Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Mavzu: Xlorella biomassasidan oqsil-uglevod kompleksi olish



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Mavzu:
Xlorella biomassasidan oqsil-uglevod kompleksi olish 
Chlorella mikrosuvo‘ti yashil mikrosuvo‘tlari (Chlorophyta) oilasiga mansub protokok 
bir hujayrali tirik organizmdir. Yashil mikrosuvo‘tlari oilasiga kirishining asosiy sababi 
xujayrasidagi xromatofor yashil xlorofil donachalar saqlashi hisobiga suvlarga yashil tus 
berishidir. Bu organizm tanasi bor yog‘i 1,5 dan 10 mikrongacha bo‘ladi. Bu organizmni 
faqatgina mikroskop yordamida ko‘rish mumkin Shunga qaramasdan bu organizm ham 
tanasida katta miqdorda oqsil va makro-va mikroelementlar saqlashi bu organizmga bo‘lgan 
qiziqishning ortishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi kelib Sayyoramizning alglogiya o‘rganilayotgan 
barcha davlatlarida ushbu mikrosuvo‘ti keng o‘rganilib va qo‘llanib kelayapti. Bu mitti 
organizm er yuzasida eng keng tarqalgan mikrosuvo‘ti bo‘lib uni barcha suv havzalaridan 
topib, ajratib olish imkoniyati yuqori sanaladi.
Rasm.Xlorellaning hujayrasi (A) hamda koloniyalarining umumiy ko‘rinishi
 
Shunisi qiziqki, aynan shu tur mikrosuvo‘ti havoda ham yashay olishi bilan ajralib turadi. 
Chlorella chuda tez moslanuvchan bo‘lganligi sababli u har qanday suv havzalarida ham o‘sa 
olish imkoniyatiga egadir. Bu organizm termofill organizm hisoblanib u issiq xavoni juda 
sevadi va u uchun 35-39
0
S harorati eng maquli hisoblanadi. Shu bilan birga fotosintez 
jarayoni va mineral tuzlar bu organizmning ko‘payishi uchun eng muhim omillar hisoblanadi. 
Quyoshli o‘lkalarda Chlorella ni o‘stirish oson hisoblanadi. Buning omili quyoshning yil 
davomida ko‘proq bo‘lishi va fotosintez jarayonining to‘xtovsiz davom etib turishidir. 
Chlorella tuzli va chuchuk suvlarda bemalol o‘sa oladi (ishqoriy va kislotali muhitlarda 
o‘smaydi) 
Kimyoviy tarkibi. 
Chlorella mikrosuvo‘ti yuqorida aytib o‘tilganidek juda boy 
kimyoviy tarkibga ega. Bu organizm tarkibida barcha almashinmaydigan aminokislotalar 
mavjud (4-jadval).
Chlorella mikrosuvo‘ti aminokislotalar tarkibi taqsimga sazovor bo‘lib, bu tarkib tirik 
organizm (yiriklari) hayot faoliyati davomida va albatta kunlik talab doirasidagi 
aminokislotalar (treonin,valin, metionin,triptofan, leysin va x.k.) tanqisligini butunlay qoplay 
olish hisobiga imuno tizimining ham to‘laqanli ishlashiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatda 
tirik organizmlarning (yiriklari) tetiklik va ishtaxa ko‘rsatkichlarini yaxshilashga va 
mikrobiologik kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada pasaytiradi 


Bundan tashqari Chlorella tirik organizm hujayra membranasining tuzilish komponenti, 
organizmda muhim biologik va metabolik jarayonlarni boshqaruvchi, ma’lum sharoitda esa 
energiya manbasi, issiqligi zahirasi va himoya vazifasini bajaruvchi lipidlar saqlash 
ko‘rsatkichi bilan ham ajralib turadi.
Vitaminlardan tashqari Chlorella tarkibida boshqa makro-va mikroelementlar ham juda 
yuqori. Shuningdek ushbu organizm tarkibida organizm ishlash va ishlab chiqarish faoliyati 
uchun muhim bo‘lgan antibiotik sifat xlorellin va araxidin kislotalar ham mavjud. Bu 
moddalar organizmda metobolizm jarayoni yaxshilashga, sklerozlik boshlanish darajasini 
pasaytirishga va interferonlar ishlab chiqarishni yaxshilashga (interferon – inson 
kasallanganida tirik ornanizm organizmida ishlab chiqariladigan ferment, bu ferment 
organizmga tushgan begona viruslarni o‘rab eb qo‘yadi) yordam beradi. 


Shuningdek, Chlorella inson organizmini toksinlardan ham tozalaydi va inson 
orginizmini ya’ni qonni kislorod bilan ham to‘yintiradi. Chlorella tarkibida o‘simliklar 
o‘sishini tezlashtiruvchi va yaxshilovchi auksin va giberrelin sifat moddalar ham mavjud. 
Chlorella hozirda o‘simliklarni mikotoksinlardan ham himoya qiladi. Bolgar olimi 
P.I.Stanichevning keltirilgan ma’lumotlariga ko‘ra Chlorella xujayrasi tarkibida 350 ta gacha 
moddalar saqlanishi aytib o‘tilgan.
Qo‘llanilish imkoniyatlari. 
Chlorella xozirga kelib qishloq xo‘jaligida juda keng 
qo‘llanilayapti. Bundan tashqari ushbu mikrosuvo‘tini oziq-ovqat sanoatida BFQ (biologik 
faol qo‘shimcha) sifatida, farmatsevtik sanoatlarda ham organizm kuchini tiklovchi dori 
sifatida, ekologiya tomondan oqava suvlarni tozalashda va x.k larda ishlatish mumkin. 



Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin