260
Siydik toshlari.
Siydikning fizik-kimyoviy holatini
buzilishi kristallar va
amorf tuzlarning cho‗kmalarini hosil bo‗lishiga olib keladi, ular organik asos bilan
birikishi natijasida toshlarni hosil qiladi. Cho‗kindilarning paydo bo‗lishi, aftidan,
siydik kolloidlari ‒ musinning himoyaviy xususiyatlarini o‗zgarishiga bog‗liq
bo‗lsa kerak.
Siydik toshlari, odatda,
suvda kam eriydigan
siydik kislotasi
yoki
uning
kaliyli, natriyli
yoki
ammoniyli tuzlari
, yoki
otquloq
kislotasi
ning
kalsiyli tuzi
,
yoki
magniy-ammoniyli fosfat
lardan tashkil topgan bo‗ladi.
Siydik toshlarini kattaligi no‗xat kattaligidan g‗oz tuxumi kattaligigacha
bo‗lishi mumkin. Siydik kislotasi ‒ urat tuzlaridan tashkil
topgan toshlar siydik
pigmentlari bilan sariq yoki jigar rangga ega bo‗lib, silliqlashgan qattiq yuzaga
ega. Otquloq kislota tuzlari ‒ oksalatlardan tashkil
topgan toshlarning yuzasi
g‗adir-budir va ko‗pincha to‗q qon rangiga o‗xshash rangga bo‗yalgan bo‗ladi, bu
toshlar siydik yo‗llari orqali o‗tib, ularning shilliq pardalarini shikastlaydi.
Fosfat toshlari boshqalardan ko‗ra yumshoqroq va oq rangga ega. Ko‗pgina
hollarda siydik toshlari bir xil tavsifli bo‗lmaydi. Ularning ichki yadrosi ko‗pincha
uratlardan iborat bo‗lib, ichki yadro atrofida fosfatlar qatlami o‗raladi, keyin yana
urat qatlami paydo bo‗ladi va hokazo.
Yuqorida keltirilgan ma‘lumotlardan siydik tahlili qanchalik muhim
ekanligini ko‗rish mumkin. Siydikning miqdoriy tahlili turli organlarning ma‘lum
biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etish ko‗rsatkichlarini aks ettiradi.
Siydikning
sifatiy tahlili sog‗lom odam siydigida bo‗lmagan notabiiy (patologik) moddalarni
aniqlashga imkon beradi. Siydik tarkibida patologik moddalarning paydo bo‗lishi u
yoki bu organlarning funksiyalarini izdan chiqishini ko‗rsatadi.
Bundan tashqari,
siydik tahlili orqali dorivor va boshqa organizm uchun yot bo‗lgan moddalarning
ta‘sirini aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: