Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə5/14
tarix09.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#110060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Djurakulova Sarvinoz

Fe+2 birikmalari. FeO oson oksidlanadigan qoramtir tusli kukun. U temirning birikmalarini parchalab olinadi:
FeCO3 = FeO + CO2
FeSiO3 = FeO + SiO2
Temir (II) gidroksidini olish uchun:
FeSO4 + 2NaOH = Fe(OH)2¯ + Na2SO4
Fe(OH)2 och ko’kimtir rangli kukun, u havoda tez qorayadi, va oxiri qo’ng’ir rangli temir (III) gidroksidga aylanadi:
4Fe(OH)2¯+2H2O+O2= 4Fe(OH)3¯
Temir (II) tuzlari oson gidrolizga uchraydi. NaOH va qizil qon tuzi Fe2+ ionini ochish uchun ishlatiladi:
FeCl2+K3[Fe(CN)6]=KFe[Fe(CN)6]  +2KCl
Hosil bo’lgan tuz turnbul ko’ki deyiladi.
2FeSO4 + 2H2O = (FeOH)2SO4 + H2SO4
Temir kuporosi FeSO4*7H2O.
Temir sulfatni suvli eritmalari qaytaruvchi sifatida ishlatiladi.
6FeSO4 + 2HNO3 + 3H2SO4 = 3Fe2(SO4)3 + 2NO + 4H2O
10FeSO4 + 2KMnO4 + 8H2SO4 = 5Fe2(SO4)3 + 2MnSO4 + 8H2O + K2SO4
Labatoriyada Mor tuzi ko’p qo’llaniladi: (NH4)2SO4*FeSO4.Temir(II) deyarli barcha kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi. Eritmalardan bug’latilganda FeSO4*7H2O (temir kuporosi), Fe(NO3)2*6H2O, FeBr2*6H2O, Fe(ClO4)2*6H2O kabi kristallogidratlar hosil bo’ladi. Eritmada [Fe(H2O)62+] akva kompleks barqaror.
Yomon eriydigan tuzlarga FeS-qora rangli, FeCO3-oq rangli kiradi.
FeSO4 zaharli gazlarni ushlab qolish uchun ishlatiladi. Temirning (II) valentli ko’p tuzlari ma’lum.Fe 2+ uchun koordinatsion son 6 xarakterli. [Fe(H2O)62+]; [FeF6]4- va boshqa ko’p komplekslar ham ma’lum.Ularni ichida K4[Fe(CN)6]-sariq qon tuzi ko’p ishlatiladi.
Temirning anion kompleksi-ferratlar beqaror birikmalardir. Ular ko’proq qo’sh tuzlarga o’xshaydi. Masalan, Me2[FeCl4], Me2[Fe(CNS)4]. Suvsiz muhitda va qaytaruvchilar ishtirokida Fe(OH)2 ni konsentrlangan ishqorlarda qaynatib yashil rangli -Na4[Fe(OH)6] va Ba2[Fe(OH)6] olingan. Gidroksiferratlar (II) suvli muhitda tez buziladi.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin