2.2-rasmdan ko‘rinadiki, ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda
yetkazib berilgan tovarlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar to‘liq
kafolatlangan. Bu esa, o‘z navbatida, to‘lovsizlik muammosini hal qilish, xo‘jaik
yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmini qisqartirish
nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
Ayni vaqtda, ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarga xos bo‘lgan
qator kamchiliklar mavjud deb hisoblaymiz. Fikrimizcha, ulardan asosiylari
sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar pul mablag‘larining ma’lum qismi ularning
xo‘jalik aylanmasidan chiqib qoladi. Deponentlangan pul mablag‘laridan sotib
oluvchi o‘zining xo‘jalik faoliyatida foydalana olmaydi, tijorat banki esa
deponentlangan mablag‘ga foiz hisoblamaydi.
2. Ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda to‘lovni amalga oshirish
davri cho‘zilib ketadi, hujjatlar nisbatan uzoq aylanadi. Natijada tovarlarni sotish
jarayoni ham cho‘zilib ketadi.
3. Ta’minlangan hujjatlashtirilgan akkreditivlarda deponent qilingan pul
mablag‘larining real qiymatini pasayish xavfi saqlanib qoladi. Mazkur xavf
inflyatsiya va vayutalarning almashuv kurslarini o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Inflyatsiyaning kuchayishi natijasida milliy valyutada deponent qilingan
mablag‘larning real qiymati pasayadi, valyuta riski ta’sirida esa, milliy va xorijiy
valyutalarda deponent qilingan mablag‘larning real qiymati pasayishi mumkin.
Quyidagi rasm ma’lumotlari orqali hujjatli inkasso vositasidagi naqd pulsiz
hisob-kitoblarni amaga oshirish tartibini ko‘ramiz.
Mol yetkazib
beruvchining
(12)banki (4)
(5)
Sotib oluvchining
(9)banki (6)
(11)