253
mumkin. Nisbiy azotemiyada organizm ko‗p miqdorda suv yo‗qotish (qusish, ich
ketish) holatlarida uchraydi. Mutlaq azotemiya organizmda oqsillar (qandli diabet)
hosil bo‗lishining pasayishi yoki oqsillar parchalanishining kuchayishi (qon ketish,
og‗ir jarohatlanishlar, og‗ir yuqumli kasalliklar, jigar kasalliklari) bilan bog‗liq.
Qonda doimo ravishda ozuqa moddalari yoki ularning
almashinuvini oraliq
mahsulotlaridan iborat bo‗lgan birikmalarning katta guruhi aylanib yuradi. Ular
jumlasiga glyukoza, sut kislotasi, triglitseridlar, lipoidlar,
xolesterin, erkin yog‗
kislotalari, mineral tuzlar va boshqalar kiradi. Ularning miqdorini aniqlash ham
amaliy ahamiyatga ega.
Glyukoza.
Qondagi glyukozaning miqdori ‒ 80-120 mg % chegarasida
bo‗ladi. Bu miqdor ko‗rsatkichi qon uchun doimiy hisoblanadi.
Lekin
gipoglikemiya va giperglikemiya holatlari ham uchrab turadi, ularning fiziologik
yoki patologik holatlari farqlanadi.
Fiziologik
gipo- yoki giperglikemiyaga
ovqatlanish holati, homiladorlik va hokazolarga bog‗liq holda qondagi miqdoriy
ko‗rsatkichning o‗zgarishi kiradi.
Qondagi glyukozaning
patologik
oshib ketishi
yoki kamayishi turli xil kasalliklarda (qandli diabet, glukogenoz, galaktozemiya va
boshqalar) kuzatiladi.
Sut kislotasi.
Qonda sut kislotasi 5,0 dan 15,0 mg % gacha miqdorda
uchraydi. Jigar kasalliklarida va og‗ir jismoniy mehnatdan so‗ng
sut kislotaning
miqdoriy ko‗rsatkichi oshib ketadi.
Dostları ilə paylaş: