Antiseptika. Aseptika. Shikastlanish (jarohatlanish). Reja


Ochiq shikastlanish (jarohatlanish)



Yüklə 19,94 Kb.
səhifə4/4
tarix03.05.2023
ölçüsü19,94 Kb.
#107106
1   2   3   4
ANTISEPTIKA. ASEPTIKA. SHIKASTLANISH (JAROHATLANISH).

Ochiq shikastlanish (jarohatlanish). Teri yoki shilliq pardalar butunligi buzilib, tashqariga qon ketishiga jarohatlanish deyiladi.
Sababi. Kesilish,shilinish,qirilish, sanchilish, chopilish, kuyish, tishlanish, o‘q tegish kabilar.
Jarohat- aseptik (infeksiya tushmagan) va septik (infeksiya tushgan) bo`lishi mumkin.
Belgilari.Jarohatdan qon oqishi, shu sohada og‘riq va shish paydo bo‘lishi, harakatning buzilishi.


Tibbiy yordam.
1. Og`riq qoldirish uchun analgin (baralgin) -1-2 ml, novokain – 2ml muskul orasiga.
2. Qon ketishini to‘xtatish. Buning uchun:
- agar jarohat bosh, yuz, tana, sohalarida bo‘lsa, qon oqayotgan tomir barmoq bilan bosib turiladi (bosishdan oldin barmoqqa sport surtiladi);
- barmoq ustidan shu joyga sovuq suvda namlangan sochiq yoki muzli xaltacha qo‘yiladi;
- agar qon qo‘l-oyoqdan oqayotgan bo‘lsa, tirsak, tizza bo‘g‘imlarini bukish, barmoq bilan qon tomirini bosish, jgut bog‘lash yo‘llari bilan qon oqishini to‘xtatiladi.
3. Qon oqishi to‘xtagach, jarohat qo‘l tekkizilmasdan, toza sovuq suv bilan, so‘ngra margansovka, rivanol, furatsilin eritmalarining birontasi bilan yuviladi.
4. Jarohat atrofiga yod surtiladi.
5. Toza (steril) bog‘lam qo‘yiladi.
6. Suyak singan yoki bo`g`im chiqqan bo‘lsa, immobilizatsiya qilinadi (taxtakach qo‘yib bog‘lanadi).
7. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib, bemor travmatologiya shifoхonasiga yuboriladi. Shifoxonada bemorga mutaxassis shifokor ko‘rsatmasiga asosan qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. Qoida asosida davolash tadbirlari o‘tkaziladi. Belgilari. Bosgan jismning og`irligiga, bosilgan joyining hayotiy muhimligiga ko`ra bemorning ahvoli yengil, o`rtacha yoki og`ir bo`lishi mumkin. Shu soha terisi avval oqaradi, so`ngra qizg`ish-ko`kimtir rangga kiradi. Bir necha soatdan keyin bu joyning terisida ichi suyuqlikka to`lgan pufakchalar hosil bo`ladi. Shikastlangan qo`l-oyoqda shish paydo bo`ladi, harakat buziladi. Bosilishning og`ir turida bemorning umumiy ahvoli og`ir bo`ladi, ya`ni tana harorati 39-40є gacha ko`tariladi, nafas olish, yurak-tomir, buyrak faoliyati buziladi.
Ko`krak qafasi og`ir yuk ostida qolib ezilishi natijasida travmatik asfiksiya (bo`g`ilish) sodir bo`ladi. Bunda nafas olish og`irlashadi, yuz, bo`yin, ko`krak qafasi sohasidagi teri to`q ko`kish rangga kiradi. Ko`z sohasiga qon quyiladi, yuz sohasida shish paydo bo`ladi, yurak yetishmovchiligi paydo bo`ladi, bemor hushini yo`qotishi mumkin.
Tibbiy yordam.
- bemorning oyog`i yoki qo`li og`ir yuk tagida qolgan bo`lsa, yukdan halos qilishdan oldin, shu joydayoq bosilgan oyoq yoki qo`lga rezina jgut qo`yiladi;
- so`ngra, bosilib turgan qo`l yoki oyoqni yukdan halos qilinadi;
- qisib turgan kiyimlar, belbog`, ro`mol, tugma bo`shatiladi;
- bosilgan soha elastik bint bilan bog`lanadi;
- iloji bo`lsa, bemorga kislorod hidlatiladi;
- suyak singan bo`lsa, qo`l-oyoqning shu sohasiga shina qo`yiladi;
- og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin)-1-2 ml, demidrol -1 ml, novokain -3 ml muskul orasiga yuboriladi;
- kofein, kordiamin, kamfora (bittasini) 1-2 ml teri ostiga;
- shokka qarshi choralar ko`riladi (shok mavzusiga qaralsin);
- bemorga ko`p suyuqlik ichiriladi;
- suyak singan bo`lsa, sekinlik bilan singan suyakning ikki tomoniga shina (taxta, kardon) qo`yib bog`lanadi;
- birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.
Bosh miya chayqalishi.
Sabablari. Yiqilish, urilish, transport hodisasi natijasida bosh miya chayqalishi mumkin.
Belgilari. Miya chayqalishining yengil, o`rtacha va og`ir darajalari bo`ladi.
Yengil darajasida odam bir necha minut davomida hushini yo`qotadi. Hushiga kelgach boshi og`riydi, boshi aylanadi, darmonsizlanadi, ko`ngli ayniydi.
O`rtacha darajada hushini yo`qotishi bir necha soatgacha bo`lishi mumkin. Hushiga kelgach xotirasining yo`qolishi (amneziya) kuzatiladi. U bo`lgan hodisani eslamaydi.Qayt qiladi, boshi og`riydi, boshi aylanadi, yurak va tomir urishi sekinlashgan bo`ladi. Nafas olishi sekin, yuzaki, lablari ko`kargan, ranggi oqargan bo`ladi.
Og`ir darajada bemor komatoz holatga tushadi.Ahvoli og`ir bo`ladi, hushini yo`qotishi bir necha soatdan, bir necha kungacha davom etishi mumkin. Ko`z qorachig`i kengaygan bo`lib, u yorug`da torayish, qorong`ida kengayish xususiyatini yo`qotadi. Yurak va tomir urishi kuchsiz, sekinlashgan, nafas yuzaki bo`ladi, reflekslar yo`qoladi, siydigini va axlatini tuta olmaydi. Miya chayqalishidan keyin ancha vaqtgacha bemorning boshi og`riydi, boshi aylanadi, u tik turganida muvozanatini yaxshi saqlay olmaydi, jahldor bo`lib qoladi. Bemor xotirasini uzoq vaqt (oy, yil) yo`qotishi mumkin.
Tibbiy yordam. 1.Bemorning boshini balandroq qilib yotqiziladi.
2.Yurak-tomir faoliyatini yaxshilovchi dorilar:kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) 1-2 ml teri ostiga.
3.Hushiga kelishi uchun ozroq nashatir spirtini paxta (bint) ga tomizib hidlatiladi.
4.Og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin)-1-2 ml, demidrol-1 ml, novokain-3 ml muskul orasiga yuboriladi.
5.Birinchi yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqiriladi;
6.Miya chayqalishining har qanday darajasida ham bemor shifoxonaning reanimatsiya yoki neyroxirurgiya bo`limiga yotqiziladi. Yengil darajasida 10 kun, o`rta og`ir darajasida 20 kun, og`ir darajasida esa 30 kungacha o`rnidan turmay yotishi kerak.
Ochiq shikastlanish yoki jarohatlanish. Teri yoki shilliq pardalar butunligi buzilib, tashqariga qon ketishiga jarohatlanish deyiladi.
Sababi. Kesilish, shilinish, qirilish, sanchilish, chopilish, kuyish, tishlanish, o`q tegish kabilar.
Jarohat- aseptik (infeksiya tushmagan) va septik (infeksiya tushgan) bo`lishi mumkin.
Belgilari.Jarohatdan qon oqishi, shu sohada og`riq va shish paydo bo`lishi, harakat faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
Tibbiy yordam. 1.Qon ketishini to`xtatish. Buning uchun:
a) agar jarohat bosh, yuz, tana, sohalarida bo`lsa, qon oqayotgan tomir barmoq bilan bosib turiladi (bosishdan oldin barmoqqa sport surtiladi);
b) barmoq ustidan shu joyga sovuq suvda namlangan sochiq yoki muzli xaltacha qo`yiladi;
c) agar qon qo`l-oyoqdan oqayotgan bo`lsa, tirsak, tizza bo`g`imlarini bukish, barmoq bilan qon tomirini bosish, jgut bog`lash yo`llari bilan qon oqishini to`xtatiladi.
2.Qon oqishi to`xtagach jarohat qo`l tekkizilmasdan,l toza sovuq suv bilan, so`ngra margansovka, rivanol, furatsilin eritmalarining birontasi bilan yuviladi.
3.Jarohat atrofiga yod surtiladi.
4.Toza (steril) bog`lam qo`yiladi.
5.Suyak singan yoki chiqqan bo`lsa, immobilizatsiya qilinadi (taxtakach qo`yib bog`lanadi).
6.Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib, bemor travmatologiya shifoхonasiga yuboriladi. Shifoxonada bemorga mutaxassis shifokor ko`rsatmasiga asosan qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. Qoida asosida davolash tadbirlari o`tkaziladi.

ASOSIY ADABIYOTLAR.


1. Bemorlarni uyda va shifoxonada parvarish qilish. F.G`. Nazirov. Toshkent-2003.
2. Odam anatomiyasi. E.Qodirov. Toshkent-2003.
3. Anatomiya. A.S.Gusev. Moskva-1970.
4. Hamshiralik ishi asoslari. Q.Inomov. Toshkent-2007.
5. Xirurgiya. A.J.Hamrayev. Toshkent-2002.
6. Xirurgiya va reanimatsiya asoslari. A.J. Hamrayev. Toshkent-2002.
7. Bolalar kasalliklari. A.N.Buraya. Toshkent-1988.
8. Sog`lom va kasal bola parvarishi. A.N.Buraya. Toshkent-1988.
9. Klinikagacha bo`lgan xirurgiya. R.M.Axmedov. Toshkent-2001.
10. Инфекционные болезни. К.В. Бунин. Москва-1980.
11. Первая медицинская помощь в чрезвычайных ситуациях. Э.Икрамов 44 Тошкент – 2003.
12. Курс гражданской защиты. В.Ф.Зубков Тошкент-2004
Yüklə 19,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin