01b4ed00153a6dc26a146fde7c647734 BIOKIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
epigenetik o‗zgarishlar (posttranslyatsion darajada)
tufayli paydo bo‗ladigan xillari mavjud.
Agar genetik jihatdan farqlanadigan subbirliklarning shakli bir xildan ziyod
bo‗lsa, unga mos holda ikki yoki undan ziyod tipdagi subbirliklardan hosil bo‗lgan
ferment ham, har xil sonli nisbatlarda o‗zaro o‗xshash ko‗rinishda, lekin
farqlanadigan shaklda bo‗ladi. Bunda bir holatda subbirliklar deyarli bir xil
struktura (β-galaktozidaza)dan iborat bo‗ladi. Boshqa holatlarda subbirliklar bir xil
(triptofansintetaza) bo‗lmaydi. Xususan, laktatdegidrogenaza (LDG) ikki xil
tipdagi subbirliklardan: M (inglizcha, muscle ‒ mushak) va H (inglizcha, heart
‒yurak)dan tashkil topgan. Bunda laktatdegidrogenazaning faol tetramer
shakllarini quyidagi besh xil shaklda bo‗lishini tasavvur qilish mumkin bo‗ladi:
HHHH yoki -- LDG
1
;
HHHM yoki H
3
M -- LDG
2
;
HHMM yoki H
2
M
2
-- LDG
3
;
HMMM yoki HM
3
--
LDG
4
;
MMMM yoki M
4
-- LDG
5
.
Shunday qilib, aytish mumkinki, ko‗p shaklli fermentlar orasida gel-
elektroforez uslubi yordamida ancha mukammal o‗rganilgan fermentlardan biri
laktatdegidrogenaza (LDG) bo‗lib, bu ferment pirouzum kislotani sut kislotaga
aylanish reaksiyasini katalizlaydi. Bu izofermentlarning faolligiga harorat, vodorod
ioni konsentratsiyasi va maxsuslik ta‘sir etadi.
LDG ning besh xil izofermentlari to‗rtta taxminan bir xil kattalikda bo‗lgan,
lekin ikki xil tipdagi subbirliklardan hosil bo‗ladi. H-protomerlar pH 7,0-9,0
chegarasida M-protomerlarga nisbatan manfiy zaryadga ega bo‗lganligi sababli
to‗rtta subbirligi ham H-tipdan tashkil topgan (H
4
) izoferment, elektroforez
jarayonida yuqori darajadagi tezlikda musbat elektrod (anod) tomonga
harakatlanadi.
Uning M-tipidagi (M
4
) izofermenti esa anodga tomon juda ham sust
harakatlanadi, qolgan barcha izofermentlar oraliq masofalarni egallaydi. LDG
izofermentlari bir xil faollikni namoyon qilgan holda bir-biridan qator fizik-
kimyoviy xossalari: molekulyar og‗irliklari, elektroforetik harakatchanligi,
faollovchilar va ingibitorlarga munosabati va h.k.lar bo‗yicha farq qiladi.
Lekin har bir to‗qima uchun me‘yor bo‗yicha LDGning o‗ziga xos tavsifli
nisbiy shakl (izoferment spektr)i mavjud. Masalan, yurak mushagida H
4
, ya‘ni
85
LDG
1
ko‗p bo‗lsa, skelet mushagi va jigarda esa M
4
(LDG
5
) ko‗p bo‗ladi (14-
rasm).
14-rasm.