64
4. FERMENTLAR
4.1. Fermentlarning ahamiyati
Fermentlar yoki enzimlar oqsil tabiatli o‗ta yuqori darajada maxsuslikka ega
bo‗lgan moddalar sinfi bo‗lib, ular tirik organizmlarda kechadigan ko‗p
minglab
kimyoviy reaksiyalar, xususan, sintez, parchalanish, xilma-xil tavsifiga ega bo‗lgan
o‗zaro bir-biriga aylanish reaksiyalarini katalizlaydi. Hozirgi kunda fermentlarni
o‗rganuvchi fan enzimologiyani yutuqlari biokimyo
va molekulyar biologiyani
ko‗p muammolarini yechimi qatori, uning qiyosiy
va evolyutsion nuqtayi
nazardagi jihatlariga ham oydinlik kiritishda ustuvor o‗rinni egallamoqda.
Fermentlar
irsiy
belgilarni
saqlanishi,
ko‗chirilishi,
bioenergetika,
biomolekulalarning parchalanishi va sintezlanishi kabi hayotiy jarayonlarda
ishtirok etadi,
umuman olganda, ularning ishtirokidagi bu reaksiyalarning
yig‗indisi
hayot
deb nomlangan mo‗jizaviy jarayonning
mazmun va mohiyatini
tashkil qiladi.
Fermentlar anorganik katalizatorlardan qator xususiyatlari bo‗yicha
farqlanadi. Ular yuqori samaraga ega va mo‗tadil harorat va bosimda ham
anorganik katalizatorlarga nisbatan million marta faolroq bo‗ladi. ―Enzim‖
(yunoncha, ―enzyme‖ – ―achitqi ichida‖),
shuningdek, ―ferment‖ (lotincha,
―fermentation‖ – ―achish‖)dan olingan atamalar bo‗lib, gaz ajralishi orqali sodir
bo‗ladigan achish degan mazmunga ega. Shu yo‗sinda
bu biofaol moddalarni
o‗rganish bo‗yicha yangi enzimologiya yoki fermentologiya deb nomlangan
alohida fan shakllandi. Fermentlarni o‗rganish biologiyaning barcha fundamental
va
amaliy sohalari uchun, shuningdek, xalq xo‗jaligi,
tibbiyotda foydalanish
uchun zarur bo‗lgan kimyo, oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatitining
katalizatorlari, vitaminlar va boshqa biologik faol
moddalarni ishlab chiqarish
sanoatlari uchun muhim ahamiyatga ega.
Umumiy va molekulyar enzimologiyaning zamonaviy yutuqlari, uning yangi
tarmog‗i ‒
Dostları ilə paylaş: