5-Mavzu: Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Reja: Davlat tizimi va ma’muriy boshqaruv



Yüklə 33,19 Kb.
tarix28.03.2023
ölçüsü33,19 Kb.
#90842
Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.


5-Mavzu: Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Reja:
1. Davlat tizimi va ma’muriy boshqaruv.
2. Qishlok xo‘jaligi va agrar munosabatlar.
3. Shaharlar. Hunarmandchilik va savdo-sotik.
4. Ilm-fan va madaniyat. Me’morchilik.
Davlat tizimi va ma’muriy boshqaruv. Ashtarxoniylarning davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi o‘z tuzilishi hamda mazmun - mohiyatiga ko‘ra, Shayboniylar davri davlatchiligidan deyarli farq qilmas edi. Manbalarning ma’lumot berishicha XVII-XVIII asrning birinchi yarmi davlat boshqaruvida hokimiyat markazda ham viloyatlarda ham asosan bir idora – dargohda mujassamlashib borgan. Shunigdek, shayboniylar davrida bo‘lgani kabi ashtarxoniylar davrida ham davlat tizimida o‘troq turmush tarzi 395 an’analari bilan birga ayrim yarim ko‘chmanchilarga xos udumlar ham saqlanib qolgan. Bu davrda ham xon rasman oliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lib, davlatdagi ichki va tashki siѐsatga bog‘liq barcha masalalar uning ixtiѐri bilan hal etilgan. Barcha oliy farmonlar xon tomonidan joriy etilib, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning nomi xutbaga qo‘shib o‘qilardi. Ammo, amaldagi boshqaruvda ko‘pgina ashtarxoniy hukmdorlari saroydagi katta mavqega ega bo‘lgan amaldorlar hamda yirik ulamolar qo‘lida qo‘g‘irchoq edilar. Nodirmuhammad, Subxonqulixon, Ubaydullaxon kabi xonlar markaziy hokimiyat obro‘sini ko‘tarishga, bebosh amirlar mavqeini cheklashga harakat qilgan bo‘lsalar-da, ularning bu harakatlari deyarli samara bermadi. Bu davrda markaziy davlat boshqaruvi saroy amaldorlari ko‘lida to‘plangan bo‘lsa, joylardagi mahalliy hokimiyat viloyat hokimlari ixtiѐrida bo‘lgan. Ashtarxoniylar hukmronligi yillarida ham naqib, otaliq, parvonachi, dodxoh, devonbegi, qushbegi, chuhraboshi, yasovul, inoq, qurchi, harbiy qozi, harbiy mufti, eshik og‘a boshi, mirzaboshi, saroy kutubxonasi boshlig‘i, dasturxonchi kabi lavozimlar mavjud bo‘lgani ma’lum. Shu bilan birga ularning ayrimlarida sifatiy o‘zgarishlar yuz berganini ham ta’kidlash lozimdir. A.Ziѐ tadkikotlariga ko‘ra, otaliqning vazifasi XVI asrda asosan joylardagi boshqaruv tizimi bilan bog‘lik bo‘lsa, ashtarxoniylar davrida, ayniqsa Abdulazizxondan boshlab, otaliqning markazdagi mavkei kuchaya boshladi. Masalan, Abdulazizxon Buxoro taxtiga chiqqach poytaxtdagi otaliq vazifasini o‘sha paytda eng kuchli mavqega ega bo‘lgan Yalangto‘shbiyga taklif qilgan. Otaliqning mavkei Subxonqulixon davrida ham baland bo‘lib, eng muhim harbiy ishlar (masalan, xivaliklarning Buxoroga taxdidini qaytarish, Xuroson yurishi) otaliqqa yuklatilgan.‖Ubaydullanoma‖ asarida otaliqqa ―umdat al-umaro‖, ya’ni ―butun amirlar tabaqasining tayanchi‖ degan ta’rif berilgan. Abulfayzxon davridagi otaliq mansabida bo‘lgan Hakimbiy va uning o‘g‘li Rahimbiylar juda katta mavqeiga ega bo‘lib, ular oxir-oqibat sulola vakillaridan hokimiyatni butunlay tortib olishga muvaffaq bo‘ldilar. Ashtarxoniylar, xususan Ubaydullaxon va Abulfayzxon davrlarida qo‘shbegi lavozimidagi amaldorlarning ham mavqei o‘sgan. Aniqrog‘i shu mansabdagi shaxsning mavqei ko‘tarilishi bilan u egallab turgan lavozimning ham ahamiyati yuksalgan. Misol uchun, ―Ubaydullanoma‖da ma’lumot berilishicha, To‘raquli qo‘shbegiboshi mansabga tayinlash va unvon berish, xon ѐrlig‘isiz shaxsan ѐzma ko‘rsatmalar tarqatish, oliy qabullarda o‘z xohishi bilan ishtirok etish kabi imtiѐzlarga ega bo‘lgan. O‘sha manba tili bilan aytganda, bu davrda qo‘shbegiboshi ―amirlarning eng ulug‘i ‖ edi. Bu davrda Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo‘lib, uni taxt vorisi boshqarar edi. Rasmiy darajadagi davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo‘lib - markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi. Viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga bo‘ysunishi belgilangan yillik 396 soliqlarni to‘plab xon xazinasiga yuborib turishi, xon farmoniga ko‘ra, harbiy yurishlarda o‘z qo‘shinlari bilan qatnashishdan iborat bo‘lgan xolos. Ko‘p hollarda o‘zlarini markaziy hokimiyatdan mustaqil deb hisoblagan viloyat amirlari va hokimlari ham o‘z boshqaruv tizimiga va harbiy kuchlariga ega bo‘lgan. Bu davrda amaldorlar toifasiga kirgan shaxslar o‘z egallab turgan lavozimlaridan, ma’suliyatli vazifalaridan tashqari siѐsiy jaraѐnlar va harbiy yurishlarda ham ishtirok etganlar. Misol uchun, manbalarga ko‘ra, 1722 yilda Vobkent ostonasidagi Muhammad Hakimbiy otaliq boshchilik qilgan Abulfayzxon va Samarqand hokimi Rajab Sulton qo‘shinlari bilan bo‘lgan to‘qnashuvda devonbegi, qo‘shbegi, parvonachi, dodxoh, miroxo‘r, eshikog‘aboshi, to‘qsabo, dasturxonchi kabi mansabdorlar ham ishtirok etganlar. Bu davrdagi boshqaruvda dunѐviy lavozimdagi amaldorlar bilan bir qatorda diniy lavozimdagi amaldorlarning ham mavqei baland bo‘lgan. Boshqaruv tizimida yirik din peshvolari xojalar va diniy mansab egalari bo‘lmish shayxulislom, sadr, qozi kalon va boshqalar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ilgarigi davrda bo‘lgandek, bu davrda ham davlat boshqaruvida Jo‘ybor xojalarining mavqei baland bo‘lib, asosiy diniy mansabdorlar ular ichidan tayinlangan. Buxoro shayxulislomi ham jo‘ybor shayxlari orasidan tayinlanib, Abulfayzxon davrida bu lavozimni Xoja Yahѐning o‘g‘li Muhammad Hakim Xo‘ja egallagan. Shayxulislom jamiyatda juda katta rol o‘ynagan bo‘lib, nafaqat diniy, balki barcha ishlar bo‘yicha hukmdorning doimiy maslahatchisi bo‘lgan. Har bir viloyatning o‘z qozisi bo‘lib, ular diniy, oilaviy, vorischilik hamda jinoiy ishlarni ko‘rib chiqqanlar. Harbiylar uchun ham alohida qozilar bo‘lib, ular qoziyi-askar deb atalgan. Buxoro xonligidagi huquqiy masalalarni hal etishda muftining o‘rni alohida bo‘lgan. Mufti fikh (huquq) va hadisni juda yaxshi biladigan qonunshunos bo‘lishi lozim bo‘lgan. XVII asrning oxiri – XVIII asr boshlarida davlat hokimiyatining zaiflashuvi oqibatida darvish guruhlarining ham roli ortib borgan. Ashtarxoniylar davriga kelib Buxoro xonligi hududlari keskin qisqarib ketdi. XVIII asr boshlariga oid manbalarda xonlikka bo‘ysunuvchi oltita viloyat: Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O‘ratepa, Shahrisabz va Xuzor tilga olinadi. Imomqulixon hukmronligi davrida Hisor, Turkiston, Farg‘ona va Balx viloyatlari vaqtinchalik qayta birlashtirilgan bo‘lsada, Abulfayzxon davriga kelib Xiva (viloyati) va Qo‘qon xonliklari alohida davlat edi. Mavjud manbalarda Buxoro xonligi bo‘ysunuvchi viloyatlar o‘rtasidagi aniq ma’muriy chegaralar haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Ko‘pgina viloyatlar, xususan Hisor, Shahrisabz, Farg‘ona amalda yarim mustaqil boshqarilib Buxoroga nomigagina tobe hisoblangan. Avvalgi davrda bo‘lganidek, ashtarxoniylar davlati viloyatlar, tumanlar va boshqa ma’muriy birliklarga bo‘lingan. 397 Qishlok xo‘jaligi va agrar munosabatlar. Ashtarxoniylar davrida ham davom etgan siѐsiy parokandalik, urushlar va o‘zaro kurashlar mamlakat iqtisodiѐtining asosi bo‘lgan qishlok xo‘jaligiga ham ta’sir etmasdan qolmadi. XVIII asrga oid ayrim manbalar Zarafshon va Farg‘ona vodiysidagi dehqonlarning o‘z yerlaridan qochib ketishi holatlari haqida ham ma’lumotlar beradi. Hukmdorlar soliq va o‘lponlarni o‘z vaqtida va doimiy yig‘ib olish uchun ham mamlakat iqtisodiѐtini ko‘tarishga harakat qilsalarda, bu harakatlar aksariyat hollarda samarasiz tugardi. XVII asrning boshlariga kelib ko‘plab sug‘oriladigan yerlar jo‘ybor shayxlariga berilgan. Shariat qonunlariga ko‘ra, suv sotilmasligi va sotib olinishi mumkin bo‘lmasada, boy amaldor va ruhoniy yer egalari sug‘orish kanallarining xo‘jayinlari edilar. XVII asr 80-yillarining oxirlarida Xiva hukmdorlarining ko‘plab xujumlari natijasida kelib chiqqan suv ta’minotining buzilishi Ashtarxoniylar davlatidagi ko‘pgina viloyatlarda, ayniqsa, Samarqand , Qarshi, Farg‘ona viloyatlarida ocharchilikka sabab bo‘ldi. Manba tili bilan aytilganda , ―dehqonlarda tariq va bug‘doy noni yo‘q edi‖. Siѐsiy beqarorlik va o‘zaro urushlar davom etib turgan og‘ir sharoitda ham dehqonlar o‘z xo‘jaliklarini davom ettirishga harakat qilganlar. Buxoro xonligining asosiy dexqonchilik hududi Zarafshon vohasi edi. So‘nggi o‘rta asrlar mualliflari boshqa viloyatlarda ham ekinlar va bog‘-rog‘lar mavjudligi hakida ma’lumotlar beradilar. Misol uchun, Farg‘onaning ―ajoyib bog‘lari va dalalari‖, Qarshining ―sug‘oriladigan yerlari‖, Toshkent vohasining ―tog‘li g‘allakor tumanlari‖, Termizning ―yaxshi kovunlari va g‘allasi‖, Shahrisabzning ―yaxshi hosil beruvchi yerlari‖ haqida ma’lumotlar bor. Ashtarxoniylar davrida sug‘oriladigan yerlarga O‘rta Osiѐ mintaqasi uchun an’anaviy bo‘lgan bug‘doy, arpa, jo‘hori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari, dasht va tog‘oldilaridagi adirlardagi lalmi yerlarda bug‘doy , arpa, qovun, tarvuz va boshqalar ekilib dehqonchilik qilingan. O‘zaro urushlar dehqonchilik taraqqiѐtini birmuncha orqaga surib turgan bo‘lishiga qaramasdan, tinchlik davrlarida yerlardan ancha yuqori hosil olingan. Bu davrda hozirgi O‘zbekiston hududlarida poliz ekinlari yetishtirish ancha rivojlangan. Bu ekinlar orasida qovun ayniqsa ko‘p yetishtirilgan. Bu haqida ―Boburnoma‖ da shunday ma’lumot beriladi. ―Movarounnahrning hech qaerida Buxorodagidek ko‘p va xo‘b qovun bo‘lmaydi. Farg‘ona viloyatida, Axsida Buxoronikidan ham shirinroq miri timuriy navli qovun bo‘lsada, Buxoroda qovunlarning navi ko‘p ular ham juda shirin‖. Maxmud Ibn Vali (XVII asr) ham hozirgi O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida qovun yetishtirilganligi hakida ma’lumotlar beradi . Poliz mahsulotlaridan asosan pul ko‘rinishida soliqlar olingan. Sug‘oriladigan yerlarning ko‘pchilik qismini bog‘lar va uzumzorlar tashkil kilgan. Samarqand , Buxoro, Toshkent kabi shaharlar atrofida bog‘lar, chorbog‘lar mavjud bo‘lgan . 398 Bu davrda chorvachilik ham qishlok xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i sifatida katta ahamiyatga ega edi. Xon va yirik saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlari, yirik chorvador boylarga tegishli kattakatta yaylovlarda, dasht hududlarda ming- minglab qo‘ylar, podalar, yilqilar, tuyalar boqilgan. Bobur ma’lumotlariga ko‘ra, yirik zodagonlarning 30-40 mingtagacha qo‘ylari bo‘lgan. Andijon beklaridan biri, qal’a himoyasi paytida bu yerdagi askarlarga 18 mingta qo‘y tarqatgan. Ayrim hududlarda, masalan Qorako‘lda qoraqo‘l terisi, Karshida qora va ko‘kimtir kulrang teri ishlab chiqarish rivoj topgan. Qo‘ychilik yarim ko‘chmanchi aholining asosiy boyligi hisoblangan. O‘troq dehkonchilik tumanlarida an’anaviy uy chorvachiligi sut-qatik, uchun sigir, semirtirib boqish uchun buqa va qo‘y boqish davom etgan. Xo‘kizlar va otlardan dehkonchilikda omoch tortib yer xaydashda keng foydalanilgan. Chorvachilik ishlab chikarish ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan qo‘ylar, yirik shoxli hayvonlar, qorabayir otlar, ikki urkachli tuyalar hamda jun, teri va boshqa mahsulotlar yetkazib beradigan asosiy tarmoq sifatida ashtarxoniylar davrida ham o‘z mavqeini saqlab qoldi . Ayrim ashtarxoniy hukmdorlari davrida mamlakatning asosiy boyligi hisoblangan yerni taqsimlash rasman oliy hukmdor qo‘lida bo‘lsada, amalda ko‘plab davlat yerlari yirik amaldorlar va din peshvolari qo‘lida edi. Ayniqsa, XVIII asrdan boshlab, yarim ko‘chmanchi qabilalar boshliqlari bo‘lgan amirlar va beklarning hokimiyati kuchayib, ular amalda yirik hududlarning xo‘jayinlari edilar. Shayboniylar davrida bo‘lgani kabi ashtarxoniylar davrida ham davlat yerlari mamlakai devon, mamlakai podshohi, zamini mamla, mamlakai sultoni, mamlaka kabi nomlar bilan atalgan. Oliy hukmdor yerni sotish, hadya etish ѐki vaqf mulkiga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan. Shartli yer egalari suyurg‘ol, iqta, tanho, tiul kabi nomlar bilan atalgan. Ta’kidlash lozimki, XVII-XVIII asrlarga kelib suyurg‘olning mazmuni o‘zgaradi. Bu davrga kelib suyurg‘ol asosan hukmdor xizmatida bo‘lgan ruxoniylar-sayidlar, xo‘jalar, shayxlar, ulamolar, shuningdek shoirlarga hadya qilingan. Mahmud ibn Vali shunday ma’lumot beradi: ―Agar podsho yerni kimgadir hadya tariqasida bersa, bunday yerlar ulamolar va sayidlarga berilsa, suyurg‘ol deyiladi, agar harbiylarga berilsa, u holda tanho deyiladi.‖ Shaharlar. Hunarmandchilik va savdo-sotik. Ilgarigi davrlarda bo‘lgani kabi so‘nggi o‘rta asrlar davrida ham jamiyat hayotidagi shaharlarning roli aslo pasaymagan. Savdo-sotik va hunarmandchilik asosan shaharlarda markazlashgan bo‘lib, fan va madaniyat ham shu yerda taraqqiy etgan. Yirik iqtisodiy, siѐsiy-ma’muriy va madaniy markazlar bo‘lgan Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlari Movarounnahrning iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynaganlar. Samarqand o‘zining ixtisoslashgan bozorlari va savdo qatorlari bilan ajralib turgan. Manba tili bilan aytganda , ―bu shaharning bitta o‘ziga xos xususiyati borki, bu xususiyat boshqa shaharlarda kam uchraydi, 399 ya’ni, har bir mahsulot uchun alohida bozor bo‘lib , ular biri-biri bilan aralashib ketmaydi. Bu ajoyib an’anadir‖. Darhaqiqat, Axshtarxoniylar davriga oid turli manbalar Samarqanddagi ko‘zagarlar , temirchilar , zargarlar , chopondo‘zlar, do‘ppido‘zlar , baqqollar , qassoblar , cho‘yanchilar , chitpazlar, bo‘ѐqchilar , nonfurushlar kabi ko‘plab alohida bozorlar haqida ma’lumotlar beradilar. Bu davrdagi ko‘plab me’moriy inshootlarning qurilishi tufayli shaharning ko‘rinishi ham o‘zgardi. Misol uchun, o‘zbek amirlarining mavkei kuchaygan davrda Yalangto‘shbiy tomonidan Registon maydonida Sherdor va Tillakori(1631-1642yy.) madrasalari bunѐd etildi. Samarqand atroflarida bog‘-rog‘lar bilan bir qatorda suv tegirmonlari ham mavjud bo‘lgan. Siѐb kanalidan chiqarilgan ariqlar kog‘oz ishlab chiqarish , jumladan ,butun dunѐga mashhur bo‘lgan Samarqand kog‘ozi ishlab chiqarish ustaxonalari joylashgan. Bu davrda Toshkent mamlakatining ma’muriy boshqaruv va iqtisodiy hayotida muhim rol o‘ynagan bo‘lib , bu yerda ichki va tashqi bozor uchun ko‘plab mahsulotlar mavjud edi. Toshkent, ayniqsa, tog‘-kon sanoati mahsulotlari, qozoq dashtlari bilan savdo-sotiq munosabatlarida mashhur bo‘lganligi manbalarda eslatib o‘tiladi. Toshkent atroflarida bog‘lar va uzumzorlar mavjud bo‘lgan. Toshkent qa’lasi tashqarisida Kaykovus chorbog‘i joylashgan. Manbalar bu chorbog‘ni ―ulug‘ sultonlar taxtining joyi‖ va Toshkent hokimlarining qarorgohi sifatida eslatadilar. Toshkentda va uning atroflarida turli mamlakatlardan kelgan savdogarlar to‘xtashlari uchun karvonsaroylar mavjud bo‘lgan . Shuningdek karvonsaroylar Chirchiq darѐsi bo‘ylab ketuvchi tog‘ yo‘li bo‘ylarida ham qad ko‘targan. Toshkentning keng dasht hududlari chegarasidagi vohada joylashganligi bu davrda ham shahar xo‘jaligining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsada, manbalar ko‘chmanchilarning ko‘plab hujumlar uyushtirganliklari haqida ham ma’lumotlar beradilar. Shu bilan birga Toshkentning himoya devorlari ko‘p martalab shahar aholisining himoyasini ta’minlaganligi haqida ham ma’lumotlar bor. Shayboniylar davridaѐq poytaxtga aylantirilgan Buxoro shahri ham yirik harbiy-siѐsiy, ma’muriy va madaniy markazlardan bo‘lib, ashtarxoniy hukmdorlarning qarorgohi shu yerda joylashgan edi. Mamlakatning iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan Buxoro shahri manbalarga ko‘ra ,bu davrda , ―bir nechta darvozasi bo‘lgan baland devor bilan o‘rab olingan va uch qismga bo‘lingan. Uning ikki qismi hukmdorga, bir qismi esa savdogarlar va bozorga tegishlidir‖. Shaharda zich qurilgan turar -joylar hamda xo‘jalik inshootlari (karvonsaroylar, timlar, hammomlar va boshq.) juda ko‘p bo‘lib, uncha aniq bo‘lmagan ma’lumotlarga ko‘ra, uning hududi va atrofida dehqonchilik qilinadigan yerlar bo‘lgan . Mamlakatning iqtisodiy va madaniy hayotida Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlar ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan . XVII-XVIII asrning ba’zi yillarida Andijon Farg‘onaning markazi bo‘lgan bo‘lsa , ayrim paytlarda bu vazifani Axsi shahri bajargan. Bu davrda Qarshi, Shahrisabz, Termiz, Jizzax, Xo‘jand, Xorazmdagi shaharlar keyinroq, Qo‘qon kabi ko‘plab yirik 400 shaharlar mavjud bo‘lgan bo‘lsada, markazdan qochuvchi kuchlar hukmronligi sharoitida shaharlar o‘rtasida savdo - iqtisodiy aloqalar sust edi. Siѐsiy tarqoqlik hamda yarim mustaqil mulklarning mavjudligi ularning o‘zaro alokalarini sezilarli darajada cheklab qo‘ygan edi . Bu davrda hunarmandchilikning asosiy markazlari shaharlar bo‘lib kelgan bo‘lsada, o‘zaro iqtisodiy munosabatlarning zaiflashuvi hamda natural xo‘jalikning rivojlanishi sababli eng kerakli xunarmandchilik mahsulotlari yetishtirish ko‘pgina yirik qishloqlarda ham rivojlana boshlaydi. Mamlakatning hunarmandchilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiѐji asosan mahalliy hunarmandlar mahsulotlari hisobiga qondirilardi. Bu davrda to‘qimachilik va u bilan bog‘lik hunarmandchilik turlari (ip yigirish, gazlamalar tayѐrlash, kiyimlar tikish va boshqalar) rivojlanada davom etadi. Samarqand va Buxorodagi hunarmandchilik aholisining katta qismi mato bilan shug‘ullanuvchi kichik ishlab chiqaruvchilar bo‘lgan. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham turli-tuman matolar tayѐrlangan. Mato tayѐrlash ularni mahsuloti sifati, ipagining turi, qayta ishlanishi, rang berilishi, jihatlari bilan farqlanib turgan. Matolarning asosiy xomashѐsi paxta, ipak, kam hollarda jun hisoblangan. Samarqand, Buxoro, Qarshi, Shahrisabz kabi shaharlar va ularning atroflaridagi yirik qishloqlar olacha, bo‘z, chit, duxoba kabi matolar bilan shuhrat qozongan. Bu davrda hunarmandchilikning eng rivojlangan tarmoqlaridan biri bo‘lgan kulolchilik mamlakatning barcha yirik shaharlarida, ko‘pgina qishloqlarida mavjud bo‘lib, bu sohaning rivojida butun O‘rta Osiѐga xos an’analar bilan birga, mahalliy xusussiyatlar ham alohida ajralib turadi. Kulolchilik mahsulotlari tayѐrlovchi hunarmandlar asosan uch toifaga: kosagarlar (yeguliklar, mevalar, shirinliklar uchun idishlar), ko‘zagarlar (suyuqliklar uchun idishlar, xumlar) va qurilish ashѐlari (silliqlangan g‘ishtlar, tandirlar) tayѐrlovchilarga bo‘lingan. Ichki bozorda kulollarning mahsulotiga talabning yuqoriligi, xomashѐ manbai bo‘lgan sog‘ tuproqning ko‘p joylarida mavjudligi kulolchilikning taraqqiѐtini ta’minlagan edi. Yog‘ochga ishlov beruvchi hunarmandlar ѐg‘och xomashѐsidan turli tuman mahsulotlar tayѐrlaganlar. Bunday hunarmandlar eshiklar va deraza romlari, aravalar va g‘ildiraklari, sandiqlar, beshiklar, mehnat qurollariga dastalar va soplar, qayiqlar (Amudarѐ va Sirdarѐ bo‘ylarida ) kabi ko‘plab mahsulotlar tayѐrlaganlar. Eng yaxshi ustalar ѐg‘ochga naqsh berish bilan shug‘ullanganlar. Boy zodagonlar uylarining peshtoqlari, eshiklari, ustunlar shuningdek, masjid va madrasalar ustunlari, xonaqolar eshiklari boy jimjimador va murakkab bo‘lgan shakldagi naqshlar bilan bezatilgan. Ilm-fan va madaniyat. Me’morchilik. O‘tgan davrlarda bo‘lgani kabi Ashtarxoniylar davrida ham ko‘p tarmoqli ilm-fan me’morchilik va amaliy san’at, madaniyat taraqqiѐti davom etdi. Bu davrdagi ijtimoiy-falsafiy fanlar ilgari asrlar an’analari asosida taraqqiy etib, bir qator davrga mos yo‘nalishlar ham paydo bo‘ldi. Zamonaviy tadqiqotchilar bu davrdagi 401 ijtimoiy-falsafiy fanlar rivoji ayniqsa adabiѐt, tarixnavislik, falsafiy-huquqiy hamda ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishlarida ayniksa sezilarli bo‘lganligini ta’kidlaydilar. Bu davrda o‘rta asrlardagi an’anaviy tarixnavislik davom ettirilib ko‘pgina tarixiy adabiѐtlar yaratildi. Chunonchi, Maxmud ibn Valining XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi Xuroson va Movarounnahr tarixiga oid ―Bahr al-asror‖ asari, Muxammad Yusuf Munshiyning Balx hokimi Muqimxonga atab ѐzilgan ―Tarixi Muqimxoniy‖ asari, Xoja Samandar Termiziyning ―Dastur al mulk‖ badiiy-tarixiy asari, Mir Muhammad Amin Buxoriyning ―Ubaydullanoma‖, Muhammad Vafo Karmanagiyning ―Tuhfat ul - xoniy‖ (Bu asarning ikkinichi qismini Saido Nasafiy ѐzib tugatgan), Abduraxmon Tole’ning ―Tarixi Abulfayzxon‖ kabi tarixiy asarlarini aytib o‘tish lozim. Bu asarlarning aksariyatida xon hokimiyatini uning shaxsini ulug‘lash bilan birga o‘sha davr jamiyatidagi inqirozli holatlar siѐsiy tarqoqlik va o‘zaro urushlar natijasi ekanligi to‘g‘ri anglanib, bunday holatlarga bahram berishning asosiy chorasi hokimiyatni markazlashtirish hamda uni adolatli boshqarishdir, degan fikrlar ham ilgari surilgan. Shuningdek, ushbu tarixiy asarlarda musulmon olamida keng tarqalgan afsonalar, rivoyatlar, she’riy hamda nasriy shakldagi hikmatli so‘zlar, Kur’on oyatlari hamda diniy kitoblardan parchalar , tarixiy voqealikka o‘ta mahorat bilan birlashtirib yuborilgan. Bu holat ashtarxoniylar davri tarixshunosligida ham o‘rta asr an’anlari davom ettirilganligini belgisidir. XVII asr O‘rta Osiѐdagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarning yirik vakillaridan biri Ibn Muhammmadjon Yusuf al-Qorabog‘iydir (1563- 1647yy.) Kavkazning Qorabog‘ qishlog‘ida (Ozarbayjon) tavallud topgan ushbu alloma avval Shirvon, Sheroz, keyin esa Samarqandda ijod etib Buxoroda vafot etgan. Falsafiy yo‘nalishda ijod qilgan Qorabog‘iy tibbiѐt, astronomiya kabi tabiiy fanlarni yaxshi bilishi bilan birga she’rlar ham ѐzib turgan. Qorabog‘iy butun dunѐni yagona tanaga o‘xshatib, uning a’zolari qonuniy bir-biriga bog‘liqligini ta’kidlab shunday ѐzadi: ―olam yagona vujud hisoblanadi va barcha mavjud narsalar, mavjudot uning a’zolari hisoblanadi‖. XVII asr O‘rta Osiѐdagi mutaffakkirlardan yana biri Muhammad Sharif ibn Muhammad al-Buxoriy bo‘lib, u al-Mavliѐviy taxallusi bilan ham ma’lumdir. Al-Buxoriyning ijodi faqat falsafiy qarashlar bilan chegaralanib qolmay, tarix, she’riyat, huquq, tilshunoslik kabilarni ham qamrab oladi. Mutaffakirning bizga qadar yigirmaga yakin asarlari yetib kelgan bo‘lib, bu asarlarda asosiy e’tibor o‘rta asrlarda keng tarqalgan ruhlar va insonning ruhiy kuchlariga qaratilgan. Muhammad al-Buxoriy o‘zigacha bo‘lgan mutaffakirlardan farq qilgan holda ruhning to‘rt ko‘rinishini ajratadi. Bular tabiiy, o‘simlik, xayvonot va insoniyat ruhlaridir. Ashtarxoniylar davlatida adabiѐt ayniqsa Subxonqulixon davrida ancha ravnaq topdi. Bu davrda ijod qilgan shoirlar orasida Turdi Farog‘iy 402 faoliyatini alohida ta’kidlash lozim. O‘zbeklarning yuz urug‘idan bo‘lgan bu shoir Abdulazizxon davrida katta nufuzga ega bo‘lib, saroy doiralariga yaqin bo‘lgan. Turdi Farog‘iyning bizga qadar to‘rt yuz misradan ortiq she’rlari yetib kelgan bo‘lib, ularda oddiy mehnatkash xalq ahvoliga achinish, amaldorlar zulmini qoralash, o‘zaro tinch-totuvlik va ahillikka chaqirish g‘oyalari ustunlik qiladi. XVII-XVIII asrlarda Buxoroda to‘rtta yirik tazkira yartiladi. Bular - Mutribiyning ―Tazkirat ash-shuaro‖, Maliho Samarqandiyning ―Muzakkir al asxob‖, Mulla Sodiq Samarqandiyning ―Riѐz ash-shuaro‖, Nurmuhammad Nasafiyning ―Masxan an-musannifin‖, tazkiralaridir. Birgina Mutribiyning tazkirasida uch yuz yigirmadan ziѐd shoirlar haqida ma’lumotlar bor. Bu davrda Sayido Nasafiy Qarshida tikuvchilik qilib, ijod qilgan bo‘lsa, Samarqandlik ijodkorlar G‘ofur Samarqandiy attorlik, Masiho temirchilik, Manzur Samarqandiy kosiblik, Fitrat Samarqandiy zardo‘zlik bilan shug‘ullanganlar. Shuningdek XVII-XVIII asrlar Xivada yashab ijod etgan Abulg‘ozi Baxodurxon, Nurmuhammad G‘arib Andalib, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niѐz Nishotiylarni, Qo‘konda yashab ijod etgan Boborahim Mashrab, Xo‘ja Nazar o‘gli Huvaydo, Mulla Shermuhammad Akmal kabi ijodkorlarni sanab o‘tish mumkin. Bu davrda tabiiy fanlar ravnaqi uchun ham ko‘pgina ishlar ham amalga oshirilgan. Xususan, Xon Ulum taxallusi bilan ma’lum bo‘lgan Qozi Muhammad Akbarxon Eron allomasi Bahovuddin Omiyaiyning ―Xulosat alXisob‖ (―Arifmetikaning mohiyati‖) kitobiga izohlar ѐzgan. Bir qator matematik asarlar merosni taqsimlash masalalariga qaratilgan bo‘lib, Tursun al-Zominiyning ―Turfa - yi amir‖ (―Amirga hadyalar‖), Muhammad Amin as-Chaxorѐkining ―Masoil-i adadiya‖ (―Arifmetikaning qo‘lllanilishi‖), ―Risola fi-l-vasiyat‖ (―Vasiyat haqida risola ―), AlBadiiy al -Xisoriyning asarlari shular jumlasidandir. Shuningdek Mirza Badi Devon ―Majma al-arkam‖ asarining kattagina qismi matematikaga bag‘ishlangan. Bu davrda me’morchilikning ham o‘ziga xos yo‘nalishlarda rivojlanganligini kuzatish mukin. XVII-XVIII asrlarga kelib, mahobatli me’morchilikda mintaqaviy me’morchilik maktablari Xorazm, Movarounnahr, Farg‘ona, Toshkent kabilarning o‘ziga xos hususiyatlari kuzatiladi. Bu davrda Buxoro , Xiva, Samarqand, Toshkent, Shahrisabz, Termiz kabi ko‘plab shaharlar o‘rta asrlar an’anaviy tuzilish shakllarini saqlab qoladi. Mamlakatning barcha hududlarida ko‘plab masjid va madrasalar, bozorlar, xonaqolar, karvonsaroylar, rabotlar, hammomlar, sardobalar va boshka me’moriy inshootlar barpo etiladi. Me’moriy inshootlar orasida Buxoroda Abdulazizxon tomonidan bunѐd etilgan madrasani alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Undagi marmar taxtachalar, qimmatbaho koshin bezaklar, nafis, ganchlik gumbazlar, ushbu davr me’morchiligida ham yetakchi an’analar saqlanib qolganligidan dalolat beradi. Shuningdek Buxoroda Ubaydullaxon tomonidan madrasa va masjit, Boqi Muhammadxon tomonidan masjit, Subxonqulixon tomonidan 403 kasalxona (Darush-shifo), Nodir Devonbegi tomonidan masjid va madrasadan iborat me’moriy majmua-Labi Hovuz kabilar bunѐd etilgan. Bu davra Samarqandda ham ko‘plari hozirgi kungacha saqlanib qolgan me’moriy inshootlar barpo etilgan. Xususan, Samarqanddagi yirik mulkdorlardan biri bo‘lgan Yalangto‘shbiyning Registon maydonida bunѐd etgan ikkita yirik madrasasi diqqatga molikdir. Bu inshootlardan biri Ulug‘bek madrasasi ro‘parasidagi Sherdor madrasasi bo‘lib, ular tuzilishi jihatidan bir-biriga o‘xshab ketadi. Madrasaning nomlanishi uning peshtoqiga tasvirlangan ikkita sher tasviri bilan bog‘lik bo‘lib, ushbu madrasaning naqsh va bezaklarida qadimgi Sharq me’morchilik an’analari davom etganligi kuzatiladi. Yalangto‘shbiy tomonidan qurilgan ikkinchi inshoot Tillakori madrasasi ham ashtarxoniylar davridagi me’morchilikning nodir namunalaridan hisoblanadi. Bu madrasa bezatilishida juda ko‘p oltin ishlatilganligi bois ham ―Tillakori‖ (―oltin qadalgan‖)deb nomlangan. U o‘z vaqtida juma masjidi vazifasini ham bajargan. Yalangto‘shbiy qurdirgan ushbu ikkita inshoot Samarqanddagi Registon maydonining yaxlit me’moriy ansabli bo‘lib shakllanadi. Shuningdek, bu davrda Samarqand atrofida Nazr devonbegi madrasasi, Xo‘ja Ahror qabri oldida madrasa, shahardagi Qozi Soqiy madrasasi, Samarqand va Buxoro yo‘lida ko‘plab sardobalar bunѐd etiladi. Bundan tashqari ashtarxoniylar davrida Balxda Nodirmuhammadxon, Subxonqulixon madrasalari , Balx atrofida qator chorbog‘lar saroylari bilan, Balx arkidagi imoratlar, Jome’ masjidi, Hazrati Ali mozoridagi gumbaz, Xivadagi Arab Muhammadxon, Xo‘jamberdi Sherg‘oziyxon madrasalari, Buxoroda Poyandaviy otaliq masjidi, Shodimbek madrasasi, Bozori go‘sfand madrasasi, Qarshida Shermuhammadbiy va Xo‘ja Kurboniy madrasalari, Shahrisabz atrofida Xo‘ja Ilm kon me’moriy majmuasi kabi ko‘plab inshootlar bunѐd etiladi. Ushbu inshootlar bu davrda mamlakatda mavjud bo‘lgan o‘zaro urushlar va murakkab siѐsiy vaziyatga qaramasdan Movarounnahr me’morchiligida azaliy an’analar davom etgaligidan dalolat beradi. Shunday qilib, O‘zbekiston tarixidagi Ashtarxoniylar davri (1601- 1756) boshboshdoklik, o‘zaro kurashlar, mahalliy hokimlarning markazga bo‘ysunmasligi davri bo‘lib, A.Ziѐ ta’biri bilan aytganda, siѐsiy beqarorlik taxminan yuz yil o‘tib sulola inqirozi hamda davlatning uchga bo‘linishi bilan tugadi. Tashqi aloqalar asosan qo‘shni hududlar bilan cheklanib qolib, mamlakat jahon texnikaviy taraqqiѐtida ro‘y beraѐtgan ko‘pgina yangiliklardan chetda qoldi. Shunga qaramasdan madaniy xaѐtning ba’zi sohalarida (me’morchilik, tarixnavislik, adabiy muhit, islom huquki) taraqqiѐt jaraѐnlari kuzatiladi


Ashtarxoniylar hukmdorlari.
1.Boqimuhammad - 1601-1606 yillar
2.Valimuhammad - 1606-1611 yillar
3.Imomqulixon - 1611-1642 yillar
4.Nodir Muhammadxon - 1642-1645 yillar
5.Abdulazizxon - 1645-1681 yillar
6.Subxonqulixon - 1681-1701 yillar
7.Ubaydullaxon - 1702-1711 yillar
8.Abulfayzxon - 1711-1747 yillar
9.Abdulmo‘min - 1747-1758 yillar
10.Ubaydulloh II - 1748-1753 yillar
11.Sherg‘ozi - 1754-1756 yillar
Yüklə 33,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin