Bank-moliya xizmatlari


Pul aylanishining tarkibiy qismlari . (Naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitob



Yüklə 115,75 Kb.
səhifə5/15
tarix07.01.2024
ölçüsü115,75 Kb.
#206944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

2. Pul aylanishining tarkibiy qismlari . (Naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitob 

shakllaridan foydalanish tartibi) 
Naqd pul aylanishi pulning muomala vositasi vazifasidan kelib chiqadi.


Naqd pul aylanishi deganda, ma’lum davrda naqd pullar vositasida amalga
oshirilgan barcha to‘lovlar yig‘indisi tushuniladi. Bu to‘lovlar banknot yoki 
tangalar orqali amalga oshiriladi.
Naqd pullar harakati bankdan boshlanadi, ular bankdan chiqib korxona va 
tashkilotlarning kassalariga kelib tushadi. Korxona va tashkilotlar esa bu pullarni
ish xaqi, stipendiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar sifatida kishilarga to‘laydilar. 
Kishilar o‘z navbatida bu pullarga tovarlar sotib oladilar, o‘zlariga ko‘rsatilgan
xizmatlar haqini to‘laydilar. Bu pullar yana savdo va xizmat ko‘rsatuvchi 
korxonalar kassalariga kelib tushadi. Ular esa naqd pul tushumlarini o‘zlariga
xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiradilar. Naqd pullar harakati ana shu tarzda 
yakunlanadi va yangidan boshlanadi. Bu hol to‘xtovsiz takrorlanaveradi, ya’ni:

Naqd pul aylanishi quyidagi hollarda ro‘y beradi: 


- Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar bilan aholi o‘rtasida ish haqi,


mukofotlar va boshqa to‘lovlarni to‘lash, tovarlar sotib olish, hamda 
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash jarayonida:

Bank
Korxona Korxona 


korxona
aholi




- Davlat muassasalari bilan aholi o‘rtasida pensiya, nafaqa, stipendiya,


yutuqlar, soliqlar va boshqalarni to‘lash jarayonida: 

- Bank tizimi bilan aholi o‘rtasida qarz olish va uni qaytarish, qarz foizini


to‘lash, omonatlar qo‘yish va olish jarayonida: 

- Aholining turli qatlamlari o‘rtasida bozorda turli mahsulotlar sotib olish, 


ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lash jarayonida:

Naqd pul aylanishi pul aylanishi ishtirokchilaridan biri albatta, aholi vakili 


bo‘lishini taqozo etadi.
Naqd pullar cheklangan miqdorda muomalaga chiqariladi va buning ustidan 
banklar nazorat olib boradilar. Bankka topshirilgan naqd pul osonlikcha pul
topshiruvchining hisob–raqamidagi yozuvga aylanadi. Hisob raqamidagi yozuvlar 
esa o‘z navbatida naqd pulga aylanishi mumkin. Mamlakat Markaziy banki
muomaladagi naqd pul massasini quyidagicha aniqlaydi va boshqarib boradi: 
Muomaladagi naqd pul massasining asosiy qismini aholi qo‘lidagi pul
tashkil etadi. Ularni hisoblash va tartibga solish nihoyatda qiyin jarayondir. Ana 
davlat
aholi

bank
aholi

aholi
aholi

Muomaladagi


naqd pullar
Aholi qo‘lidagi naqd pullar 

Korxonalar kassa qoldiplari 


Banklararo kassalardagi naqd pullar 



shu sababli aholi qo‘lida haddan tashqari ko‘p miqdorda naqd pul to‘planib qolishi


salbiy oqibatlarga olib keladi.
Aholi qo‘lidagi naqd pullarni quyidagicha tartibga solish mumkin:
- aholi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarish 
va xizmatlar ko‘rsatish;
- tovarlar va xizmatlarga xaq to‘lashda cheklar, kredit va plastik 
kartochkalar hamda boshqalarni joriy etish;
- aholi mablag‘larini turli - tuman omonatlar va jamg‘armalar sifatida 
banklarga jalb qilish;
- aholiga qiymatli qog‘ozlarni sotish, ularning mablag‘larini iqtisodiyotni 
rivojlantirishga sarflash va boshqalar.
Mustaqillik yillarida pul muomalasini tartibga solish mexanizmlari 
takomilashtirildi, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatidan tushadigan naqd pul
tushumini to‘liq inkassatsiya qilish hamda korxonalar va aholining naqd pulga 
bo‘lgan talabini ularning birinchi murojatiga ko‘ra ta’minlash borasidagi
qonunchilik talablari kuchaytirildi. Ushbu jarayonlarni monitoring qilish agar 
muammo yuzaga kelganda uni tezkor hal qilishning samarali tizimi shakillantirildi.
Xususan, pul muomalasini boshqarishning bozor iqtisodiyotiga xos 
bo‘lmagan usullari va mexanizmlari bekor qilindi.
Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida inflyatsiya darajasining keskin 
pasayishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Naqd pulsiz hisob-kitoblar 

to‘g‘risida”gi Nizomi mamlakatimiz bank va xo‘jalik amaliyotida naqd pulsiz


hisob-kitob shakllaridan foydalanish tartibini belgilab beradi. Mazkur Nizom 
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank
faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksiga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.
Nizomda naqd pulsiz hisob-kitoblarning quyidagi mustaqil shakllaridan 
foydalanishga ruxsat etilgan:


– to‘lov talabnomalari;


– to‘lov topshiriqnomalari
– cheklar;
– hujjatlashtirilgan akkreditivlar; 
– inkasso.
To‘lov talabnomalari orqali yetkazib berilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar 
uchun to‘lovlar undiriladi. Bunda to‘lovni amalga oshirishga asos bo‘lib, mol
yetkazib beruvchi va to‘lovchi o‘rtasidagi qarzdorlikni tasdiqlovchi solishtirish 
dalolatnomasining mavjudligi hisoblanadi.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘lov talabnomasi shaklidan keng ko‘lamda 
foydalanish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik
miqdorini oshishiga xizmat qiladi. Chunki ushbu shakl vositasida to‘lovi amalga 
oshirilmasdan olingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hisob-kitoblar
amalga oshiriladi. 
Xalqaro amaliyotda haqi to‘lanmasdan olingan tovarlar kreditga sotilgan
hisoblanadi va ular tijorat veksellari bilan rasmiylashtiriladi. Respublikamiz 
amaliyotida veksellar muomalasi mavjud emas. Buning ustiga, haqi to‘lanmasdan
olingan tovarlar kreditga sotilgan deb hisoblanmaydi. 
To‘lov topshiriqnomasi - bu sotib oluvchining yetkazib berilgan tovarlar va
ko‘rsatilgan xizmatlar yuzasidan to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risida o‘z 
bankiga bergan yozma topshirig‘idir.
Mol yetkazib 

beruvchining banki


(6)

(5)

Sotib oluvchining
banki (4) 

(7)
(3)


(2) 
Mol yetkazib 

beruvchi


(1)

Sotib oluvchi 







Yüklə 115,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin