254
ravishda o‗zgartirib yuboradi. Isitma chiqqanda, natriy xloridning ulushi pasayadi,
buyrak kasalligida u ko‗payadi.
Raxit
da kalsiy va fosfor,
Adisson
kasalligida kaliy
va natriy,
tetaniyada
kalsiy miqdorlari kamayadi.
13.3. Jigar va uning faoliyati
Jigar moddalarning oraliq almashinuvida markaziy o‗rinni egallaydi, shu
sababli uni organizmning biokimyoviy laboratoriyasi deb atashadi.
Jigar
to‗qimasida turli xil reaksiyalarni katalizlovchi ko‗pdan ko‗p fermentlar uchraydi.
Jigarning moddalar almashinuvidagi eng muhim ahamiyati, avvalambor, u
go‗yo portal va umumiy qon aylanishi o‗rtasida yirik oraliq stansiya ekanligidadir.
Jigardagi qonning 70 % dan ortig‗i portal tomir orqali, qolgan qismi jigar arteriyasi
orqali jigarga kiradi. Portal tomir qoni ichakning so‗ruvchi yuza qismini yuvadi va
natijada ichakda so‗rilgan moddalarning aksariyati (asosan, limfa tizimi orqali
tashiladigan lipidlardan tashqari) jigar orqali o‗tadi.
Shunday qilib, jigar organizmga oziq-ovqat bilan
kiradigan moddalarning
qondagi miqdoriy darajasini asosiy boshqaruvchisi sifatidagi funksiyani bajaradi.
Jigar, shuningdek, ekskretor funksiyani ham bajaradi, bu uning detoksifikatsiya
funksiyasi bilan chambarchas bog‗liqdir.
Umuman olganda, aytish mumkinki,
organizmda jigar tomonidan bevosita yoki bilvosita boshqarilmaydigan
almashinuv yo‗llari yo‗q. Jigar moddalar almashinuvining barcha turlarida ishtirok
etadi. Uning oqsil almashinuvidagi ishtiroki ushbu organning oqsilning deposi
ekanligidadir. Jigar oqsillari 7 kunda tamoman yangilanadi.
Aynan jigarda oqsil
sintezi jarayoni jadal sodir bo‗ladi. U barcha zardob albuminlarini, globulinlarning
ko‗p qismini, fibrinogen, protrombin va boshqa oqsillarni sintez qiladi. Bu organda
aminokislotalarning turli xil o‗zgarishlari, siydikchil sintezi, siydik kislotasi hosil
bo‗lishi, kreatin sintezi va boshqa sintetik jarayonlar sodir bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: