255
13.3.2. Jigarning oqsillar, lipidlar, karbonsuvlar va vitaminlar
almashinuvidagi ahamiyati
Jigarda qon oqimiga kiradigan turli xil oqsillar sintezlanadi. Qon
plazmasining, fibrinogen, protrombin, albumin va ba‘zi
globulin fraksiyalari kabi
eng muhim oqsillari jigarda sintezlanadi. Jigarning shikastlanishi plazmadagi
fibrinogen tarkibining pasayishiga olib keladi va bu pasayish ko‗rsatkichi jigarning
shikastlanish darajasiga to‗g‗ri proporsional bo‗ladi.
Ovqat tarkibidagi oqsillarning miqdori yetarlicha darajada bo‗lmasa,
organizmning turli xil zaruriy funksiyalarining bajarilishida, birinchi galda, asosan,
jigar ishlatiladi. Aminokislotalarning parchalanishi va sintezi bilan bog‗liq bo‗lgan
dezaminlanishi,
transaminlanishi
va
boshqa
reaksiyalar,
shuningdek,
siydikchilning sintezlanishi orqali ammiakni zararsizlantirilishi jigarda sodir
bo‗ladi.
Jigar lipidlar almashinuvida muhim rol o‗ynaydi. Jigarda hosil bo‗lgan o‗t
ichakda yog‗larning emulsiyalanishini va suvda erimaydigan yog‗ kislotalarining
so‗rilishini ta‘minlaydi. Ichaklarda yog‗larning so‗rilishi jarayonida yog‗
emulsiyasi jigarga o‗tadi. So‗rilgan yog‗ kislotalarining
ancha qismi fosfatidlarni
sintezi uchun sarflanadi.
Jigarda yog‗larning ko‗p miqdorda yig‗ilishi (yog‗li degeneratsiyasi va yog‗li
infiltratsiya) moddalar almashinuvining jiddiy ravishda izdan chiqishi, jigarning
fosfor bilan zaharlanishi va gipofizning oldingi qismini giperfunksiyasi holatlarida
kuzatiladi. Bunday holatlarda, zaxira yog‗larning mobillashuvi va ularning jigarga
tashilishi yuz beradi. Jigarda yog‗ kislotalari intensiv ravishda oksidlanadi va keton
tanalachalari hosil bo‗ladi, ularning manbayi yog‗ kislotalaridan tashqari ba‘zi
aminokislotalar ham bo‗lishi mumkin. Jigar xolesterin almashinuvida ham ishtirok
etadi, chunki uning efirlarini sintezi shu organda sodir bo‗ladi. Fosfatidlarning
sintezlanishi ham jigarda yuz beradi.
Jigar karbonsuvlar almashinuvida muhim rol o‗ynaydi,
u glyukoza hosil
bo‗lishi bilan kechadigan reaksiyalarni, ya‘ni glikogenni sintezi va parchalanishida
ishtirok etib, shakarning qondagi konsentratsiyasini ma‘lum darajada ushlab turadi
va barcha to‗qimalardagi glyukozaning miqdorini doimiyligini ta‘minlaydi.
Jigardagi glikogenning sintezi faqat karbonsuvlarning o‗zidangina emas, balki
boshqa oraliq parchalanish mahsulotlaridan, masalan,
sut va pirouzum
kislotalaridan ham hosil bo‗ladi. Jigarda glikogenning sintezi uchun manba sifatida
aminokislotalar (alanin, serin, sistein, fenilalanin, tirozin va boshqalar) va
yog‗larning parchalanishida hosil bo‗ladigan glitserin xizmat qilishi mumkin.
Jigar karotin va A vitamini uchun depo hisoblanadi. Uning tarkibida
karotinaza fermenti bor va u karotinning A vitaminiga aylanishini katalizlaydi.
Jigar tarkibida D, K, B
2
, B
12
, PP vitaminlari va boshqalar bo‗ladi.