Antiseptika. Aseptika. Shikastlanish (jarohatlanish). Reja



Yüklə 19,94 Kb.
səhifə2/4
tarix03.05.2023
ölçüsü19,94 Kb.
#107106
1   2   3   4
ANTISEPTIKA. ASEPTIKA. SHIKASTLANISH (JAROHATLANISH).

Yopiq shikastlanish teri butunligi buzilmagan holda, uning ostidagi to`qima va a`zolarning zararlanishi.
Yopiq shikastlanishning quyidagi turlari bo`ladi:
1.Lat yeyish.
2.Pay va muskullarning cho‘zilishi.
3.Uzoq vaqt bosilish.
4.Bosh miya chayqalishi.
Lat yeyish - teri butunligi buzilmagan holda to‘qima va a’zolar shikastlanadi. Urilganda, yiqilganda qon va limfa tomirlari yoriladi, to‘qimalarga qon quyilib, gemotoma (shish) hosil bo‘ladi.
Belgilari. Lat yegan joy shishadi, og‘riydi, faoliyati buziladi, ko‘k rangli qontalash (dog‘) hosil bo‘ladi.
Pay va muskullarning cho‘zilishi. Sport mashg‘ulotlari, transport hodisalari, yiqilganda, og‘ir yuk ko‘targanda pay va muskullar cho‘zilishi mumkin.
Belgilari. Shikastlangan sohada kuchli og‘riq, shish, harakatning qiyinlashuvi, bo‘g‘im sohasiga qon quyilishi (gemartroz), shu soha shaklining o‘zgarishi (deformatsiya) kuzatiladi.
Lat yeyish, pay va muskullarni cho‘zilishida tibbiy yordam.
1.Shikastlangan joyga sovuq suvda namlangan sochiq yoki ro‘mol, muzli xaltacha (bittasi) qo‘yiladi.
2.10-20 minutdan so‘ng, uni olib, qisuvchi bog‘lam qo‘yiladi.
3.Og‘riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin), tabletka ichiriladi, yoki muskul orasiga.
4.Travmatologiya yoki jarrohlik bo‘limiga yuboriladi.
Uzoq vaqt bosilish sindromi. Ayrim tana qismlarining uzoq vaqt davomida og`ir yuk ostida bosilib turishi (qisilishi) natijasida, yumshoq to`qimalarning yopiq shikastlanishiga xos belgilar paydo bo`ladi. Bu bosilish yoki ezilish sindromi, deb ataladi. Bunda teri osti yog` to`qimasi, muskullar, tomirlar, nerv tolalari zararlanadi. Uzoq vaqt bosilish natijasida muskullar, yumshoq to`qimalarning qon bilan ta`minlanishi buziladi. Natijada bu to`qimalar nekrozga uchraydi. Nekrozga uchragan, ya`ni chirigan to`qimalar o`zidan zaharli modda (toksin) ajratadi va toksin qonga so`rilib organizmni zaharlaydi. Bunga travmatik toksikoz deyiladi.
Belgilari. Bosgan jismning og‘irligiga, bosilgan joyining hayotiy muhimligiga ko‘ra bemorning ahvoli yengil, o‘rtacha yoki og`ir bo‘lishi mumkin. Shu soha terisi avval oqaradi, so‘ngra qizg‘ish-ko‘kimtir rangga kiradi. Bir necha soatdan keyin bu _oining terisida ichi suyuqlikka to`lgan pufakchalar hosil bo`ladi. Shikastlangan qo`l-oyoqda shish paydo bo`ladi, harakat buziladi. Bosilishning og`ir turida bemorning umumiy ahvoli og`ir bo`ladi, ya`ni tana harorati 39-40° gacha ko‘tariladi, nafas olish, yurak-tomir, buyrak faoliyati buziladi.
Ko`krak qafasi og`ir yuk ostida qolib ezilishi natijasida travmatik asfiksiya (bo`g`ilish) sodir bo`ladi. Bunda nafas olish og`irlashadi, yuz, bo`yin, ko`krak qafasi sohasidagi teri to`q ko`kish rangga kiradi. Ko`z sohasiga qon quyiladi, yuz sohasida shish paydo bo`ladi, yurak yetishmovchiligi paydo bo`ladi, bemor hushini yo`qotishi mumkin.
Tibbiy yordam.
1. Bemorning oyog`i yoki qo`li og`ir yuk tagida qolgan bo`lsa, yukdan halos qilishdan oldin, shu joydayoq bosilgan oyoq yoki qo`lga rezina jgut qo`yiladi.
2. So`ngra, bosilib turgan qo`l yoki oyoqni yukdan halos qilinadi.
3. Qisib turgan kiyimlar, belbog`, ro`mol, tugma bo`shatiladi.
4. Bosilgan soha elastik bint bilan bog`lanadi.
5. Iloji bo`lsa, bemorga kislorod hidlatiladi.
6. Suyak singan bo`lsa, qo`l-oyoqning shu sohasiga shina qo`yiladi.
7. Og`riq qoldiruvchi: analgin (baralgin)-1-2 ml, dimedrol-1 ml, novokain-3 ml bitta shpritda muskul orasiga.
8. Kofein, kordiamin, kamfora (bittasini) 1-2 ml teri ostiga.
9. Shokka qarshi choralar ko`riladi (shok mavzusiga qaralsin).
10. Bemorga ko`p suyuqlik ichiriladi.
11. Suyak singan bo`lsa, sekinlik bilan singan suyakning ikki tomoniga shina (taxta, kardon) qo`yib bog`lanadi.
12. Birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib, bemor travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.

Yüklə 19,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin