61
3.10.5. Fosfoproteinlar
Fosfoproteinlar.
Ularning o‗ziga xos xususiyati shundan iboratki,
tarkibida
ancha miqdorda ortofosfat kislota bo‗ladi va u serin, ba‘zan treoninning oksi
guruhlari bilan murakkab efir bog‗ yordamida birikkan bo‗ladi.
Boshqa
oksiaminokislotalar (tirozin, oksiprolin) fosfat efirlar hosil qilmaydi.
Fosfoproteinlarga yosh organizmlarning oziqlanishida muhim ahamiyatga ega
bo‗lgan oqsillar kiradi. Bu oqsillar jumlasiga ivish natijasida cho‗kma hosil
qiladigan sutning asosiy oqsili ‒ kazein, tuxum sarig‗i oqsili ‒ vitillin va fosvitin,
baliq oqsili ‒ ixtulinlarni kiritish mumkin. Bu oqsillar tarkibida 1 % dan 10 %
gacha fosfor bo‗ladi.
Fosfoproteinlar, shuningdek, miyada bo‗ladi. Maxsus guruh proteinkinazalari
ishtirokida har xil oqsil (ferment, membrana, ribosomal va boshqa)larning
fosforlanishlari nisbatan qisqa muddatli doimiy ravishda yuz berib turadi.
Bu xil
fosforlanishlar boshqaruvchi, vaqtinchalik tavsifga ega va aftidan bu oqsillar
strukturaviy-doimiy tavsifli fosfoproteinlardan farq qiladi.
Kazeinga kelsak, bu
oqsil tarkibida fosfat kislota qoldig‗idan tashqari karbonsuv komponenti ham
uchraydi, ya‘ni u fosfoglikoprotein hisoblanadi.
Fosfoproteinlarning o‗ziga xos tavsifli jihati oqsil molekulasidagi β-
oksiaminokislota, asosan serin va qisman treoninning gidroksil guruhi fosfat
kislota orqali murakkab efir bog‗ yordamida birikishidir:
Serin
Fosfoserin
So‗nggi paytda fosfolipidlarning hujayrada
kechadigan metabolitik
jarayonlarida faol ishtirok etishi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar olindi.
Dostları ilə paylaş: