124
o‗simliklarda shakarlarning transport shakli (raffinoza) vazifasini bajaradi yoki
ular o‗simlik bitlari va boshqa o‗simlik barglarining so‗ruvchi hasharotlarini
ekskretlari (meletsitoza) hisoblanadi. Raffinoza g‗o‗za chigiti tarkibida uchraydi.
7.4.2. Polisaxaridlar
Tabiatda karbonsuvlarning asosiy massasi yuqori
molekulyar birikmalar-
polisaxaridlar
tarzida
uchraydi.
Ular
gomopolisaxaridlarga
va
geteropolisaxaridlarga
bo‗linadi.
Ularning
birinchilari
bir
xil
tipdagi
monosaxaridlardan tashkil topgan bo‗lsa, ikkinchilari ikki yoki undan ziyod tipdagi
monosaxaridlardan tashkil topadi. Polisaxaridlarni organizmda bajaradigan
biologik funksiyasiga bog‗liq holda zaxiraviy va strukturaviy xillarga ajratiladi.
Shuningdek, polisaxarid zanjirining glukozid bog‗lari
tavsifiga qarab ipsimon va
tarmoqlangan (shoxlangan) polisaxaridlarga bo‗lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: