Bank-moliya xizmatlari


Naqd pulsiz hisob kitob shakllarining umumiy naqd pulsiz to‘lov



Yüklə 115,75 Kb.
səhifə9/15
tarix07.01.2024
ölçüsü115,75 Kb.
#206944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

Naqd pulsiz hisob kitob shakllarining umumiy naqd pulsiz to‘lov 

aylanmasidagi ulushi dinamikasi

2

(foizda) 


Naqd
pulsiz

hisob-kitob shakllari


2004 

2005

2006

2007

2008

2008
yilda 2004 


yilga
nisbatan 

o‘zgarishi,


f.p.

To‘lov
topshiriqnomasi 


57,02
55,06

50,71
51,81

52,18
- 4,84

Inkasso
1,13

0,95
0,93

0,82
0,61

- 0,52
To‘lov

talabnomasi


0,82

0,70
0,74

0,39
0,37

- 0,45
Hujjatlashtirilgan 


akkreditiv
0,10 

0,02

0,04

0,03

0,02

- 0,08


1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 2008 yilda to‘lov
topshiriqnomasi vositasida amalga oshirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarning 
umumiy to‘lov aylanmasidagi salmog‘i sezilarli darajada pasaygan. Ushbu
pasayish boshqa naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy to‘lov aylanmasidagi 
ulushlarining oshishi hisobiga yuz berganda edi, u holda mazkur pasayishni ijobiy
holat sifatida baholasak bo‘lar edi. Ammo amalda to‘lov topshiriqnomalari 
ulushining pasayishi memorial order vositasida o‘tkazilgan to‘lovlar miqdorining
va umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushining oshganligi bilan izohlanadi. Memorial 
order orqali amalga oshirilgan naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy to‘lov
aylanmasidagi ulushi 2008 yilda 45,41 foizni tashkil qildi. Bu esa, 2004 yilga 
nisbatan 5,23 foizli punktga yuqori demakdir.
2.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik ma’lumotlari asosida hisoblandi.


1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2004-2008 yillarda naqd pulsiz hisob-


kitoblarning inkasso, to‘lov talabnomasi, hujjatlashtirilgan akkreditivlar 
shakllarining umumiy to‘lov aylanmasidagi ulushi juda pastligicha qolgan. Bu esa,
naqd pulsiz hisob-kitoblarning mazkur shakllari vositasidagi naqd pulsiz hisob-
kitoblar amaliyotini takomillashtirish borasida dolzarb muammolarning mavjud
ekanligidan dalolat beradi. 
Shuningdek, yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, yuridik
shaxslar o‘rtasida qo‘llaniladigan hisob-kitob cheklari vositasidagi naqd pulsiz 
hisob-kitob shakli mavjud emas. Buning sababi shundaki, mazkur naqd pulsiz
hisob-kitob shakli vosiatsidagi hisob-kitoblar respublikamiz amaliyotida 1996 
yilda vaqtinchalik to‘xtatilgan. Buning asosiy sababi shundaki, deponentlangan
chek summalari bilan yozilgan chek summalari o‘rtasida tafovut yuzaga keldi
ya’ni ta’minlanmagan cheklar muomalada paydo bo‘ldi.
1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, tahlil qilingan davr mobaynida 
hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasidagi naqd pulsiz hisob-kitoblarning umumiy
to‘lov aylanmasidagi ulushining pasayishi va past darajadaligi kuzatildi. Bu esa,
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik miqdorini
kamaytirish nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki hujjatlashtirilgan 
akkreditivlarda to‘lov kafolatlangan bo‘ladi. Ularning har bir shaklida yetkazib
berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lov summasi kafolatlangan 
bo‘ladi. Ta’minlangan akkreditivlarda to‘lov summasi alohida schyotda
(respublikamiz banklarida 22602-schyotda) deponent qilinadi. Ta’minlanmagan 
akkreditivlarda esa to‘lov yuzasidan kafolat tijorat banki tomonidan beriladi.
Bunda akkreditiv bo‘yicha tovar hujjatlari kelib tushganda sotib oluvchining joriy 
schyotida pul mablag‘lari bo‘lmasa, to‘lov tijorat banki tomonidan amalga
oshiriladi. 
Tijorat banklari tomonidan akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar muddatli kreditlar yoki
overdraft kreditlari hisobidan amalga oshiriladi. Kreditlashning aynan qaysi 
shaklidan foydalanib, akkreditiv bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish masalasi tijorat
banki va mijoz o‘rtasidagi kelishuvga asosan hal qilinadi. Mijoz uchun kredit bilan 

bog‘liq bo‘lgan foiz to‘lovlarini tejash nuqtai-nazaridan overdraft kreditidan


foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Endi biz naqd pulsiz hisob-kitob shakllari vositasidagi hisob-kitoblarning
umumiy hajmida har bir naqd pulsiz hisob-kitob shaklining ulushi va dinamikasiga 
baho beramiz.
2-jadval 



Yüklə 115,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin