74
3. Fermentlar, odatda, reaksiyaning muvozanat holatini o‗zgartirmaydi, faqat
uni ketishini tezlashtiradi.
Fermentlar kimyoviy katalizatorlardan farqlanuvchi, ularning biologik
tabiatini ifodalovchi o‗ziga xos tavsifli xossalarga va maxsuslikka ega, ular
jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Barcha fermentlarning molekulalari oqsillardan tashkil topgan.
2. Fermentativ reaksiyalarning samaradorligi nobiologik katalizatorlarnikiga
nisbatan juda yuqori.
3. Fermentlarning substratlarga ta‘siri tor darajadagi maxsuslik va tanlov
asosida yuz beradi.
4.
Fermentlarning
eng
muhim
xossalaridan
biri,
bu
ularning
boshqaruvchanligi. Shu orqali makon va zamonda metabolitik jarayonlarning
koordinatsiyasi yuz beradi.
5. Fermentativ reaksiyalarda nofermentativ reaksiyalarga nisbatan farqli
o‗laroq, juda kam qo‗shimcha jarayonlar yuz beradi, fermentativ reaksiyani
mahsulot chiqimi deyarli 100 % ni tashkil qiladi.
4.5. Fermentativ reaksiyalar kinetikasi. Fermentlarning tasniflanishi va
nomenklaturasi. Izofermentlar.
Har qanday reaksiyaning sodir bo‗lishi uchun reaksiyaga kirishuvchi
moddalar o‗zaro bir-biri bilan to‗qnash kelishi talab qilinadi. Shu bilan birgalikda
reaksiya sodir bo‗lishi uchun yetarli miqdordagi energiya zaxirasi (kinetik) bo‗lishi
kerak. Faollashgan holatga o‗tib, reaksiya sodir bo‗lishi uchun kerakli energiya
Dostları ilə paylaş: