62
Ferritin
‒ suvda eriydigan oqsil
(m.m. 400000 Da), tarkibida o‗rtacha 20
%gacha temir bo‗ladi. Shu oqsil tarzida temir taloq, jigar, iliklar tarkibida yig‗iladi
va organlar hamda butun organizmning temir zaxirasi vazifasini bajaradi. Ferritin
tarkibidagi temir anorganik temir tutuvchi birikmalar: (FeO.OH)
8.
(FeO
.
O
.
PO
3
H
2
)
oksidlangan shaklda bo‗lib, bunda ular anorganik O=Fe‒OH… O=Fe‒OH…,
polimerlar, ba‘zan esa, ularning fosfatli tuzlari tarzida
oqsil qismini peptid
zanjirlari orasida (apoferritin deb nomlangan) joylashgan bo‗ladi va temir atomlari
koordinatsion yo‗l bilan peptid guruhlarining azot atomi bilan birikadi.
Transferrin
– suvda eriydigan oqsil, asosan qon zardobida uchraydigan β-
globulin (tarkibida 0,13 %
temir tutuvchi, m.m. 90000 Da) hisoblanadi. Temir
oqsil bilan tirozinning gidroksili orqali bog‗langan (koordinatsion bog‗) deb
taxmin qilinadi. Bu oqsil molekulasida ikki atom temir bo‗lib,
organizmda u
temirni tashuvchisi sifatidagi funksiyani bajaradi.
Gemosiderin
. Bu oqsil suvda erimaydi va bundan tashqari tarkibni 25 %
nukleotidlar va karbonsuvlardan tashkil topgan. Gomosederin, asosan,
jigar va
taloqning retikuloendotelial hujayralari tarkibida uchraydi.
Metalloprotein
larning ikkinchi guruhiga qator fermentlar ham kiradi,
ularning faolligi uchun metall yo oqsil komponenti va substrat o‗rtasidagi ko‗prik
vazifasini bajaradi
yoki aniqroq qilib aytganda, metall ularda bevosita katalitik
funksiyani bajaradi.
Keyingi yillarda
olib borilgan tadqiqotlar, ba‘zi fermentlarning faolligi
molekulada metall ionlarining mavjudligi bilan bog‗liq ekan. Masalan,
alkogoldegidrogenaza, karboangidraza va karboksipeptidazalarning
molekulasida
Dostları ilə paylaş: