78
- katalizlanadigan reaksiyani tipi kiradi. Bunda reaksiya tipi substrat(lar) nomi
bilan
birgalikda, u fermentlarni tizimlinomlash uchun xizmat qiladi. Bu
tasniflashga muvofiq fermentlar, ularning katalizlaydigan
reaksiyalari tavsifiga
qarab oltita sinfga bo‗linadi. Sinflar kenja sinflarga, ular esa kenja-kenja sinflarga
yoki guruhlarga bo‗linadi, ularning har biri tartib raqamlari asosida belgilanadi.
Shu asosda har bir ferment o‗zining to‗rt raqamli shifriga ega. Masalan,
Glukooksidaza fermenti birinchi sinfga,
birinchi kenja sinfga, uchinchi kenja,
kenja sinf(guruh)ga kirib, bu guruhning 4-o‗rnida joylashadi va sistematik jihatdan
K.F.1.1.3.4 tarzida ro‗yxatga olinadi.
Sinflarga bo‗linishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi.
1.
Oksireduktazalar ‒
bu fermentlar oksidlovchi-qaytaruvchi
fermentlar
bo‗lib, biologik oksidlanishda ishtirok etadi. Ularning sistematik nomlanishi
―donor:
akseptor-oksireduktaza‖
shaklida
amalga
oshiriladi,
masalan,
laktatdegidrogenazalar (LDG) Laktat: NAD
+
-oksireduktaza deb nomlanadi. Ular
orasida aerob (protonni molekulyar kislorodga) va anaerob (protonni
oraliq
substratga, lekin O
2
ga emas) ko‗chirilishi bilan bog‗liq reaksiyalarni katalizlovchi
fermentlar farqlanadi. Bu sinfga tarkibida gem tutuvchi (katalaza, peroksidaza va
boshqa) fermentlar ham kiradi.
Dostları ilə paylaş: