Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi Reja



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə2/5
tarix14.01.2020
ölçüsü0,85 Mb.
#30162
1   2   3   4   5
bilish jarayonlari psixodiagnostikas


P'eron- Ruzer metodikasi
Metodika qurish-yasash xususiyatlari, maqsadga yo‘nalgan ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlarini, harakatlarning yangi usullarini o‘zlashtirishni o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika yordamida ixtiyoriy diqqat hajmi, uning barqarorligi haqida bilib olish mumkin. Tajriba o‘tkazish uchun 10 qatordan geometrik figuralar chizilgan maxsus qog‘oz varag‘i oldindan tayyorlanadi (1-ilova).

Yuqoridagi to‘rtta figuraga turli belgilar qo‘yib chiqilib, qog‘ozdagi boshqa figuralarga ham xuddi shunday belgilar qo‘yib chiqish sinaluvchiga taklif etiladi. U o‘z harakatlarini namuna bilan solishtirishi mumkin. Olingan natijalarni tahlil qilish va qayta ishlashda 100 ta figurani chizishga ketgan vaqt, ehtimoli bo‘lgan xatolar soni, topshiriqni bajarish xarakterini tahlil qilishda yosh me'yorlarini hisobga olish zarur (4-jadval).



4-jadval
7-8 yoshli bolalar uchun P'eron - Ruzer metodikasi bo‘yicha qog‘ozni to‘ldirish normalari (M.P.Kononova natijalari).


To‘ldirish vaqti

Xatolar soni

Sifati(%) ()

1 daqiqa 15 soniya

-

100

1 daqiqa 45 soniya

2

60

1 daqiqa 50 soniya

3

50

2 daqiqa 10 soniya

6

20

Bunda sinaluvchining chalg‘iganligi, ishni davom ettirish zarurligi haqida eslatilganligi va hokazolar e'tiborga olinadi.

Diqqatning ko‘chishi, uzoq davom etadigan aqliy ishga qobiliyatini o‘rganish maqsadida I.V.Kruk (1986) tomonidan taklif etilgan metodikaning o‘zgartirilgan variantini qo‘llash mumkin. Uning mazmuni quyidagicha: bola 1-qog‘ozni to‘ldirgandan so‘ng, to‘ldirish qo‘llanmasi o‘zgartirilib, 2-qog‘oz taklif etiladi; o‘sha belgilarni boshqa geometrik figuralarga qo‘yib chiqish kerak. Keyin 3-qog‘oz ko‘rsatiladi: toq qatorlar 1-qog‘oz namunasi bo‘yicha, juft qatorlarni 2-qog‘oz namunasi bo‘yicha to‘ldiriladi. Olingan natijalar quyidagicha qayta ishlanadi. 1 va 2-chi qog‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt orasidagi farq vaqt etishmovchiligi –E ni aniqlash orqali amalga oshiriladi:

E=t1+t2

Bu erda t – qog‘ozlarni to‘ldirish uchun ketgan vaqt.

Bundan tashqari, xatolar farqi (XF) quyidagi formula bilan aniqlanadi.


XF=3K-/IK+2K/;

Bu erda k – har bir qog‘ozni to‘ldirishdagi xatolar.

Xatolar farqi ko‘rsatkichi ixtiyoriy diqqat darajasining pastligi, aqliy ish qobiliyati yomonligi mezoni sifatida qaralishi mumkin.

Bolalar bu topshiriqni qiziqib bajaradilar, yaxshiroq natijaga erishishga intiladilar. 5-6 yoshli bolalar qog‘ozni to‘ldirishni Yuqoridagi 4 ta figuraga qarab bajaradi. 9-10 yoshli o‘quvchilar esa 1 daqiqadan so‘ng bu ishlarni eslab qolib mustaqil bajaradi.


5.2.Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari

Bu metodikadan diqqatning ko‘chish va bo‘linish xususiyatlarini, sensomotor reaktsiyalar tezligini o‘rganish uchun foydalaniladi. Sinaluvchilarga 1 dan 25 gacha sonlar ixtiyoriy joylashtirilgan 5 ta jadval ketma - ket ko‘rsatiladi

(2-ilova).

U sonlarni tartib bilan izlab ko‘rsatishi va ovoz chiqarib aytishi kerak. Har bir topshiriqni bajarish vaqti tadqiqot qaroriga yozib boriladi (5-jadval).

Sinaluvchi faoliyatini miqdoriy baholashdan tashqari sensomotor reaktsiyalar tezligining sifatiy tahlili ham amalga oshiriladi. «Topshiriqni bajarish xususiyatlari» bo‘limiga sinaluvchi o‘zini qanday tutganligi, verbal va emotsional reaktsiyalari yozib boriladi. 6-7 yoshli bolalar uchun bitta jadvalni 1-1,5 daqiqa qarash me'yoriy hisoblanadi, o‘rtacha o‘quvchilar uchun 45 soniyadan 1 daqiqagacha me'yor hisoblanadi. Katta bog‘cha davridagi bolalar va 1-2-sinf o‘quvchilari ba'zi sonlarni chalkashtirib Yuboradilar. 10-12 yoshli bolalar uchun sensomotor reaktsiyalar tezligi oshishi, harakatlarning avtomatlashuvi xarakterlidir.

5-jadval.
Shult jadvalidan foydalanishda tadqiqot qarori


№ jadval

Topshiriqni bajarish xususiyatlari

Vaqt (soniya)









Har bir topshiriqni bajarish xususiyatlari hamda 5 ta jadval bo‘yicha olingan natijalarni tahlil qilib, tadqiqotchi nerv jarayonlari o‘zgarishini, jismoniy va ruhiy zerikish hodisasini aniqlaydi. Masalan, agar har bir keyingi topshiriqni bajarish vaqti oshib borsa, tez charchash, ixtiyoriy diqqat darajasining susayganligidan dalolat beradi. Bu metodikadan foydalanish bolalarning diqqati xususiyatlarini tajribada o‘rganish imkonini beradi.



Krepelin bo‘yicha sanash va hisoblash
Bu metodikadan murakkab sezgi harakat reaktsiyalarini, ish qobiliyatini, ixtiyoriy diqqat barqarorligini, psixik jarayonlar kechishining tezligini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Ushbu metodikani qo‘llash uchun sinaluvchi bir necha o‘nliklar ichida eng sodda arifmetik operatsiyalar – qo‘shish va ayirishni bilishi kerak. Krepelin metodikasida sinaluvchiga qo‘shilishi va ayrilishi kerak bo‘lgan sonlar jufti yozilgan maxsus qog‘oz taklif etiladi.

Krepelin bo‘yicha hisoblashda, (masalan: 30 da 3 gacha, 100 dan 7 gacha) tadqiqot qarorida to‘xtab qolishning uzoqligi va xatolar xarakteri qayd etib boriladi.

Masalan:

30-3....27....24....21....19*....18....15....12....9....6....3....0

Xato hisoblashlar ham hisobga olinib (*) bilan belgilab qo‘yiladi, sinaluvchiga xatolarni to‘g‘rilash taklif qilinadi. Vaqt nuqta bilan qayd etiladi. Qoidaga ko‘ra «nuqta» shartli ravishda 1 soniyaga to‘g‘ri keladi.

Shuni qayd etish lozimki, bu metodika aqliy ish qobiliyati jadalligini o‘rganishga ham mo‘ljallangan. Bajarilgan qo‘shish va ayirishlar soni ko‘pligi aqliy malakaning avtomatlashganidan, diqqatni uzoq vaqt bir narsaga to‘play olish qobiliyati mavjudligidan dalolat beradi. Bajarilgan topshiriqlar sonining kamligi, ko‘p to‘xtab qolish faol diqqatning barqaror emasligidan, psixik tez charchashga moyillikdan dalolat beradi.


Burdon korrektur sinovi
Boshlang‘ich va yuqori sinf o‘quvchilari faol diqqatining xususiyatlarini, uning ko‘chishi xususiyatlarini o‘rganish uchun B.Bourdonning korrektur sinovi metodikasidan foydalanish mumkin. Bu metodika diqqatning tebranishi, ko‘rish analizatori uzoq vaqt ishlaganda bir xil ko‘ruv qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan sinaluvchining charchashini aniqlashga imkon beradi. Buning uchun P.A.Rudik tomonidan o‘zgartirilgan Burdon testi maxsus qog‘ozda ko‘rsatiladi. Qog‘ozda harflar tasodifiy ravishda yozilgan bo‘lib, sinaluvchi ularning ikkitasi to‘rttasini o‘chirishi kerak. Bunda eksperimentator har 30 60 soniyada sinaluvchi qalami turgan joyni belgilab ko‘yadi, shu bilan birga barcha topshiriqni bajarish uchun ketgan umumiy vaqt ham hisobga olinadi.

Tajribani bir sinaluvchi ustida individual va guruh bilan o‘tkazish mumkin. Tajribani boshlashdan oldin, sinaluvchilarga ko‘rsatma beriladi va 1 daqiqa davomida mashq qildirib o‘rgatiladi, mashqlardan so‘ng sinaluvchi asosiy vazifani bajarishga kirishadi. Tajriba 5 daqiqa davom etadi (3-ilova).

Tadqiqot natijalarini qayta ishlash maxsus qog‘oz orqali amalga oshiriladi. Unda o‘chiriladigan harflar o‘rni va o‘chiriladigan harflar soni o‘ng tomonda va har bir qatorga o‘tganda bu o‘chiriladigan sonlarning yig‘indisi chap tomonda beriladi. Kalit (blank)ni sinaluvchi qog‘ozi ustiga qo‘yib tadqiqotchi miqdoriy tahlilni osongina olib borishi mumkin.

Korrektur sinovni bajarish natijalari (diqqatning to‘planganligi, topshiriqni bajarish tezligi, diqqatning ko‘chishi)ni miqdoriy aniqlash mumkin. Diqqatning to‘planganlik darajasi (K)ni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:





K K =

P1-P2-P3

*100%

P

bu erda p1 – to‘g‘ri o‘chirilgan harflar yig‘indisi;

p2 –o‘chirilmay qolgan harflar yig‘indisi;

p3 –noto‘g‘ri o‘chirilgan harflar yig‘indisi;

p –o‘chiriladigan harflar AMKZ larning umumiy yig‘indisi.
Diqqatning to‘planish darajasi (K)ni topish uchun umumiy va ishning har bir daqiqasi bo‘yicha (K1, K2, K3, K4, K5,)larni hisoblash mumkin.

Psixotexnikada diqqatning to‘planishi (K)ni sifatiy baholashda quyidagi mezon qabul qilinadi: juda yaxshi – 81–100%, yaxshi – 61–80%, o‘rta – 41–60%, yomon – 21–40%, juda yomon – 0–20%.

Topshiriqni bajarish tezligi ko‘rsatkichi (A) quyidagi formula bilan aniqlanadi:


A A =

S

t

bu erda S – sinaluvchining korrektur jadvalda ishlagan qismi;

t – bajargan vaqti.

Diqqatning ko‘chishini o‘rganish uchun sinaluvchiga korrektur jadvaldagi toq va juft qatorlardagi har xil harflar to‘plamini o‘chirish taklif etiladi. Diqqatning ko‘chish darajasi (C) quyidagi formula bilan hisoblanadi:




C C =

So

* 100.

S

bu erda S0 –xato ishlangan qatorlar soni;

S – sinaluvchi jadvalda ishlagan qatorlarning umumiy soni.

Tadqiqot natijalarini grafik tarzida tasvirlash mumkin. Bunda abtsissa o‘qiga – ish tezligining o‘zgarishi (ma'lum vaqt birligida qarab chiqilgan harflar soni) va ordinata o‘qiga aniqlikning o‘zgarishi (o‘sha vaqt oralig‘ida xatolar soni) joylashtiriladi. Bu diqqatning o‘zgaruvchanligi xarakterining rivojlanishini kuzatish imkonini beradi. To‘g‘ri o‘chirilgan harflar soniga qarab diqqat barqarorligi darajasi haqida xulosa qilish mumkin. Xatolar qog‘ozning hamma erida borligi diqqatning tebranishi haqida ma'lumot beradi. Agar tajriba oxirida xatolar ko‘payib ketsa, bu diqqatning umumiy kuchsizligi, ish qobiliyatining sustligidan dalolat beradi. Topshiriqni tez bajarish va xatolarning yo‘qligi o‘quvchida ixtiyoriy diqqat barqarorligidan dalolat beradi.

Bog‘cha yoshidagi bolalarda bu tadqiqotni o‘tkazish uchun frantsuz oftalmologi E.Landolt tomonidan korrektur sinovning uzuklarga asoslangan o‘zgartirilgan variantini qo‘llash mumkin.

Tajriba qog‘ozi turli tarafga qaratilgan – uzuklarning tasodifiy to‘plamidan iboratdir (4-ilova).

Tajriba va unda olingan natijalarni qayta ishlash, xuddi B.Bourdon jadvali metodikasiday olib boriladi.

5.3.Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari

Koss kubiklari
Bu metodika 1923 yilda S.C.Koss tomonidan taklif etilgan bo‘lib, fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish, yasash xususiyatlarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Bu metodika D.Wechslerning (1939, 1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan. Odatda uni kattalarni tekshirishda qo‘llashadi, lekin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o‘ynaydilar. Bolalar berilgan namunaga ko‘ra kubiklardan figuralar yasashlari kerak(5-ilova).

Tajriba o‘tkazish uchun bir xilda bo‘yalgan plastmassa yoki yog‘och kubiklar kerak bo‘ladi. Kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil figuralar chizilgan 10 ta rasm zarur. Sinaluvchi uchun ko‘rsatma: «Shunday figurani to‘rtta kubikdan yasab ko‘r». Rasmning birinchi namunasi ko‘rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figurani kubiklardan yasay boshlaydi.

Kubiklarni rasmning ustiga qo‘yib, topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va uzoqligiga bog‘liq ravishda miqdoriy baho qo‘yiladi.

Bog‘cha yoshidagi va boshlang‘ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish mumkin. Bola agar qiynalsa, 1-2 figurani yasab ko‘rsatish kerak. Bunda eksperimentator faqatgina yasab ko‘rsatmasdan, qurish printsipini ham tushuntiradi. Figurani yasab bo‘lgach, eksperimentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashni aytadi. Tadqiqot qarorida ko‘rsatilgan yordam va bajarilgan vaqt yozib qo‘yiladi.


Link kubi

Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reaktsiyani aniqlashga imkon beradi. Tajriba o‘tkazish uchun 3x3 sm. kattalikda bir xil 27 kichik kubiklardan iborat kub kerak. Kichik kubchalarning tomonlari 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarga bo‘yalgan bo‘ladi, ulardan tashqi tomonidan bir xil rangdagi katta kubik yasash mumkin bo‘lsin.

Bolaga bir xil rangli kub ko‘rsatiladi (masalan, qizil), so‘ngra buzib tashlab, xuddi shundayini yana qurish kerakligi aytiladi. Eksperimentator qo‘shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tomonini ichkarida qoldirsa, unda qizil rang tashqari tomonda etishmasligi aytiladi. Topshiriqni bajarish vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, uquvchanligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat beriladi. Bularni hammasi oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo‘yiladi. sinaluvchi qurish usulini qanchalik tez o‘zlashtirganligi ham yozib qo‘yiladi, uch tomondan ham qizil kubikchani burchaklariga, bitta ham qizil tomoni yo‘q kubikni o‘rtaga joylashtirish kerak. Sinaluvchi 3-4 kubikni qo‘liga olib, qurish usulini yaxshi tushunmagan bo‘lsa, unga aytib yordam ko‘rsatiladi. Lekin bu bolaning ziyrakligi oz rivojlanganligidan dalolat beradi.

Eksperimentator bola topshiriqni bajarayotganida uning harakatlarini, xatolarini, diqqati xususiyatlarini kuzatib, yozib boradi. Masalan, diqqatdagi xatolar quyidagicha bo‘lishi mumkin:

a) bu kubikning joyini to‘g‘ri aniqlab, sinaluvchi uni noto‘g‘ri aylantirib Yuboradi, shundan so‘ng xatoni to‘g‘rilash qiyin bo‘ladi;

b) o‘rtaga ikki tomoni qizil kubik qo‘yib qo‘yilsa ham shunday xato bo‘lishi mumkin, o‘rtaga faqat bir tomonida qizil bor kubiklarni qo‘yish kerak.

Bu xatolar diqqatning parishonligidan, barqaror emasligidan dalolat beradi. (S.YA.Rubinshteyn, 1970). Bu vazifani bajarishda bolalar ikki usulni qo‘llaydilar. Birinchisi, muvafaqqiyatsizroq bo‘lib, sinaluvchi navbatdagi joyni to‘ldirish uchun kubik izlaydi. Ikkinchi usulda, sinaluvchi har bir kubikni qo‘liga olib, uning uchun mos joyni izlaydi. Odatda topshiriqni bajarishni birinchi usul bilan boshlaydilar, lekin birozdan so‘ng ikkinchi usul bilan topshiriqni bajarishga kirishadi.

Bolalar kubiklarni qurishga turlicha munosabatda bo‘ladilar. Masalan, 3-4 yoshli bolalar qo‘llanmani darrov tushunmaydilar va ularning ko‘pchiligi topshiriqni bajarishda tartibsiz harakat qiladilar. 6-7 yoshli bolalar bo‘lsa, xatolarga yo‘l qo‘ysalar ham, diqqat bilan, tartibliroq harakat qiladilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham topshiriqni bajarishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Lekin ular bu topshiriqni tezroq bajaradilar. 10-11 yoshli bolalar qo‘llanmani yaxshi tushunadilar, o‘z xatolarini o‘zlari tuzatadilar.



5.4.Xotira psixodiagnostikasi

Barcha yoshdagi bolalarda xotira juda kuchli rivojlanadi. Kichik bolalar ham vaqt va fazoni yaxshi farqlay oladilar, so‘z boyligi ortib boradi. Bularning barchasi bolaning kattalar bilan, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natijasida sodir bo‘ladi.

Xotiraning rivojlanishi bola bilan ishlashda ta'limning qaysi metodlari ustunligiga, uni o‘rab turgan muhit idrok obrazlari bilan qanchalik «boyligiga» bog‘liq. Materialning sezgi organlariga ta'sir etishi, idrok xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘rish, eshitish, ushlab ko‘rib bilish, hid bilish, ta'm bilish xotiralari ajratiladi. Materialni esda saqlab qolish va uni qayta esga tushirishga bog‘liq ravishda harakat, mexanik, obraz (assotsiativ), mantiqiy, hissiy xotiralarga ajratiladi. Ma'lumotni saqlashning uzoqligiga bog‘liq ravishda qisqa muddatli (operativ) va uzoq muddatli xotiralar ajratiladi. Ma'lumotni esda olib qolish, inson tomonidan biror maqsad qo‘yilmasdan ixtiyorsiz, o‘rganilayotgan materialni esda saqlab qolish uchun maqsad qo‘yilganda ixtiyoriy esda olib qolinadi. Umumiy xotira olingan materialni esda saqlab qolish, esda saqlash va qayta esga tushirishdan iborat jarayon bo‘lib, bu tarkibiy qismlarni doimo rivojlantirishni talab etadi.

Psixologiyada xotirani o‘rganish uchun maxsus metodikalar mavjud.



«Qisqa muddatli ko‘rish xotirasi hajmini aniqlash

Bolaga galma-gal quyidagi A va B rasmlar ko‘rsatiladi.





2-rasm
Bolaga rasmning A va B qismlari ko‘rsatilgandan so‘ng unga trafaret shakli taqdim etilib, boladan 2-rasmning har bir qismidagi barcha chiziqlarni ushbu trafaretda ifoda etishi talab etiladi.

Har ikkala tajriba natijalari sifatida xotira orqali to‘g‘ri qayta esga tushirilgan chiziq deb, namuna sifatida ko‘rsatilgan chiziqlardan uzunligi va yo‘nalishi jihatidan hech qanday farq qilmaydigan chiziqlar qabul qilinadi (chiziqlardan chetlanish, uning buklanishi, burchaklari saqlangan holda bitta katakdan oshmasligi lozim).

To‘g‘ri esga tushirilgan chiziqlar soni ko‘rish xotirasi hajmining ko‘rsatkichi hisoblanadi.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin