go‗sht ko‗p iste‘mol qilganda,
kislotaliligi oshadi, faqat
o‗simlik mahsulotlari iste‘mol qilganda, u biroz
ishqoriy bo‗ladi. Sog‗lom odam
siydigining solishtirma og‗irligi 1,010 dan 1,025 gacha bo‗lishi mumkin. Bu
fiziologik ko‗rsatkich chegarasi ichiladigan suyuqlik miqdoriga, shuningdek,
terlash jadalligiga bog‗liq. Siydikning solishtirma og‗irligi har xil patologik
sharoitlarda o‗zgarishlarga duch keladi. Qandli diabetda siydikning solishtirma
og‗irligi 1,035 va undan yuqori darajaga ko‗tariladi. Siydikning osmotik bosimi
qonning osmotik bosimidan pastroq, ammo ba‘zi patologik holatlarda unga
yaqinlashadi. Shunday qilib aytish mumkinki, pH ko‗rsatkichi va siydikning
osmotik bosimini aniqlash tibbiyotda diagnostik ahamiyatga ega.
Siydikning kimyoviy tarkibi. Sog‗lom odamning siydigidagi bir kecha-
kunduzda ajratiladigan moddalarning miqdori quyidagicha:
Quruq moddalar - 55,0-70,0 g. Ulardan: Organik moddalar…22.02-46.0 g Anorganik moddalar…15.0-25.0 g Siydikchil………….20,0-35,0 g Natriy………………….4,0-6,0 g Siydik kislotasi...0,5-1,0 g Kaliy…………..……….2,0-3,3 g Kreatinin…………..0-2,5 g Ammoniy…………….....0,0-0,8 g Gippur kislotasi….0,7 g Xlor………………….…6,0-9,0 g Aminokislotalar….1,0 g Fosfatlar……………..2,0-6,7 g Sulfatlar……………..1,8-3,6 g Organlar faoliyatini izdan chiqishi tufayli kelib chiqadigan kasalliklar qon
tarkibini o‗zgartiradi, bu esa siydik tarkibini o‗zgarishida o‗z aksini topadi.
259
O‗zgarishlar siydikning fizikaviy, kimyoviy xossalarida, me‘yoriy holatlarda,
uchramaydigan moddalarning paydo bo‗lishida yoki siydikning tarkibiy qismlari
nisbatini o‗zgarishida namoyon bo‗lishi mumkin. Binobarin, siydik tarkibini sifat
va miqdoriy tahlili tibbiy amaliyotda muhim diagnostik ahamiyatga ega. Tahlil
uchun bir martalik va bir kunlik siydik olinadi. Bir kunlik siydikning tahlili
organizmning holatini aniqroq aks ettiradi. Tibbiy amaliyotda me‘yoriy holatlarda
siydik tarkibida uchramaydigan ba‘zi moddalarni paydo bo‗lishini aniqlash katta
ahamiyatga ega.