104
3. Molekula ichidagi dezaminlanish:
4. Oksidlanuvchi dezaminlanish:
Dezaminlanish mahsuloti sifatida ammiakdan tashqari yog‗ kislotalari,
oksikislotalar va ketokislotalar hosil bo‗ladi. Hayvon, o‗simlik to‗qimalari va ko‗p
aerob mikroorganizmlar uchun asosiy reaksiyalar jumlasiga aminokislotalarning
oksidlanuvchi dezaminlanishi kiradi, lekin bundan gistidin mustasno bo‗lib, u
molekula ichidagi dezaminlanishga duch keladi.
Oksidlanuvchi dezaminlanish ikki bosqichda sodir bo‗ladi:
Birinchi bosqich fermentativ jarayon bo‗lib, unda barqaror bo‗lmagan
oraliq
mahsulot ‒ iminokislota hosil bo‗ladi, u ikkinchi bosqichda ferment ishtirokisiz,
lekin suv ishtirokida ammiaka va α-ketokislotagacha parchalanadi.
Aminokislotalarning oksidazalari tarkibida
FMN yoki FAD kofermenti
bo‗lib, ular bu reaksiyada aminokislotalardan ajraladigan ikkita elektron va
protonlarning akseptori vazifasini bajaradi.
Aminokislotalarning
transaminlanishi.
Transaminlanish
deganda,
aminokislota-lardan aminoguruhni oraliq mahsulot
sifatida ammiak hosil
qilmasdan α-keto-kislotalarga molekulalararo ko‗chirilish reaksiyasi tushiniladi.
Dastlab transaminlanish (ilgari pereaminlanish deb nomlanar edi) mushak
to‗qimasida glutamin kislotani dezaminlanishini o‗rganish jarayonida 1937-yilda
A.E.Braunshteyn va M.G.Krismanlar tomonidan fanga ma‘lum qilingan edi.
Transaminlanish reaksiyasi qaytar reaksiya bo‗lib, keyinchalik aniqlanishicha,
bu barcha tirik organizmlar uchun xos universal reaksiya ekan.
Bu reaksiyalar
maxsus fermentlar-tranferazalar ishtirokida sodir bo‗ladi. Hayvon to‗qimalari va
+ ½ О
2
105
mikroor-ganizmlarda
monokarbon
amino-
va
ketokislotalar
o‗rtasida
transaminlanish reaksiyalari bo‗lib o‗tishi isbotlandi. Mushak gomogenatiga
glutamin va pirouzum kislotalarni qo‗shganda α-ketoglutar kislota va alanin hosil
bo‗ladi va xuddi shu reaksiyani teskari yo‗nalishda ham amalga oshirish mumkin:
Glutamat Pirouzum α-ketoglutarat
Alanin
kislota kislota
Dostları ilə paylaş: