Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


Temirning oksidlanish darajasi +6 va +8 bo’lgan birikmalari



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə7/14
tarix09.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#110060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Djurakulova Sarvinoz

Temirning oksidlanish darajasi +6 va +8 bo’lgan birikmalari. Ferrat kislotaning(H2FeO4) tuzlari ma’lum. Bularga bariy ferrat (BaFeO4) kiradi, bu oksidlovchi.
Fe2O3 + 4KOH + 3KNO3 = 2K2FeO4 + 3KNO2 + 2H2O
2 Fe+3 -6e = 2Fe+6 1
N+5 +2 e = N+3 3
K2FeO4-kristall modda, qizil rangga ega .Eruvchanligi jihatidan xromatlar va dixromatlarga o’xshash. Ishqoriy metallarning tuzlari eruvchan,bariy va stronsiy tuzlari esa erimaydi.
Temirga tegishli peroksoferrat kislotasining(H2FeO5)ham tuzlari ma’lum (K2FeO5):
Fe2O3 + 5KNO3 + 4KOH = K2FeO5 + 5KNO2 + 2H2O
3Fe2O3 + 5KClO3 + 12KOH = 6K2FeO5+ 5KCl + 6H2O
Temir(III) birikmalariga sariq qon tuzi ta’sir ettirilsa Berlin zangorisi cho’kmasi(ko’k bo’yoq) hosil bo’ladi:
2Fe2(SO4)3+3K4[Fe(CN)6]=Fe4[Fe(CN)6]3+6K2SO4
Fe(III) birikmalariga kaliy rodanid ta’sir ettirilsa ham, toq qizil cho’kma hosil qilib u qonga o’xshash rangga ega:
FeCl3+3KCNS=Fe(CNS)3+3KCl
Yuqorodagi ikki reaksiya Fe3+ ionlari uchun sifat reaksiya hisoblanadi.
Temirning juda ko’p kompleks birikmalari ma’lum.
Bularga kaliy gesasianoferrat(II) K4[Fe(CN)6], sariq qon tuzi, yoki kaliy geksasianoferrat(III) K3[Fe(CN)6 ]– qizil qon tuzi, [Fe(NH3)6]Cl3 geksaammintemir (III) xloridlar misol bo’ladi.
Ferrosen (35 rasm) 171 oС da suyuqlanadigan, 249oС da qaynaydigan sariq rangli kristall modda. Uning formulasi [Fe(C2H5)2] , metal atomi o’rtada, ikki chekkasida ikkita C2H5 radikali joylashgan. Ferrosen molekulasining elektronlari soni 18 taga etadi. Ularning 8 tasi temirga, 10 tasi C2H5 radikaliga tegishli. Bu komplekslar sendvich strukturali komplekslar qatoriga kiradi.



rasm. Ferrosen molekulasining tuzilishi.

Biologik jarayonlarda tarkibida temir tutgan oqsillar katta ahamiyatga ega. Bularga gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, katalaza va peroksidaza kiradi. Gemoglobin eritrotsitlarning asosiy qismi hisoblanadi. U o’pkadagi to’qimalarga kislorod etkazib berib, kislorod tashuvchi bo’lib, yana tashqi nafas olishni ham ta’minlaydi. Mioglobin, sitoxrom va katalaza esa hujayralarning nafas olishini ta’minlaydi. Yuqoridagi oqsillarning har biri oqsil qismdan va u bilan bog’langan aktiv markazlardan tashkil topgan.


Aktiv markazlar makrotsiklik kompleks birikma gem(36- rasm) hisoblanadi(gem grekcha “gema” qon degani). Bu komplekslarda makrosiklik ligand sifatida tetradentant birikma porfirin ishtirok etadi. Kompleks markazida temir joylasgan bo’lib, kvadran uchlarida donor atom azot joylashgan. Umuman kompleks oktaedrik konfiguratsiyaga ega hisoblanadi. Beshinchi orbital esa azot atomi orqali aminkilota (gistidin) bilan bog’langan. Oltinchi orbital bo’sh va u past molekulali liganlarni bog’lashi mumkin(masalan, O2, H2O2, CO, CN- va boshqalar).
Gemoglobin va unga o’xshash metallokomplekslarning xossalari ba’zi zaharli moddalar, masalan, CO (is gazi) va sianidlar ta’sirida keskin o’zgarishi mumkin. Shuning uchun ham havo tarkibiga aralashgan CO gemoglobin bilan karbonilgemoglobin hosil qilishi tufayli organlarga kislorod etib borishi keskin kamayadi. Buning ustiga CO ning kompleks hosil qobiliyati kisloroddan ko’ra o’lab marta yuqori.

rasm. Gemoglobinning tuzilishi.


Ana shu tufayli havoda juda oz kislorod bo’lsa ham I gipoksiyaga, yani kislorod etishmasligiga olib keladi. CO bilan zaharlanishni oldini olish uchun bemorni tezda toza havoga olib chiqish kerak. Shunda muvozanat oksigemoglobin hosil bo’lishi tarafiga qarab suriladi.





Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin