Gistamin
juda keng ko‗lamdagi biologik ta‘sir spektriga ega.
U qon
tomirlarini kengaytirib, unga mos holda ularni o‗tkazuvchanligini oshiradi.
Shuningdek, gistamin xlorid kislotani sekretlanishida, yirik tomirlarni torayishida,
qisqarishida va har xil organ va to‗qimalarning silliq mushaklarini qisqarishida
ishtirok etadi.
107
Hayvon to‗qimalarida sisteinning hosilalari yuqori darajadagi tezlikda
dekarboksillanadi, bunda taurin va gipotaurin hosil bo‗lib, ular organizm
tomonidan juft o‗t kislotalarini sintezida foydalaniladi. Ornitinni dekarboksillanishi
putressinni hosil bo‗lishiga olib keladi, u organizm tomonidan poliamidlar-
sperminning sintezi uchun foydalaniladi.
6.5. Siydikchil sintezi. Oqsillar almashinuvining izdan chiqishi.
Genetik kasalliklar.
Barcha tirik organizmlarda aminokislotalarning dissimilyatsiyasi natijasida
ammiak hosil bo‗ladi. Bu modda, juda kam miqdorda ham toksik tavsifga ega,
hujayralarda yig‗ilmaydi. Ammiak yo organizmdan darhol chiqarib yuboriladi yoki
notoksik birikmaga aylantiriladi, ko‗p organizmlarda u glutaminga yoki
asparaginga aylanadi.
O‗simliklarda shu yo‗sinda
azot
zaxiralanadi. Lekin hayvonlarda ham
glutamin
(ba‘zan
asparagin)
yig‗ilishi
mumkin,
xususan
bu
jarayon
sutemizuvchilardning
mushagi,
jigari,
buyragi
da, hasharotlarning
yog‗
tanachalari
va
gemolimfalari
da sodir bo‗ladi. Bundan tashqari oqsillar bu
amidlar ishtirokida amidlanadi.
Siydikchilni sintezlanishi
. Odamlar, sutemizuvchilar, amfibiyalar va ba‘zi
boshqa hayvonlarda azot almashinuvining so‗nggi mahsuloti siydikchil
hisoblanadi. Siydik tarkibidagi umumiy azotning 80-85 % siydikchildan iborat
bo‗ladi. Siydikchilning asosi va mumkin yagona sintelanadigan joyi jigar
hisoblanadi. G.Krebs va K.Genzelayt 1932-yilda siydikchilni hosil bo‗lish
jarayonini tadqiq qilib, unda ornitinning rolini ko‗rsatib berdilar. Bu o‗rinda shu
narsani ham qayd etib o‗tish joizki, bundan 5 yil keyin G.Krebs biokimyoda
birinchi metabolitik siklik tizim bo‗lgan boshqa metabolitik jarayon ‒ uch karbon
kislotalar ‒ siklini fanga ma‘lum qilgan edi. Shu sababli siydikchilni sintezlanish
siklini ornitin (yoki Krebs) sikli deb yuritiladi. Keyingi tadqiqotlar jigarda
siydikchil sintezini siklik tavsifga ega ekanligini asosan tasdiqladi; keyinchalik,
G.Koen, S.Ratnerlarning izlanishlari esa siydikchil sintezi jarayonida hosil
bo‗ladigan oraliq mahsulotlar va katalizda ishtirok etadigan ferment tizimlariga oid
aniqliklar kiritildi. Shunday qilib, umumlashtirgan holda siydikchil hosil bo‗lish
jarayonini quyidagicha tasavvur qilish mumkin bo‗ladi. Birinchi bosqichda
makroergik birikma karbomoilfosfat hosil bo‗ladi, uning sintezi katta qiziqish
uyg‗otadi. Karbomoilfosfat – bu ammiakning metabolitik faol shakli bo‗lib, u azot
tutuvchi boshqa qator birikmalarni sintezi uchun dastlabki xomashyo mahsuloti
sifatida ishlatiladi. Karbomoilfosfatning sintezini hayvonlar hujayrasining
sitoplazmasidagi glutamat ishtirokida karbomoilfosfat – sintetaza katalizlaydi.
Mazkur reaksiya ham qaytmas reaktsiyadir, chunki u gidrolitik jarayonga qo‗shilib
108
ketadi va undan pirimidin nukleotidlarini sintezlanishi uchun foydalaniladi. Bu
ferment hayvon hujayralarida uchraydi, bir molekula ATF sarflanishini talab
qiladi.
Karbomoil fosfat kislota
Sitrullin
Siydikchil tarkibidagi ikkinchi aminoguruh siklga asparagin kislota
yordamida kiritiladi:
Arginaza azot almashinuvining asosiy va so‗nggi mahsulotini siydik orqali
siydikchil
sifatida
ekskresiyalaydigan
hayvonlarning
jigarida
uchraydi.
Qushlarning jigarida bu ferment bo‗lmaydi, chunki ularda azot almashinuvining
so‗nggi mahsuloti sifatida siydikchil emas, balki siydik kislotasi ajratiladi. Ornitin
siklining yig‗indi reaksiya tenglamasi quyidagicha bo‗ladi:
Ornitin
ADF
ATF
|