Andijon mashinasozlik instituti


takrorlanishi  yuz  beradi



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58
falsafa


takrorlanishi  yuz  beradi.  Avvalgi  holatlarga  qaytish  imkoniyati,  ya‘ni  o‘tilgan  holatlarning  ayrim  xossalari 
rivojlanishning yuqoriroq bosqichida takrorlanishi bilish va tarixning rivojlanishini tushunish uchun o‘z ahamiyatini 
saqlab qoladi.  
Demak,  inkor  rivojlanish  yangi  sifat  paydobo‘lishiga  olib  keladigan  aniq  yo‘naltirilgan,  qaytmas  o‘zgarish 
sifatida  tavsiflanadi.  SHaklan  rivojlanish  bir  chiziqli  ham,  aylanma  ham  emas,  balki  rang-barangroq  va 
murakkabroq, chunonchi: bir chiziqli va ko‘p chiziqli, to‘g‘ri chiziqli va zigzagsimon, umumiy va xususiy, uyg‘un va 
nouyg‘undir
Yo‟nalish  jihatidan  rivojlanish  progressiv  va  regressiv  bo‘lishi  mumkin.  Rivojlanish  tizim  ayrim 
elementlarining tanazzuli bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Butun tizim tanazzulga uchrashi, uning ayrim elementlari 
esa taraqqiy etishi mumkin emas. Ob‘ektga nisbatan tashqi kuchlar ta‘sirida yuz berishi mumkin bo‘lgan harakatdan 
farqli  o‘laroq,  rivojlanish  o‘z-o‘zidan  harakat,  ichki  jarayon  bo‘lib,  ziddiyat,  bir-birini  istisno  etuvchi  tomonlar, 
tendentsiyalar uning manbai hisoblanadi.  
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Gegel falsafasida rivojlanish tushunchasi inkor va inkorni-inkor kategoriyalarida 
yoritiladi.  Mazkur  terminologiya  mutafakkirning  mantiq  tizimi  negiziga  aylantirilgan  ob‘ektiv-idealistik  falsafasi 
kontekstida tasodifiy bir hol emas. Avval «inkor» kategoriyasining mazmunini aniqlaymiz. Inkor nima? Unga ikki 
xil – metafizik va dialektik munosabat mavjud. 
Metafizik  «inkor»  asosiy  e‘tiborni  eskining  yo‘q  bo‘lishiga  qaratadi,  yangining  saqlanishi  va  uni  yaratish 
jarayonlarini  deyarli  e‘tiborga  olmaydi.  SHunday  qilib,  metafizik  inkor  -  inkor  qilish  rad  etish,  yo‘q  qilishni 
anglatadi. 
Dialektik  inkor  eski  sifatdan  yangi  sifatga  o‟tish  bo‟lib,  bunda  eski  sifatning  muayyan  tomonlari, 
mazmuni va funksiyasining elementlari o‟zgargan ko‟rinishda yangi sifatga o‟tadi. Dialektik inkor – bu narsani 
butunlay yo‘q qilish emas, balki eski sifatning ba‘zi bir jihatlarini saqlagan va o‘zgartirgan holda uni yangi narsaga 
aylantirishdir. U  yangi va eski sifat o‘rtasida aloqa  mavjudligidan dalolat beradi.  Dialektik inkor uch muhim jihat 
bilan tavsiflanadi:  
1) eskini vayron qilish, buzish; 
2) eskining elementlarini saqlash (vorisiylik); 
3) yangini yaratish, tuzish.  
Biz  inkor  kategoriyasi  metafizik  va  dialektik  talqinining  mohiyatini  aniqladik.  Endi  qo‘sh  inkor  nimadan 
iborat ekanligini ko‘rib chiqamiz.  
«Inkorni-inkor»  shuni  qayd  etadiki,  rivojlanish  jarayoni  eski  sifatni  inkor  qilishdan  boshlanadi,  uni  esa 
oradan  ma‘lum  zamon  o‘tgach  yangi  sifat  inkor  etadi.  Ammo  rivojlanish  qanday  yuz  beradi?  To‘g‘ri  (yuksalib 
boruvchi) chiziq bo‘ylabmi yoki egri chiziq bo‘ylabmi? Bu masala quruq ga‘ emas, balki u muhim ahamiyatga ega. 
CHunki rivojlanish jarayonida eski va yangining aloqasi bo‘lmaganda, vorisiylik ham bo‘lmasdi, eski butunlay yo‘q 
bo‘lar,  rivojlanishni  grafik  ko‘rinishda  yangi  eskidan  farq  qiladigan,  eski  esa  yangida  takrorlanmaydigan  to‘g‘ri 
(yuksalib  boruvchi)  chiziq  sifatida  tasvirlash  mumkin  bo‘lardi.  Biroq  amalda  yangida  eski  saqlanadi,  uning 
elementlari  yangida  takrorlanadi.  Ammo  bu  takrorlanish  yuqoriroq  darajada  yuz  beradi.  Eskining  jihatlari, 
elementlari  yuqoriroq asosda takrorlanishi biz  muhokama qilayotgan qonunning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. 
Bundan  qonunning  boshqa  bir  xususiyati  kelib  chiqadi.  Hamonki  eskining  oliy  asosda  qaytarilishi  mavjud  ekan, 
rivojlanish  to‘g‘ri  chiziq  bo‘ylab  emas,  balki  spiralsimon  chiziq  bo‘ylab  yuz  berishi,  sikldan-siklga  eskiga 
yaqinlashishi (chunki takrorlanib turishlik mavjud) va undan uzoqlashib borishi (chunki bu yangi) ayon bo‘ladi.  
Nima uchun bu takrorlanib turishlik muqarrar? 
Gap shundaki, inkor ziddiyat  bilan uzviy bog‘liq, u mazkur ziddiyatning yechilishi bilan belgilanadi. O‘ziga 
xos  ziddiyat  bilan  vujudga  kelgan  har  qanday  yangi  narsani  olaylik.  Ziddiyatning  rivojlanish  jarayonida  narsa 
o‘zining  qarama-qarshiligiga  aylanadi.  Ammo  inkorning  mazkur  bosqichida  dastlabki  narsada  mujassamlashgan 

ziddiyat faqat qisman yechiladi. Bu to‘liqsizlik narsa o‘zini inkor qilishda davom etishini belgilaydi. Birinchi inkor 
o‘rniga  ikkinchi  inkor  keladi  va  ikkinchi  narsaga  qarama-qarshi  bo‘lgan  yangi,  uchinchi  narsa  vujudga  keladi,  u 
ikkinchi narsaning inkori, ya‘ni birinchi narsaning inkorining inkori hisoblanadi. Ikkinchi inkor bosqichida birinchi 
narsaga xos bo‘lgan ziddiyat to‘la yechiladi.  
Qo‘sh  inkor  natijasida,  dastlabki  nuqtaga  qaytilishi  bilan  rivojlanishning  yuqoriroq  darajasiga  erishiladi, 
rivojlanishning boshlang‘ich, lekin boyitilgan shakli tiklanadi. Rivojlanish chizig‘i go‘yo «spiral o‘rami» aylanasini 
tashkil  etadi,  lekin  uning  boshi  oxiri  bilan  tutashmaydi.  SHunday  qilib,  rivojlanish  harakatning  bosqichma-
bosqichligi  va  siklliligi  jihatlarini  o‘zida  birlashtiradi.  Bu  qoida  ham  umumiy  ahamiyat  kasb  etadi.  U  atrof 
borliqning  barcha  narsalari  va  hodisalariga  nisbatan  o‘rinli,  ya‘ni  dialektika  qonuni  kuchiga  ega.  U  quyidagicha 
ta‘riflanadi.  
Inkorni-inkor  qonuni  –  bu  shunday  bir  qonunki,  unga  muvofiq  rivojlanish  jarayoni  yangining  eskini 
dialektik inkor etishlari cheksiz zanjiridan iborat bo‟ladi, bunda rivojlanish avvalgi bosqichlarining barcha 
muhim  jihatlari  yangida  saqlanadi  va  umuman  bu  jarayon  hujumkor,  yuksalib  boruvchi  yo‟nalishga  ega 
bo‟ladi.  Ayni  vaqtda  rivojlanish  jarayonida  uning  oliy  bosqichlarida  avvalgi  bosqichlarning  ayrim  jihatlari  va 
tomonlari  sifat  jihatidan  yangicha  asosda  takrorlanadi  va  ayni  hol  to‘g‘ri  chiziq,  tutash  doira  bo‘ylab  emas,  balki 
s‘iralga  yaqinlashuvchi  egri  chiziq  bo‘ylab  yuksalishni  belgilaydi.  Harakatning  spiralsimonligi  rivojlanishning 
siklliligini aks ettiradi.  
Dialektikaning  asosiy  qonunlari  yagona  rivojlanish  jarayonining  turli  jihatlarini  tavsiflab,  alohida-alohida 
emas,  balki  uzviy  dialektik  birlikda  amal  qiladi.  Masalan,  miqdor  o‘zgarishlarining  sifat  o‘zgarishlariga  o‘tishi  va 
buning aksi ziddiyatni ham, dialektik inkorni ham o‘z ichiga oladi. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi miqdor-
sifat  munosabatlarini  va  inkorni-inkorni  o‘z  ichiga  oladi.  Xuddi  shuningdek  inkor  jarayonida  yagonaning  eski  va 
yangiga  ikkilanishi,  ularning  o‘rtasida  qarama-qarshilik, shuningdek  miqdor o‘zgarishlarining  sifat  o‘zgarishlariga 
o‘tishi yuz beradi. Boshqacha qilib aytganda, moddiy dunyoning yagonaligi qonunlar amal qilishining umumiyligini 
nazarda tutadi. Ammo shuni e‘tiborga olish lozimki, dialektika qonunlari bir vaqtda amal qilganda, ularning har biri 
nisbatan  mustaqil  bo‘ladi,  zero  rivojlanish  mohiyatining  muayyan  jihatini  (manba,  mexanizm,  yo‘nalish)  aks 
ettiradi.  Rivoshlanishning  zaruriy  sharti  sifatida  tavsiflanadi:  o‘z  mavjudligining  avvalgi  shakllarini  inkor 
etmaydigan  rivojlanish  bo‘lishi  mumkin  emas.  Inkor  harakatida  rivojlanishga  monelik  qiladigan  narsalarning  rad 
etilishi,  yo‘q  qilinishi  yuz  beradi.  Umuman  olganda  inkor  –  ob‘ektiv  jarayon.  Masalan,  hozirgi  zamon  fani 
ma‘lumotlariga ko‘ra, kengayib borayotgan plazmani yo‘q qilib tashlagan Katta portlashsiz biz yashayotgan Olam, 
uning galaktikalari, yulduzlari va sayyoralari  ham, inson ham bo‘lmas edi. Ammo inkorni sof yo‘q bo‘lish sifatida 
talqin qilishdan ehtiyot bo‘lish lozimligini Gegel ham, boshqa faylasuflar ham qayd etadi. Bunday inkor «behuda», 
metafizik inkor deb e‘tirof etiladi. U tabiatda ham, jamiyatda ham mavjud. Lekin oddiy yo‘q bo‘lish jamiyatni ortga 
uloqtirib tashlaydi, xolos. Vaholanki, tarix kultepasida jo‘yali bir narsa yuzaga kelishi mushkul.  
Dialektik  inkor  rivojlanish  omili  hisoblanadi,  chunki  u  bartaraf  etishni  o‘z  ichiga  oladi.  Gegel  fikricha, 
bartaraf  etish  «ikki  xil  ma‘no  kasb  etadi:  u  asrash,  saqlab  qolishni  va  ayni  vaqtda  to‘xtatish,  chek  qo‘yishni 
anglatadi»
56
. Gegel talqinida inkor rivojlanish omili sifatida  yashash qobiliyatini yo‘qotgan narsani yo‘q qilish va 
erishilgan  rivojlanishni  saqlashni  nazarda  tutadi.  Masalan,  A.Eynshteyn  yangi  va  eski  nazariyalarning  o‘zaro 
nisbatini shunday tavsiflaydi: «Yangi nazariya... eski nazariya yutuqlarini chetga chiqarib tashlaydi, deb hisoblash 
to‘g‘ri bo‘lmaydi. yangi nazariya eski nazariyaning afzalliklarini ham, kamchiliklarini ham namoyon etadi va bizga 
eski  tushunchalarga  teranroq  nuqtayi  nazardan  baho  berish  uchun  imkoniyat  yaratadi...  Biz  eski  nazariya  o‘rinli 
bo‘lgan  sohada  faktlar  o‘rganilayotganda  har  safar  undan  foydalanishimiz  mumkin»
57
.  Ammo  har  qanday  hodisa 
yaxlit  bo‘lgani  bois,  bartaraf  etish  haqidagi  masalaning  qo‘yilishi  abstrakt  xususiyat  kasb  etadi.  XIX  asr  falsafiy 
ta‘limotlarida  bartaraf  etishning  tabiat  va  tarixdagi  ko‘rinishlarini  erishilgan  rivojlanishni  o‘zgartirilgan  holda 
saqlash sifatida yoritib, bu tushunchani to‘ldiradi. yangilik va eskilikning ichki ziddiyatlariga chek qo‘yish sifatidagi 
o‘z-o‘zini  inkor  dialektik  inkorning  muhim  xususiyati  bo‘lib,  bu  rivojlanishning  hujumkorligini  belgilaydi.  Bu 
qonun dialektikaning boshqa qonunlarini umumlashtiradi, ularni sintez qiladi. 
Kategoriya tushunchasi va ularning turlari.  Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday 
fikrlashimiz  va  o‘z  fikrlarimizni  boshqa  odamlarga  qanday  yetkazishimizni  ko‘rib  chiqamiz.  Biz  tushunchalar, 
mulohazalar  va  mushohadalar  ko‘rinishida  fikrlaymiz.  Fikrlash  jarayonining  asosiy  materiali  tushunchalar  bo‘lib, 
predmet lar o‘z umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar 
ma‘nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, 
shu  sababli  bizning  dunyoni  tushunishimiz,  dunyoga  ongli  munosabatimiz  inson  ixtiyorida  mavjud  bo‘lgan 
tushunchalar apparati bilan belgilanadi.  Biz  o‘z  fikrlarimizni so‘zlar  yordamida  ifodalaymiz.  So‘z  –  fikr va dunyo 
o‘rtasidagi  vositachi.  U  fikrlash  omili,  fikrni  ifodalash,  uni  boshqalarga  yetkazish  vositasi  hisoblanadi.  So‘z 
boyligimiz  qancha  katta  bo‘lsa,  bizning  dunyoni  anglash  borasidagi  imkoniyatlarimiz  shuncha  keng  bo‘ladi. 
Ob‘ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, 
tushunchalarning  muayyan  doirasini  yaratadi.  Tushuncha  –  bu  shunday  bir  fikrki,  unda  narsaning  takrorlanuvchi 
xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», 
«auditoriya»  so‘zlari  ma‘lum  darajada  umumiy,  abstraktdir.  Ammo  shunday  tushunchalar  ham  borki,  ularda 
                                                 
56
 Гегел Г.В. Соcъ. Т. 5. – М.: 1997. – С.99. 
57
 Эйнщтейн А., Инфелд Л. эволутси физики. – М.: 1956. – С.156. 

shunchaki  umumiy  emas,  balki  o‘ta  umumiy  narsalar  va  hodisalar  qayd  etiladi.  Bunday  tushunchalar  juda  yuqori 
darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.  
Mana  bunday  mavhumlashtirishning  taxminiy  yo‘li:  «bu  atirgul»  («bu»  so‘zi  bilan  aniq  belgilangan); 
«atirgul»  (bu  yerda  «bu»  ishorasi  mavhumlashtirilgan);  «atirgul»  so‘zi  «bu  atirgul»  iborasidagidan  umumiyroq 
narsani qayd etadi. SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab 
oladi.  SHunday  qilib  biz  gullarning  muayyan  rang-barangligidan  fikran  uzoqlashamiz,  chunki  e‘tibor  barcha 
gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va 
yanada  kengroq  abstraktsiya  hisoblanadi.  Mavhumlashtirish  (muayyandan  uzoqlashish)  yo‘lida  harakatni  davom 
ettiramiz. Bu yo‘lda  «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki 
hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida 
turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – asos, umumiy baho) deb ataladi. 
Fikr  bizning  dunyo  bilan  o‘zaro  aloqa  qilish  tajribamizni  u  yoki  bu  darajada  umumlashtiradi.  Dunyo  o‘z 
xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz 
o‘zimiz  yashayotgan  dunyodan  qashshoqroqdir.  Fanda  yangi  kashf  etilgan  hodisalarni  ifodalash  uchun  mos 
keladigan  atamani  to‘ish  zaruriyati  tez-tez  yuzaga  kelishi  tasodifiy  hol  emas.  Bizning  dunyo  haqidagi 
tasavvurlarimizni ifodalovchi so‘zlarning ma‘no boyligi qancha aniq bo‘lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq bo‘ladi, 
bizning tushunchalar a‘‘aratimiz qancha keng bo‘lsa, fikrlash qobiliyatimiz shuncha komilroq bo‘ladi.  
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Ammo uning hajmi, 
ya‘ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga 
kelgan  tilida  odamlar  kundalik  hayoti  va  faoliyatining  tajribasi  qayd  etiladigan  va  anglab  yetiladigan  tushunchalar 
mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til so‘z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan 
va  falsafaning  rivojlanishi  alohida  maqomga  ega  bo‘lgan  va  bilish  jarayonida  maxsus  funksiyalarni  bajaradigan 
tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi.  
Kategoriya (yunon. kategoria – ta‘rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning 
muhim, ti‘ik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. SHunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va 
falsafa  kategoriyalari  bilan  tinimsiz  boyib  boradi.  Kategoriyalarni  tasniflash,  borliqning  turli  shakllari  haqidagi 
falsafiy tasavvurlarga  muvofiq amalga oshiriladi. Odatda  fan  kategoriyalari,  xususiy-ilmiy  kategoriyalar  va  falsafa 
kategoriyalari farqlanadi.  
Fan  va  falsafa  kategoriyalarining  tasnifi.  Tabiiy  tildan  farqli  o‘laroq,  fan  tushunchalari  va  kategoriyalari 
atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya‘ni erkin talqinga yo‘l qo‘ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega 
bo‘ladi.  
Har  qanday  fan  borliqning  muayyan  tomonlarini  o‘rganar  ekan,  albatta  o‘z  kategoriyalar  a‘‘aratini 
shakllantiradi.  Matematika  «son»,  «differentsial»,  «integral»  kabi  kategoriyalar  bilan  bog‘liq.  Biologiyada  «tur», 
«irsiyat»,  «o‘zgaruvchanlik»  kabi  kategoriyalar  mavjud.  Ammo,  muayyan  fanlarning  kategoriyalari  ma‘lum 
darajada umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‘lgan aloqalar 
va munosabatlarni aks ettiradi 
Xususiy  ilmiy  kategoriyalar  alohida  olingan  xususiy  ilmiy  anlarda  qo‘llaniladigan,  mohiyat  nuqtayi 
nazaridan  boshqa  fanlarda  qo‘llanilishi  mumkin  bo‘lmagan  kategoriyalardir.  Masalan,  fizika,  kimyo  geologiya, 
geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega 
Falsafiy  kategoriyalar  fan  kategoriyalaridan  butunlay  farq  qiladi.  Falsafiy  kategoriyalarning  muhim 
xususiyati,  ular  o‘ta  keng  tushunchalar  ekanligidir.  Ayni  shu  sababli  falsafiy  kategoriyalar  hech  qachon  hajman 
cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas. 
Tushunchalar  sifatida  kategoriyalar  fikrlashning  zaruriy  shakllari  hisoblanadi.  O‘ta  keng  tushunchalar 
sifatida  ular  universal  qo‘llanish  va  butun  olamni  tavsiflashga  da‘vogar  bo‘lishi  mumkin.  SHu  boisdan  falsafiy 
kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh 
vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va 
vositasi  sifatida  amal  qiladi.  SHuningdek  falsafiy  kategoriyalar  insonning  turli  hodisalarni  bilish  va  o‘zlashtirish 
usuli  sifatida  ham  instrumental  funksiyani  bajaradi.  Falsafiy  kategoriyalar  ilmiy  bilishning  muayyan 
metodologiyasini,  umuman  borliqni,  ayniqsa  inson  borlig‘ini  tushunish  me‘yorlarini  yaratish  orqali  normativ 
funksiyani  ham  bajaradi.  Kategoriyalarning  ahamiyati  va  universalligi  shu  bilan  belgilanadiki,  bilish  natijalari 
muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy 
qismi hisoblanadi. Zero fan ob‘ekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin.  
Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish predmet ining o‘ziga xosligini va falsafiy 
tafakkur xususiyatlarini aks ettiruvchi kategoriyalar tizimi mavjud. Ularni mazmunan talqin qilish dunyoqarashning 
shakllanish  jarayoni  bilan  uzviy  bog‘liq  bo‘lib,  fan,  falsafa  va  umuman  ma‘naviy  madaniyatning  rivojlanishiga 
qarab  o‘zgarib  boradi.  Falsafiy  kategoriyalar  tarkibi  ham  kengayadi.  Fanning  aksariyat  kategoriyalari  falsafiy 
maqom  kasb  etadi.  Ilgari  mavjud  bo‘lmagan  yangi  jarayonlar  va  hodisalar  vujudga  kelishi  bilan  bog‘liq  ijtimoiy 
rivojlanish  tegishli  tarzda  falsafiy  idrok  etiladiki,  bu  falsafaning  tushunchalar  apparatini  yanada  boyitadi.  Falsafiy 
tushunchalar  va  kategoriyalar  bilan  ish  ko‘rish  mahoratini  o‘zlashtirish  talabaning  falsafiy  madaniyatini,  umuman 
fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.  
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida 
fikrlash  uchun  qo‘llaniladigan  o‘ta  keng  tushunchalar  majmuidir.  Falsafiy  kategoriyalar  tizimida  shartli  ravishda 
uch muhim guruhni farqlash mumkin.  

1.  Falsafiy  kategoriyalarning  birinchi  va  eng  muhim  guruhi  –  har  qanday  falsafiy  muammolarni  tahlil 
qilishda  qo‘llaniladigan  umumiy  kategoriyalar,  ya‘ni  borliq  kategoriyalaridir  (falsafiy  adabiyotlarda  bu 
kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan). 
2.  Ikkinchi  guruhni  falsafaning  turli  bo‘limlariga  tegishli  bo‘lgan  maxsus  kategoriyalar  tashkil  etadi
Masalan, ontologiya borliq va yo‘qlik, substantsiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, zamon, harakat kabi 
kategoriyalar  mazmunini  aniqlaydi  va  muayyan  tarzda  talqin  qiladi.  Naturfalsafa,  gnoseologiya,  antro‘ologiya, 
praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z kategoriyalar a‘‘aratiga egadir.  
3.  Uchinchi  guruhni  maxsus  falsafiy  fanlar:  mantiq,  axloq  (etika),  estetika  kategoriyalari  tashkil  etadi. 
Masalan,  axloq  fanida  falsafiy  bilimning  ayni  shu  sohasi  va  falsafaning  axloq  bilan  turdosh  bo‘limlari  – 
antropologiya,  ijtimoiy  falsafa,  aksiologiyaga  xos  bo‘lgan  kategoriyalar  tizimi  (yaxshilik  va  yomonlik,  sha‘ni  va 
qadr-qimmat,  hayot  ma‘nosi,  baxt  va  boshqalar)  vujudga  kelgan.  Tushunchalar,  mulohazalar,  mushohadalar, 
dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, 
ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz. 
Falsafa  kategoriyalari  muayyan  fanlarning  kategoriyalaridan  ancha  farq  qiladi.  Bu  farq  shundan  iboratki, 
dialektika  kategoriyalari ob‘ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki 
barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. SHunday qilib, dialektika 
kategoriyalari ob‘ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma‘naviy-
amaliy o‘zgartirishning asosiy printsiplari bo‘lib xizmat qiladi.  
Dialektika  kategoriyalarini  ikki  turga  ajratish  mumkin:  substantsion  kategoriyalar  va  munosabatdosh 
kategoriyalar. Substantsion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat‘iy nazar, alohida-alohida qo‘llaniladigan 
kategoriyalar.  Bunday  kategoriyalar  qatoriga  «borliq»,  «materiya»,  «harakat»,  «rivojlanish»,  «makon»,  «vaqt  », 
«ziddiyat»  va  hokazolar  kiradi.  Ular  ob‘ektiv  voqelikning  muayyan  umumiy  xossalarini  qayd  etadi,  lekin  bu 
kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. 
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini 
nazarda  tutadi;  ularning  biri  haqida  tasavvur  hosil  qilganda  boshqasini  hisobga  olmaslik  mumkin  emas.  Bunday 
kategoriyalar  qatoriga  quyidagilar  kiradi:  yakkalik  va  umumiylik;  hodisa  va  mohiyat;  shakl  va  mazmun;  qism  va 
butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.  
Biz falsafa kategoriyalarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.  
Umumiylik,  yakkalik,  xususiylik  kategoriyalari  borliq  narsalari  va  hodisalarining  nisbatan  mustaqilligi, 
ularning rang-barangligi va birligi in‘ikosi hisoblanadi.  
Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko‘p ishlatamiz va ularning mazmuni 
bizga  ba‘zan  oydek  ravshan  bo‘lib  tuyuladi.  Ammo  mazkur  tushunchalar  bilan  ifodalanadigan  predmet    yoki 
predmet lar turkumini to‘ishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Masalan unga ikkita 
bolaning suhbatini asos bo‘lishi mumkin: 
- Umringda hech qushni ko‘rganmisan? 
- Ha, ko‘rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi).  
-  E,  bu  qush  emas,  kanareyka-ku.  Kanareykani  ham  sen  hech  qachon  ko‘rmagansan.  Sen  faqat  bitta 
kanareykani, bizning kanareykamizni ko‘rgansan.  
Sog‘lom  fikr  kanareykada  qushni  ko‘rgan  bola  u  hech  qachon  qushni  ko‘rmaganini  aytayotgan  boladan 
ko‘proq haq ekanligidan dalolat beradi.  Ammo umuman qush,  meva, daraxtini  ko‘rganini  kim  uzil-kesil qayd eta 
oladi? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o‘z tajribamizda ko‘rganimiz hech qanday shubha uyg‘otmaydi. Umumiy 
tushunchalar  amalda  ob‘ektiv  mazmunga  ega  yoki  ega  emasligi  falsafa  tarixida  qizg‘in  munozaralarga  sabab 
bo‘lgan.  Umumiy  tushunchalar  tabiati  masalasi  atrofida  bahs  o‘rta  asrlardan  beri  davom  etib  keladi.  Umumiy 
tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi  – yakkalikmi yoki umumiylikmi? Umumiylik va 
yakkalik munosabati hodisalar xossalarining emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga 
hozir ham duch kelish mumkin. Xo‘sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday yechilmoqda? 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin