Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


-Jadval  Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy ko`rsatkichlari



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

1-Jadval 
Har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy ko`rsatkichlari
(100 g oqsil tarkibidagi aminokislotalarning miqdori)

Aminokislotalar 
Tuxum 
albumini 
Ho`kiz qon 
zardobi 
albumini 
Soya uni 
oqsili 
Achitqi 
biomassasi 
oqsili 
Triptofan
1,6
-
0,4
0,3
Lizin
6,4
13,0
5,1
5,1
Gistidin
2,4
3,9
1,8
1,7
Arginin
6,1
6,0
4,4
2,3
Asparagin kislota
9,0
10,2
6,7
4,6
Treonin
5,1
5,9
3,3
2,9
Serin
3,5
4,0
3,3
2,5
Glutamin kislota
16,0
16,3
8,6
6,5
Prolin
8,1
5,1
2,9
1,4
Glitsin
3,6
2,0
2,5
2,2
Alanin
7,4
5,3
2,3
3,3
Sistin
2,4
-
0,9
0,3
Valin
7,3
7,0
3,4
3,0
Metionin
3,1
-
0,8
0,9
Izoleysin
6,6
2,4
2,8
3,1
Leysin
8,8
10,8
4,4
3,7
Tirozin
4,2
4,5
2,1
2,3
Fenilalanin
5,5
5,8
3,1
2,5


Shuningdek, yem-oziqa, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda va tibbiyotda 
foydalanishga qaratilgan aminokislotalar, ferment preparatlari, tibbiyot va veterinariya 
ehtiyoji uchun kerak bo`lgan antibiotiklar dehqonchilik uchun zarur bo`lgan biologik 
o`g`itlar, o`simliklarni muhofaza qilish mahsulotlarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish 
muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mikrobli transformatsiya jarayonlaridan foydalangan 
holda vitaminlar, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga qo`shish uchun kerakli moddalar, yarim 
sintetik antibiotiklar va dorivor moddalarni ajratib olish biotexnologiyaning istiqbolli 
yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi davrda mikroblar yordamida sanoat miqyosida amalga oshiriladigan sintez 
yagona biotexnologik tizimdan iborat bo`lishi lozim. Bu tizim o`z ichiga ishlab chiqariladigan 
mahsulotning turi, uning mahsulot sifatidagi shakli va miqdoriy ko`rsatkichiga qarab ketma-
ket amalga oshiriladigan bosqichlar va operatsiyalarni qamrab oladi. Biotexnologik tizimning 
umumiy 
ko`rinishi 
1-Rasmda 
keltirilgan. 
Odatda 
mikrob-produsentni 
tanlashda 
mikroorganizmning eng yuqori mahsuldor shtammini tanlab olinadi. Bunda molekulyar 
biologiya, seleksiya va molekulyar genetikaning eng so`nggi yutuqlari bilan qurollangan 
holda ishni mikrob hujayralarini biokimyosi, fiziologiyasi va gen muhandisligiga tegishli 
bilimlarga tayanib olib boriladi. Shu yo`sinda produsent-shtammning biotexnologik jihati 
baholanadi va uning potensial imkoniyatlari haqida xulosalar chiqariladi. Biotexnologik 
tizimning samaradorligi produsent-mikrobning maqsadli mahsulot ishlab chiqarishini 
ta`minlashda uni o`stirishga tegishli bo`lgan eng kam harajatli tarkibga ega bo`lgan kimyoviy 
komponentlarni tanlash muhim ahamiyatga ega. Tanlash variantlarini bir tomondan mikrob 
hujayrasini energetik va moddiy ehtiyojini qoplaydigan va boshqa tomondan texnologik uslub 
va xomashyoni qimmati nuqtai nazardan eng qulay bo`lgan variant tanlab olinadi. 
Biotexnologik tizimni shakllantirishda produsent-mikrob hujayralarini o`stirish rejimini ishlab 
chiqish ham muhim ahamiyatga egadir.. Bunda hujayraning fiziologik ehtiyojini maksimal 
qondirishga intilish lozim. Shundagina hujayraning genetik potensialidan to`liq foydalanish 
mumkin bo`ladi. Bu narsa o`simlik materiallarini gidrolizi natijasida hosil bo`ladigan 
karbonsuvlarni hammasidan oziqali achitqi ajratib olishda foydalanish imkoniyatini yaratadi. 
Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo`lga qo`yilishi achitqili biomassani 
karbonsuvlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada rivojlanib 
ketdi.
Hujayrani o`stirishni ta`minlaydigan qurilmalarning muhandislik nuqtai nazaridan 
baholaganda, biotexnologik tizimni ishlashini optimallashtirishda matematik modellashtirish 
asosida EHM dan foydalanish va butun tizimni avtomatik boshqarilishiga erishish yaxshi 
samara beradi.
Biotexnologik tizimning to`liq va uzluksiz ishlashini ta`minlashning keyingi bosqichi 
maqsadli ishlab chiqarilgan mahsulotni kafolatli saqlanishi va o`z vaqtida undan 
foydalanilishini ta`minlashdan iborat bo`ladi. 


1-Rasm
. Mikrobli sintez yo`li bilan mahsulot ishlab chiqarish sanoatining ko`p bosqichli 
biotexnologik tizimi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin