Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti


I-BОB. VIII B gurux elementlari va ularni qurilishda ishlatilishi



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə2/14
tarix09.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#110060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Djurakulova Sarvinoz

I-BОB. VIII B gurux elementlari va ularni qurilishda ishlatilishi.
1.1- Davriy sistemaning VIII-B gurux elementlari (Fe, Co va Ni misolida). Umumiy tushuncha. Tabiatda uchrashi, kimyoviy xossalari, va ular birikmalarining qurilish soxasida ishlatilishi
VIII B guruh elementlari tarkibiga uchta uchlik elementlari kiradi. Birinchi uchlik temir, kobalt va nikel kirib, ikkinchi uchlik ruteniy, rodiy va palladiy kiradi. Uchinchi uchlik elementlari bo’lsa o’z tarkibiga osmiy, iridiy va platinani oladi. Bulardan Fe, Co, Ni temir oilasini, qolganlarini platina metallari deyish mumkin.
Bu guruh elementlarining tashqi qavatida ikkitadan elektron bor. Tashqaridan ikkinchi qavatda esa 5 tadan 10 tagacha elektron bo’lib ularning almashinishda eng ko’pi bilan 8 ta elekron ishtirok etadi. Barcha elementlarning d orbitallari to’lmagan, faqat Pd da d- orbitallari elektronlarga to’lgan hisoblanadi. Pd da elektron qulashi sodir bo’lgan (5s dan elektronlar 4d ga o’tgan). Bu guruhchada gorizontal o’xshashlik nihoyatda kuchli.

Fe 3d54s2

Co 3d64s2

Ni 3d74s2

Re 4d75s1
Os 4f145d66s2

Rh 4d85s1
Ir 4f145d76s2

Pd 4d105s0
Pt 4f145d96s1

VIII B guruh elementlari ichida temir, kobalt va nikelning xossalarida o’xshashlik kuzatiladi. Bu metallarning asosiy kattaliklari jadvalda keltirilgan.


Bu elementlarning 3d-elektronlari yadro bilan ancha mustahkam bog’langan. Shu sababli bu elementlarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan birikmalari beqarordir. Bu elementlar oksidlari MeO, Me2O3, gidroksidlari Me(OH)2 va Me(OH)3 formulaga ega. Temirning +3, kobalt va nikelning esa +2 birikmalari barqarorroq.

jadval. Temir oilasi elementlarining asosiy kattaliklari



Asosiy kattaliklar

Temir

Kobalt

Nikel

Suyuql. harorati,oS
Zichligi,g/sm3
Atom massa
Elektron formulasi
Atom radusi, nm
Ionlanish energiyasi
MMe2+
Yer po’stlog’ida tarqalishi,mol qism



1539
7,87
55,847
3d64s2
0,126

7,893

2,0


1492
8,84
58,933
3d74s2
0,125

7,87

1,5*10-3


1455
8,91
58,71
3d84s2
0,124

7,635



3,2*10-3






Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin