Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə9/14
tarix09.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#110060
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Djurakulova Sarvinoz

Tabiatda uchrashi.Tabiatda kobalt yaltirog’i - CoAs2S2 smolatit minerali holida va CoAs-millerit holatida uchraydi. Bundan tashqari NiAsS-nikel yaltirog’i holida va NiS- millerit ham uchraydi. CoO,Co2O3 va Co3O4 larni uglerod, uglerod(II) oksidi, alyuminiy, kremniy hatto vodorod bilan qaytarib kobalt olinadi.
Kobalt tabiatda birgina izotop holatida uchraydi:2759Co (100%). Kobaltning radiaktiv izotopi 2760Co tibbiyotda saraton kasalligiga qarshi kurashda ishlatiladi. Uning yarim yemirilish davri 5,24 yilga teng.
Tashqi ko’rinishi jihatidan temirga o’xshash, yaltiroq, kul rang metall. Kobalt yaxshi cho’ziladi va bolg’alanadi. U temirga qaraganda qattiq va mo’rt. Vodorodni o’ziga oson yutadi. CoH2 hosil qiladi. Qizdirilganda oson oksidlanib 10000 S da kobalt (II) va (III) oksidini hosil qiladi.
2Co + O2 = 2CoO
4Co + 3O2 = 2Co2O3
CoO + Co2O3 = Co3O4
Nam ishtirokida S, Cl, selen, fosfor, mishyak reaksiyaga kirishmaydi.
Co + S = CoS Co + Cl2 = CoCl2
Yuqori haroratda As(CoAs2) va Si bilan (Co2Si dan CoSi gacha) C bilan (Co3C) karbidlar hosil qiladi.
Kobalt mineral kislotalarda yomon eriydi. Kobalt yuqori konsentrasiyali sovuq nitrat kislota bilan passivlashadi. Konsentrlangan nitrat va sulfat kislota, zar suvi kobalt va nikelni (II) valentli holatga o’tkazadi.
Kobalt is gazi bilan ta’sirlashib pentakarbonilkobalt hosil qiladi:
Co + 4CO =[C o(CO)4]
Kobalt asosan issiqqa chidamli va pishiq materiallar olishda ishlatiladi.
Kobalt(II) gidroksidi uning tuzlariga ishqorlar ta’sir ettirilganda hosil bo’ladi:
CoCl2 + 2NaOH = Co(OH)2¯ + 2NaCl
ko’k pushti rangli
Qizdirilganda gidroksiddan kobalt oksidi hosil bo’ladi:
Co(OH)2 = CoO+ H2O
Co(OH)2 havoda qiyinchilik bilan oksidlanadi. NaClO oksidlanishni tezlashtiradi.
2Co(OH)2 + NaClO + H2O = 2Co(OH)3¯ + NaCl
Co(OH)3 qora tusli asos xossali modda. Co(OH)3 ga kislorod saqlovchi kislotalar qo’shilganda kobalt (III) tuzlari hosil bo’lmaydi, balki kobaltning (II) valentli tuzlari hosil bo’ladi.
4Co(OH)3 + 4H2SO4 = 4CoSO4 + O2 + 10H2O
2Co(OH)3 + 6HCl = 2CoCl2 + 6H2O + Cl2
Eritmada [Co(H2O)6]2+ qizgish rangli. Kompleks birikmalar asosida Fisher reaktivi ma’lum:
3Co(NO3)2 + 4CH3COOH + 18NaNO2 =
= 3Na3[Co(NO2)6] + NO + 4CH3COONa + 5NaNO3 + 2H2O




Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin