01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
Karbonil guruhi ishtirokidagi reaksiyalar. Aldozalarni
kuchsiz
oksidlovchilar ishtirokida oksidlantirganda ulardan tegishli kislotalar, ya‘ni:
glyukozadan glukon, mannozadan mannon, galaktozadan galakton kislotalar hosil
bo‗ladi.
D-glukon kislota D-galakton kislota D-mannon kislota Monosaxaridlar C=O bog‗i bo‗yicha osongina
gidridlanadi va bunda ko‗p
atomli (shakar) spirtlarga aylanadi. Shu yo‗sinda glyukozadan sorbit, mannozadan-
mannit hosil bo‗ladi. Fruktozaning qaytarilishidan epimerlar -D-mannit va D-
119
sorbitlarning ekvimolar aralashmasi hosil bo‗ladi, chunki bunda ikkinchi karbon
atomi ham asimmetrik bo‗lib qoladi. Geksozaning C-6 atomidagi spirt guruhini
oksidlanishidan alduron kislotalar hosil bo‗ladi:
D-glukuron kislota D-galakturon kislota Monosaxaridlarning
fosfat
kislota
bilan
eterifikatsiyasi
moddalar
almashinuvida muhim ahamiyatga ega bo‗ladi:
Glyukoza-1-fosfat Glyukoza-6-fosfat Hozirgi kunda biokimyoviy jarayonlarda geksoza va pentoza fosfatlar qatori
geptoza fosfatlar (eng avvalo, sedogeptulozo-7-fosfat) va tetrozafosfat (eritrozo-4-
fosfat va boshqa) larning ahamiyati muhim ekanligi isbotlangan. Agar
monosaxaridlarning gidroksil guruhlari aminoguruhlarga almashsa, aminoshakarlar
hosil bo‗ladi. Odam va hayvonlar organizmida uchraydigan muhim aminoshakarlar
jumlasiga D-glyukozamin va D-galaktozaminlar kiradi:
120
D-glyukozamin D-galaktozamin Aminoshakarlar hayvonlar va o‗simliklarning mukopolisaxaridlari tarkibiga
kiradi, ular xilma-xil glikoprotein va glikolipidlarning komponentlari hisoblanadi.