Ashtarxoniylar sulolasi davrida Buxoro xonligi



Yüklə 130,5 Kb.
səhifə1/3
tarix30.09.2022
ölçüsü130,5 Kb.
#64366
  1   2   3
ASHTARXONIYLAR DAVLAT TIZIMI, BOSHQARUV TARTIBLARI

ASHTARXONIYLAR DAVLAT TIZIMI, BOSHQARUV TARTIBLARI.


Reja:

  1. KIRISH.



  1. ASOSIY QISM.

    1. Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi.

    2. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

    3. Ashtarxoniylar davrida ma`naviy-ma`rifiy, madaniy hayot.



  1. XULOSA.

  2. ADABIYOTLAR.


I. Kirish.
Ashtarxoniylar Jo’jixon naslidan bo’lib, XIV asrning 80-yillaridan boshlab Ashtarxon (Hoji Tarxon, Astraxan) va uning atrofidagi yerlar va xalqlar ustidan hukmronlik qilgan. 1556-yilda Astraxanni Rusiya bosib olgach, ashtarxoniylardan Yormuhammadxon oila a’zolari va qarindoshurug’i bilan Buxoroga keladi.Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) izzat-ikrom bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuhrabegimni Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrabegimdan uch o’g’il (Dinmuhammad,Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko’radi. Jonibek Sulton va uning o’g’illari Buxoro xonligida yuksak mavqega erishib, Buxoro xonligi viloyatlarida hokim vazifasida faoliyat yuritadilar1.
1601- yilda Jonibek Sultonning o’g’li Boqi Muhammad Buxoro taxtiga o’tqazildi. Buxoro xonligi tarixida yangi sulola — ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlanib, 175 yil davomida mamlakat shu sulola tomonidan boshqariladi.
Sirdaryoning quyi oqimi va Balxash ko`lidan tortib to Dnepr daryosining quyi oqimigacha bo`lgan erlaр XI asrdan boshlab Dashti qipchoq deb atala boshlagan. Bu terminni birinchi bo`lib Xusrav (1003-1088) qo`llagan. Bu atama keyinroq arab va fors manbalarida uchraydi. Rus sharqshunos olimi V.V.Bartol'dning so`zlariga ko`ra Dashti qipchoq aholisi sharq manbalarida qipchoqlar, rus solnomachilari polovetslar va Vizantiya manbalarida kumanlar deb atalib Xorazmga qo`shni bo`lgaн (1030 y), tez-tez rus erlariga bostirib kirishgan. XIII asrning 20-yillarida Dashti qipchoqning bir qismi Jebe noyon va Subatay bahodir tomonidan bosib olingan. 1236 yildan Dashti qipchoq Botuxonga tegishli bo`ladi va Jo`ji ulusi nomi bilan atalgan. (Chingizxon o`z erlarini uluslarga ajratganida Dashti qipchoq Jo`jiga berilgan). Dashti qipchoq ikki qismga ajraladi: Yoyiq (Ural) daryosi va Sirdaryoning quyi oqimidan to Balxash ko`ligacha bo`lgan Sharqiy hamda Yoyiq va Volga daryosidan to Dneprgacha bo`lgan (Volganing o`rta va quyi oqimi, qrim va Janubiy Rossiya erlari) g'arbiy qismlar.
XV asrning 20-yillaridan boshlab Dashti qipchoq erlarini Abulxayrxon birlashtiradi va ko`chmanchи o`zbeklar davlatiga asos soladi (Jo`jining beshinchi o`g'li Shaybon naslidan) Abulxayrxon davlatining kuchayishi temuriylarning inqiroz davriga to`g'ri keladi. 1440 yillarda Abulxayrxon Dashti qipchoq vа Movarounnahr o`rtasida savdo yo`llari chorrahasi hisoblangan Sig'noq, Oq qo`rg'on, Arquq, Smuzoq va O`zgand shaharlarini bosib oladi. 1948 yili Samarqandga yurish qilib uni talaydi. Dashti qipchoq vа Movarounnahr tarixiga oid muhim davr bu Muhammad Shayboniyxon bilan bog'liq. U 1480 yili ilgarigi o`zbeklar davlati shuhratini tikladi. 1499 yil Movarounnahrni zabt etishni boshladi. 1500 y Samarqand, 1503 yili Toshkent va Shohruxiya, 1504 yili Farg'ona, 1505 yili Urganch, 1506 yili Balx egallanib 1507-1509 yillar Xuroson egallandi. Shayboniy Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni egallagan ulkan davlatga asos soldi. Shayboniyxon o`z davlati hududlarini udel (syurg'ol) tizimiga bo`lib boshqardi. Xonning harbiy yurishlariga katta yordam bergan qabila boshliqlari - sultonlar sovg'a sifatidaerlar olgan (syurg'ol). Hirot - Jonvafbiyga, Hisor - Madhi va Xamza sultonlarga, Marv - qo`biz, Naymanga, balx - Sultonshohga, qunduz - Ahmad Sultonga, Toshkent - Sultonhojaga, Turkiston - Ko`chkunjixonga, Andijon - Mahmud Sultonga, Xorazm - Kepakbiy qushchiga, Buxoro va qorako`l - Mahmud Sultonga, Samarqand va Kesh - Muhammad Temurga syurg'ol qilib berilgan edi. Bunday er egalari yurish paytida xon atrofida birlashgan bo`lsalarda aslida mustaqil siyosat olib borilar edi. Keyinroq ular markazga bo`ysunishdan bosh torta boshladilar. Markazlashtirish uchun xon Kuchkinchi sultondan Turkistonni, Ubaydullodan Buxoroni, madhi Sulton va Hamza Sultonlardan Hisorni tortib olgan bo`lsada umumiy holda udel tizimini yo`q qilmadi. Markazlashtirish uchun kurash uning dushmanlarini ko`paytirdi.


Yüklə 130,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin