Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Biofaol moddalarni sintezi va ularni ajratib olish
Shu narsa ma`lumki, sutemizuvchilarning oqsillari polyarizatsiya nurini chapga 
buruvchi aminokislotalar, ya`ni L-shakldagi aminokislotalardan tashkil topgan. Ko`p 
davlatlarda qishloq xo`jalik hayvonlari uchun standart qo`shimcha oziqa sifatida soya 
o`simligi dukkaklari qoldiqlarini yoki shrotni optimal deb topilgan. Hozirgi kunda sanoat 
miqyosida bir hujayralilar, ya`ni achitqi, bakteriya, tuban zamburug`lar o`stiriladigan muhitni 
yaratib oqsil ajratib olish yo`lga qo`yildi. Ancha vaqtlardan buyon zamburug`larning 
Sacharomyces 
avlodi vakillarini qandli achitish qobiliyatidan foydalanib, ularni aerob nafas 
olish muhitida o`stirib oziq-ovqat, tibbiy preparatlar olish va yem-oziqa yetishtirish yo`lga 
qo`yilgan. Gidroliz sanoatini paydo bo`lishi tufayli spirt mahsuloti ajratib olingandan so`ng 
aerob fermentatsiya sharoitida achishga duch kelmaydigan monosaxaridlardan foydalanish 
yo`lga qo`yila boshlandi. Bu narsa o`simlik manbalarini kislotali gidrolizi natijasida hosil 
bo`ladigan barcha karbonsuvlardan yem-oziqali achitqi ajratib olish imkonini beradi. 
Mikroblardan foydalanib oqsil ajratib olishni yo`lga qo`yish ishlari achitqili biomassani 
karbonvodorodlardan olishga moslashtirilgan zavodlarning qurilishidan boshlab yanada 
rivojlanib ketdi. Oltmishinchi yillardan boshlab neft tarkibidagi karbon vodorodlardan 
foydalanib oqsilli-vitaminli konsentrat (OVK) olishga moslashgan mikrobiologik sanoatni 
mustaqil tarmoq sifatida shakllanishiga sababchi bo`ldi. Agar dastlab achitqi va bakteriyalarni 
n-alkanlardan foydalangan holda o`stirilgan bo`lsa, keyinchalik metanol, etanol, metan, 
organik sintez chiqindilaridan ham substrat sifatida foydalanish imkoniyati paydo bo`ldi. 
Parafinlar asosida o`stiriladigan achitqili biomassaning tarkibida 60 % gacha oqsil bo`lishi 
mumkin ekan. Shuningdek bu oqsil tarkibida aminokislotalarning barchasiga, qator 
vitaminsimon biologik faol moddalarga, kofaktorlarga boy moddalar ko`p bo`ladi, ya`ni u 
juda qimmatli yem-oziqa birligi hisoblanadi.
Shu xildagi qimmatli yem-oziqa birligini metan va metanol muhitida o`stiriladigan 
bakterial biomassa orqali ham olish mumkin bo`ladi. Bakterial biomassa tarkibidagi oqsilning 
miqdori 70 % gacha yetadi va biomassaning hosil bo`lish jadalligi achitqidagidan ancha 
yuqori bo`ladi.
Achitqi va bakteriyalarning oqsilini aminokislota tarkibi bo`yicha standart sifatida 
qabul qilingan soya o`simliginikidan biroz farq qilsada, mikrob oqsillari tarkibida ham 


aminokislotalarning to`liq tarkibi uchraydi va hattoki lizin, treonin, triptofan va boshqalar 
standartdagidan biroz ko`proq miqdorda uchraydi.
1-Jadvalda har xil oqsillar tarkibidagi aminokislotalarning miqdoriy nisbatlari haqidagi 
ma`lumot keltirilgan .
1-Jadvaldagi ma`lumotlaridan ko`rinib turibdi-ki, standart oziqa tarkibidagi 
aminokislotalar miqdori va biotexnologik yo`l bilan olinadigan biomassaning tarkibidagi 
aminokislotalarning miqdorini farqli jihati kam. Har ikkalasida ham almashinmaydigan 
aminokislotalarning miqdoriy ko`rsatkichlari juda yaqin hamda ulardan to`la qimmatli oziqa 
sifatida foydalanish mumkin. Mikrobli biomassani tadqiq qilish shuni ko`rsatdi-ki, go`sht va 
sut ishlab chiqarishga yo`naltirilgan chorvachilik va shuningdek parrandachilikda qo`llash uni 
texnologik va iqtisodiy jihatdan samaraliroq bo`lishini isbotladi. Achitqili oziqa tarkibidagi 
oqsil arpa yoki sulidagiga nisbatan o`rtacha 5 marta ko`proq (jumladan lizin 10 marta, 
metionin 5 marta va triptofan 3 marta ko`proq) bo`ladi. Bundan tashqari quruq achitqida 
amaliy jihatdan B guruhi vitaminlarini hammasi va qator o`sish omillari uchraydi. Qishloq 
xo`jalik hayvonlarini oziqlantirishda bu yem-oziqadan foydalanish juda katta samara beradi. 
Xususan 1 t achitqili oziqa 7 t g`allani iqtisod qilish va qo`shimcha ravishda 0,8 t cho`chqa 
go`shti, 5 t parranda go`shti yoki 150000 dona tuxum yetishtirish imkonini beradi. Buzoq va 
cho`chqa bolalari ratsioniga 1 t achitqili oziqa qo`shish aholi uchun 6 t sutni qo`shimcha 
ravishda yyetkazish imkonini beradi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin