yo’nalishi tashkil etuvchisi bo’yicha 500 mm ni, bo’ylama tashkil etuvchisi yo’nalishi bo’yicha 310 mm ni tashkil qiladi. Bir metrlik pufakchali vodorod kameralarning rasmga olunuvchi hajmi 960x360x295 mm3 ni tashkil qiladi.



Yüklə 108,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin