117
Monosaxaridlar – qattiq kristall moddalar bo‗lib, suvda yaxshi va organik
erituvchi (spirt, efir)larda yomon eriydi (yoki umuman erimaydi). Ularning
hammasi shirin ta‘mga ega, lekin ularning shirinlik darajasi bir xil emas. Agar
saxarozaning shirinligini 100 %
deb qabul qilinsa, bu ko‗rsatkich fruktoza uchun
173 % ni, glyukoza uchun 74 % ni, ksiloza uchun 40 % ni laktoza uchun 16 % ni
tashkil qilgan bo‗lar edi. Barcha monosaxaridlarning suvdagi eritmalari neytral
reaksiyaga ega.
7.3.2. Monosaxaridlarning fizik va kimyoviy xossalari.
Monosaxaridlar quyidagi reaksiyalarga kirishadi:
1. Yarimatsetal gidroksilga xos reaksiya.
Yuqorida e‘tirof
etilganidek,
monosaxaridlar, asosan, yarimatsetal shaklda bo‗ladi. Yarimatsetal gidroksil
yuqori darajadagi reaksion qobiliyati bilan ajralib turadi va spirtlar,
karbon
kislotalar, fenollar va h.k.lar bilan almashinishi mumkin. Reaksiya mahsulotini
glukozidlar deb yuritiladi:
β-
D-glukopiranoza
Metil
-β-
D-glukopiranoza
β-D-glukopiranozaga sirka kislota bilan ta‘sir etganda atsetillanish mahsuloti-
atsetil-β-D-glukopiranoza hosil bo‗ladi:
β-
D-glukopiranoza
Atsetil
-β-
D-glukopiranoza
Monosaxaridlarning boshqa gidroksillari ham atsetillanishi va metillanishi
mumkin, lekin bu reaksiyalar ancha qiyin bo‗lib o‗tadi.
Glukozidlarning muhim
sinflari jumlasiga N-glukozidlar kiradi, ularda glukozid bog‗lanish kislorod orqali
118
emas, balki azot orqali yuz beradi. Bu moddalar monosaxaridlarning hosilasi
bo‗lib, ularning molekulasini glukozil qismi organik birikmaning karbonsuv
tabiatiga ega bo‗lmagan radikali (R)ni azoti bilan birikkan bo‗ladi.
Kimyoviy
tuzilishi nuqtayi nazardan N-glukozidlar piranoza shaklidagina emas, balki
furanoza shaklida ham, hamda α- yoki β-shakllarda bo‗lishi mumkin:
N-glikozid (alfa shakli)
N-glikozid (beta shakli)
N-glikozidlarga asosan moddalar almashinuvini
muhim mahsulotlari kiradi,
ular nuklein kislotalari va nukleoproteinlarni, ATF, NAD, NADF, ba‘zi
antibiotiklar va h.k.larni parchalanishi natijasida hosil bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: