Bank-moliya xizmatlari


-rasm. To‘lov topshiriqnomasi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish



Yüklə 115,75 Kb.
səhifə6/15
tarix07.01.2024
ölçüsü115,75 Kb.
#206944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

1-rasm. To‘lov topshiriqnomasi orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish 

tartibi 
Bu yerda: 
(1) – oldi-sotdi shartnomasini imzolash;
(2) – mol yetkazib beruvchi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq tovarlarni 
hamda tovarlar bilan bog‘liq hujjatlarni jo‘natadi;
(3) – sotib oluvchi to‘lovni amalga oshirish maqsadida o‘z bankiga to‘lov 
topshiriqnomasi yozadi;
(4) – sotib oluvchining banki sotib oluvchining to‘lov topshiriqnomasiga 
asosan to‘lovni amalga oshiradi;
(5) – to‘lovni amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi xabar mol yetkazib 
beruvchining bankiga yetkaziladi;
(6) – mol yetkazib beruvchining banki to‘lov summasini mol yetkazib 
beruvchining joriy schyotiga o‘tkazadi;
(7) – mol yetkazib beruvchining joriy schyotidan ko‘chirma. 
2.1-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, to‘lov topshiriqnomalari orqali
hisoblashishlar sotib oluvchiga yetkazib beriladigan tovarlarning sifatini nazorat 
qilish imkonini beradi, chunki sotib oluvchi tovarlarning sifatini tekshirgandan
keyingina to‘lov topshiriqnomasi yozadi. Shu jihatdan olganda, to‘lov 
topshiriqnomasi sotib oluvchi uchun qulay bo‘lgan naqd pulsiz hisob-kitob shakli
hisoblanadi. 
Ayni vaqtda, naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘lov topshiriqnomasi shakliga
xos bo‘lgan ayrim kamchiliklarning mavjudligini e’tirof etish joiz. Fikrimizcha, 
ulardan asosiylari quyidagilardir:
– yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lov 
kafolatlanmagan;
– yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov 
summasining asosiy qismi (50 foizdan ortiq qismi) oldindan to‘langanda sifatsiz
tovarlar yetkazib berish, tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik, xizmatlarni 


sifatli tarzda ko‘rsatmaslik yoki tovarlarni umuman yetkazib bermaslik


(xizmatlarni ko‘rsatmaslik) xavfi saqlanib qoladi. 
To‘lov topshiriqnomalarida to‘lovning kafolatlanmaganligi xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmini qisqartirish 
nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi. Chunki ko‘pchilik o‘tish iqtisodiyoti
mamlakatlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimi barqarorligini 
ta’minlash muammosi mavjud. Bunday sharoitda yetkazib berilgan tovarlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovning kafolatlanganligini ta’minlash, uni o‘z 
vaqtida amalga oshirilishiga erishish to‘lovsizlik muammosini hal qilish jihatidan
muhim amaiy ahamiyat kasb etadi. 
Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali respublikamiz bank amaliyotida
hujjatlashtirilgan akkreditivlarning asosiy shakli sifatida keng qo‘llanilayotgan 
ta’minlangan akkreditivlar vositaisda naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish
tartibini ko‘rib chiqamiz.

Mol yetkazib 


beruvchining
(13)banki (8) 
(9) 
(4)
(12) 

Sotib oluvchining


(10)banki (3)

(7) (5) (14) (11)


(2)

(6) 
Mol yetkazib 

(1)
Sotib oluvchi 


beruvchi





Yüklə 115,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin