81
reaksiyalar orasida sodir bo‗ladigan u yoki bu reaksiya sifatida izohlash mumkin.
Maxsuslik uch xil:
nisbiy
,
mutloq (absolut)
va
stereokimyoviy
bo‗lishi mumkin.
Nisbiy maxsuslik –
bu kimyoviy bog‗lanish tipiga bog‗liq bo‗lgan
maxsuslikdir, masalan, peptid,
murakkab efir,
glukozid va boshqa xil
bog‗lanishlarni o‗z ichiga oladi. Xususan, pepsin o‗simlik tabiatiga ega bo‗lgan
oqsillar qatori hayvon tabiatidagi oqsillarga ham ta‘sir
eta oladi, holbuki, bu
oqsillar kimyoviy tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari bo‗yicha bir-biridan tubdan
farq qilishi mumkin. Demak, bu ferment uchun substratdagi kimyoviy bog‗lanish
peptid bog‗ bo‗lishi lozim. Lekin pepsin hech qachon karbonsuvlar yoki lipidlarga
ta‘sir etmaydi. Yog‗larni glitserin va yog‗ kislotalarigacha
parchalanishini
katalizlovchi lipaza fermenti uchun substratda murakkab efir bog‗lari bo‗lishi
lozim.
Mutloq (absolut) maxsuslik
- bu fermentlar faqat birxil substratga ta‘sir
ko‗rsatadi, ya‘ni yagona substratda yuz beradigan o‗zgarishni katalizlaydi.
Substratning strukturasidagi o‗zgarish (modifikatsiya),
unga ferment tomonidan
ko‗rsatiladigan har qanday ta‘sirni to‗xtashiga olib keladi. Bu fermentlar jumlasiga
organizmda tabiiy sharoitda faoliyat ko‗rsatuvchi argininni
parchalovchi arginaza
va siydikchilni parchalovchi ureazalarni misol tariqasida keltirib o‗tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: