72
Fermentlarning faol markazini kimyoviy tabiati va nisbiy topografiyasini
aniqlash eng muhim ahamiyatga ega, chunki
u aminokislotalarning tabiati,
ularning ketma-ketligi, faol markazda qanday tartibda joylashganiligini bilish
imkonini beradi. Aminokislota qoldiqlarini identifikatsiyalashda qator uslublardan,
xususan, fermentlarning spesifik ingibitorlarini qo‗llash (ko‗pincha ular
substratsimon moddalar yoki kofermentlarning analoglari), aminokislotalarni
tanlovli
oksidlanishi, biriktirilishi, almashinishini o‗z ichiga oladigan yumshoq
(cheklangan) kimyoviy modifikatsiyalangan gidroliz va h.k.lardan foydalaniladi.
Ingibitor tahlili yordamida har xil guruhlarga mansub bo‗lgan fermentlarning
faollik markazlarini tuzilishida umumiylik jihatlari borligi aniqlandi. Xususan,
asab zaharlari jumlasiga kiradigan DFF (diizopropilftorfosfat) atsetilxolinning
xolini va sirka kislotagacha parchalanishini katalizlovchi
xolinesteraza fermentini
faol markazini to‗liq ishdan chiqarar ekan. Bu ingibitor struktura tuzilishi jihatidan
atsetilxolinga juda o‗xshashligi va u fermentning faollik markazida joylashgan
serinning OH-guruhi bilan ta‘sirlanishi ma‘lum bo‗ldi. Diizopropilftorfosfat quyida
keltirilgan boshqa qator fermentlarning faol markazlarini tarkibidagi serinni
fosforlanlantirish orqali ularni faolsizlantirishi aniqlandi (12-rasm):
12-rasm.
Dostları ilə paylaş: