Andijon mashinasozlik instituti


Rivojlanishning    tiplari



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/58
tarix24.05.2020
ölçüsü3,89 Mb.
#31471
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
falsafa


Rivojlanishning    tiplari.
   
Rivojlanish  manbai  va  rivojlanishni  harakatlantiruvchi  kuchni  farqlash  lozim. 
Rivojlanish manbai–ichki hodisa, predmetning ichki ziddiyatlaridir.  
Vaholanki,  tashqi  ziddiyat  ham  rivojlanishni  harakatlantiruvchi  kuch  bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  siz 
shamollab  qoldingiz.  Ayni  holda  tashqi  muhit  sizning  holatingiz  o‘zgarishini  harakatlantiruvchi  kuch  bo‘ldi. 
Dialektik ziddiyat tarkibida asosiy tomon manfiy xususiyatga ega, chunki u mazkur ziddiyatni bartaraf etish, inkor 
qilishga qaratilgan. Musbat tomon mazkur ziddiyatni saqlashga qaratilgan. 
SHaklan rivojlanish bir chiziqli ham, aylanma ham emas, balki rang-barang-roq va murakkabroq, chunonchi: 
bir chiziqli va ko‘p chiziqli, to‘g‘ri chiziqli va zigzag-simon, umumiy va xususiy, uyg‘un va nouyg‘undir. 
Yo‘nalish  jihatidan  rivojlanish  progressiv  va  regressiv  bo‘ladi.  Rivoj-lanish  tizim  ayrim  elementlarining 
tanazzuli  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  mumkin.  Butun  tizim  tanazzulga  uchrashi,  uning  ayrim  elementlari  esa  taraqqiy 
etishi  mumkin  emas.  Obhektga  nisbatan  tashqi  kuchlar  tahsirida  yuz  berishi  mumkin  bo‘lgan  harakatdan  farqli 
o‘laroq,  rivojlanish  o‘z-o‘zidan  harakat,  ichki  jarayon  bo‘lib,  ziddiyat,  bir-birini  istisno  etuvchi  tomonlar, 
tendentsiyalar uning man-bai hisoblanadi.  
Yuqorida    aytib    o‘tilganidek,    Gegelg‘    falsafasida    rivojlanish    tushunchasi  inkor  va  inkorni-inkor 
kategoriyalarida  yoritiladi.  Mazkur  terminologiya  mutafakkirning  mantiq  tizimi  negiziga  aylantirilgan  obhektiv-
idealistik falsafasi kontekstida tasodifiy bir hol emas. Avval«inkor» kategoriyasining mazmunini aniqlaymiz. Inkor 
nima? Unga ikki xil– metafizik va dialektik munosabat mavjud. 
Metafizik«inkor» asosiy ehtiborni eskining yo‘q bo‘lishiga qaratadi,  

yangining saqlanishi va uni yaratish jarayonlarini deyarli ehtiborga olmaydi. SHunday qilib, metafizik inkor– 
inkor qilish rad etish, yo‘q qilishni anglatadi. 
Dialektik inkor eski sifatdan yangi sifatga o‘tish bo‘lib, bunda eski sifatning muayyan tomonlari, mazmuni va 
funktsiyasining  elementlari  o‘zgargan  ko‘rinishda  yangi  sifatga  o‘tadi.  Dialektik  inkor–  bu  narsani  butunlay  yo‘q 
qilish emas, balki eski sifatning bahzi bir jihatlarini saqlagan va o‘zgartirgan holda uni yangi narsaga aylantirishdir. 
U  yangi  va  eski  sifat  o‘rtasida  aloqa  mavjudligidan  dalolat  beradi.  Dialektik  inkor  uch  muhim  jihat  bilan 
tavsiflanadi:  
1) eskini vayron qilish, buzish; 
2) eskining elementlarini saqlash(vorisiylik); 
3) yangini yaratish, tuzish.
  
 
Qonun tushunchasi.
 
Qоnun – tizimning elеmеntlari o‘rtasidagi umumiy va invariant alоqa. Ularning uchta 
turi mavjud. 
       Vоqеlik  qоnunlari  bizning  оngimizdan, biz  ularni  bilish-bilmasligimizdan  qat‘i  nazar  mavjud  va  amal 
qiladi.  
Fan qоnunlari оdamlar tоmоnidan anglab еtilgan vоqеlik qоnunlarining оngimizdagi in‘ikоsi hisоblanadi. 
Har  bir  fan  vоqеlikning  muayyan  sоhasini  o‘z  prеdmеti  sifatida  o‘rganar  ekan,  mazkur  sоhada  amal  qiluvchi 
qоnunlarni  aniqlaydi.  Ilmiy  nazariya  bilan  qamrab  оlingan  sоha  qancha  kеng  bo‘lsa,  uning  qоnunlari  shuncha 
umumiy bo‘ladi. Fanda qоnunlarning umumiylik darajasiga ko‘ra murakkab iеrarхiyasi mavjud. Umumiylik darajasi 
pastrоq bo‘lgan qоnunlar umumiyrоq qоnunlarning ayrim ko‘rinishlari sifatida amal qiladi va so‘nggi zikr etilgan 
qоnunlardan ularning оqibatlari sifatida kеltirib chiqariladi.  
Masalan,  gеоmеtrik  оptikada  yorug‘likning  aks  etish  va  sinish  qоnunlari  elеktrоmagnit  to‘lqinlar 
tarqalishining  umumiyrоq  qоnunlaridan,  ular  esa,  o‘z  navbatida,  elеktrоmagnit  maydоni  nazariyasining  yanada 
umumiyrоq qоnunlaridan kеlib chiqadi.  
Har  qanday  qоnun  muayyan  sharоitda  amal  qiladi.  Qоnun  amal  qilishining  bazis  va  lоkal  sharоitlarini 
farqlash lоzim.  
Bazis sharоitlar qatоriga qоnunning amal qilish sоhasini bеlgilоvchi sharоitlar kiradi. Mazkur sharоitlardan 
tashqarida  qоnun  amal  qila  оlmaydi  (ular  yo‘q  bo‘lgan  taqdirda  ularda  amal  qilayotgan  tizim  ham  yo‘q  bo‘ladi). 
Lоkal sharоitlar qatоriga qоnunning amal qilish sоhasidagi sharоitlar kiradi.qоnun bu sharоitlarning har qanday 
variatsiyasida  o‘z  kuchini  saqlab  qоladi,  lеkin  ularning  o‘zgarishlari  qоnunning  amal  qilish  natijalarining 
o‘zgarishlariga  sabab  bo‘ladi.  Aytish  mumkinki,  qоnun  lоkal  sharоitlarga  nisbatan  invariant,  lеkin  u  bazis 
sharоitlarga nisbatan invariant emas.  
Masalan,  Arхimеd  qоnuni  uchun  suyuqlik  va  unga  sоlingan  jismning,  оg‘irlik  kuchining  mavjudligi  bazis 
sharоitlar hisоblanadi. Bu sharоitlarga nisbatan Arхimеd qоnuni nоinvariantdir: ular mavjud bo‘lmasa, qоnun amal 
qilmaydi.  Bu  еrda  suyuqlikning  tarkibi  va  sоlishtirma  оg‘irligi,  jismning  fizik  tuzilishi  va  shakli  lоkal  sharоitlar 
hisоblanadi. Ularga nisbatan qоnun invariantdir. Ammо uning amal qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim 
hоllarda jism suvda suzadi, ayrim hоllarda esa – u cho‘kib kеtadi.  
Оdamlar qоnunlarning amal qilish sharоitlarini o‘zgartirib, ulardan o‘zlari istagan natijalarga erishish uchun 
fоydalanish imkоniyatini qo‘lga kiritadilar. yangi bazis sharоitlarni yaratish yo‘li bilan esa ular ayrim qоnunlarning 
amal qilishini to‘хtatish va bоshqa qоnunlarni amalga kiritishga qоdirlar.  
Hоdisalarning  muntazamligi,  takrоriyligida  qоnunlarning  amal  qilishi  (shuningdеk  fеnоmеnlоgik  qоnun, 
empirik bоg‘lanish) qоnuniyat-dеb ataladiQоnuniyatlar – bu qоnunlarning namоyon bo‟lishidir. 
Falsafa  qоnunlari  tizimida  dialеktik  ziddiyatlilik  qоnuni  markaziy  o‘rinni  egallaydi.  Qоnunning  muhim 
jihatlarini  aniqlash  uchun  uning  asоsiy  katеgоriyalarini  ko‘rib  chiqish  kеrak.  Tahlilni  qarama-qarshilik 
tushunchasidan bоshlaymiz. 
Qarama-qarshilik  birligi  va  kurashi  qonuni. Predmetning bir-birini istisno etuvchi va bir-birini nazarda 
tutuvchi  tomonlaridir.  Qarama-qarshiliklar  –  o‘zaro  bog‘lanishli  bo‘lgan  tushunchalar.  Turli  jihatlardan  olingan 
taqdirda, ular o‘zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo‘lmasligi mumkin. Qarama-qarshilik – narsalar va 
hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi  va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendentsiyalar, jarayonlarni 
aks  ettiruvchi  falsafiy  kategoriya  (assimilatsiya  –  dissimilatsiya,  o‘zgaruvchanlik  –  tug‘malik,  ishlab  chiqarish  – 
iste‘mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.).  
Qarama-qarshiliklar  o‘rtasida  ikki  xil  munosabat  mavjud:  yagonalik  munosabati  va  qarshi  harakatga  doir 
munosabat.  (qonunning  klassik  ta‘rifida  «kurash»  atamasi  ishlatiladiki,  u  qonunning  mohiyatini  soddalashtiradi, 
chunki mazkur atama ko‘proq jamiyatga tegishlidir.) 
Qarama-qarshilik  birligi  nima?  Birinchidan,  qarama-qarshiliklar  birligi  –  bu  ularning  uzviyligi.  Har  bir 
qarama-qarshilik  boshqa  bir  qarama-qarshilikning  mavjudlik  sharti  hisoblanadi.  Ular  alohida-alohida  mavjud 
bo‘lishi  mumkin  emas  (agar  qarama-qarshiliklardan  biri  yo‘q  bo‘lsa,  ularning  ikkinchisi  ham  yo‘q  bo‘ladi). 
Ikkinchidan,  qarama-qarshiliklar  birligi  ular  bir-birini  taqozo  etgan  va  bir-biriga  o‘tgan  holdagina  muayyan 
mazmun  kasb  etadi.  Har  qanday  qarama-qarshilik  o‘zida  mavjud  bo‘lmagan,  lekin  boshqa  qarama-qarshilikda 
mavjud bo‘lgan jihatga  muhtoj bo‘ladi.  Ular bir-biri bilan  o‘zaro ta‘sirga  kirishadi.  Qarama-qarshiliklar bir-biriga 
ta‘sir ko‘rsatish orqali bir-biriga o‘tadi. Bu qarama-qarshiliklar makonda bir-biridan ajratilgan, turli jinsli hodisalar 
sifatida  mavjud  bo‘lmasligini,  ularning  har  biri  o‘zida  boshqasining  muayyan  jihatini  mujassamlashtirishini 
anglatadi (masalan, o‘quv jarayoni o‘qituvchi va talablar mavjudligini nazarda tutadi).  

Qarama-qarshiliklarning  qarshi  harakat  («kurash»)ga  doir  munosabati  nima?  Qarama-qarshiliklar  bir-birini 
taqozo  etar  va  rivojlanar  ekan,  biri  boshqasiga  «be‘arvo»  bo‘lmaydi,  balki  bir-biriga  o‘zaro  ta‘sir  ko‘rsatadi. 
Ularning  o‘rtasida  qarshi  harakat,  kurash  boradi.  Uning  mohiyati  yagonalikka  barham  berishdan  iborat.  Qarama-
qarshiliklarning har biri ikkinchisini o‘zidan itarib chiqaradi, undan xalos bo‘lishga harakat qiladi. SHunday qilib, 
qarama-qarshilikliklar kurashi qarama-qarshiliklar bir-birini inkor etgan, bir-birini istisno qilgan holda yuz beradi.  
Qarama-qarshiliklar  birligi  narsaning  barqarorligini  aks  ettiradi  va  nisbiy,  o‘tkinchi  hisoblanadi.  Qarama-
qarshiliklarning kurashi mutlaq xususiyat kasb etadi, u hech qachon to‘xtamaydi. 
 Miqdor    va  sifat    o‟zgarishlari    dialektikasi.  Hodisalarga  makon-vaqt  mezoni  nuqtayi  nazaridan  tavsif 
berish jarayonida  «qayerda?» va «qachon?» savollari birinchi o‘ringa chiqadi. Ularni bilishga nisbatan boshqa bir 
yondashuv «nima?» savoli bilan bog‘liq. Ma‘lum joyda va ma‘lum vaqtda mavjud bo‘lgan mazkur hodisa nimadan 
iborat?  U  qanday  xossalar  bilan  tavsiflanadi?  Boshqa  hodisalardan  uning  farqi  nimada  va  qay  jihatdan  ularga 
o‘xshash?  Bunday  savollarga  javob  hodisalarni  sifat  va  miqdor  jihatidan  tavsiflash  orqali  beriladi.  Mazkur  tavsif 
predmeti  sifat  va  miqdor  kategoriyalari  bilan  ifodalanadi.  Eng  sinchkov  tahlil  ham  hodisada  sifat  yoki  miqdor 
jihatidan tavsiflash mumkin bo‘lmagan narsani aniqlash imkonini bermaydi. Binobarin, sifat va miqdor – hodisaning 
qoldiqsiz «parchalanuvchi» ikki tomonidir.  
Miqdor  va  sifat  o‘zgarishlarining  bir-biriga  o‘tishi  qonuni  rivojlanish  jarayonining  mexanizmini  yoritadi,  u 
qay  tarzda  va  qanday  shakllarda  amalga  oshirilishini  ko‘rsatadi.  Bu  qonunning  xususiyatini,  u  qanday  namoyon 
bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me‘yor, sakrashning mazmunini 
yoritish talab etiladi. 
Sifat  narsalarga  xos  va  ularning  borlig‘i  bilan  ayniy  bo‘lgan  hamda  ularni  muayyan  aloqalar  tizimidagi 
boshqa  narsalardan  farqlash  imkonini  beradigan  o‘ziga  xos  xususiyatni  aks  ettiradi.  Narsalarning  sifati  ularning 
chekliligi  bilan  uyg‘un  bog‘liq,  zero  mazkur  sifat  yo‘q  bo‘lishi  bilan  narsaning  o‘zi  ham  yo‘q  bo‘ladi,  u  boshqa 
narsaga aylanadi. Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega bo‘ladi. 
Ular  muqarrar  tarzda  muayyan  o‘lcham,  hajm,  massa  va  shu  kabilar  bilan  tavsiflanadi.  Sifat  –  narsaning  ichki 
xususiyati, predmet ni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va yetarli bo‘lgan xossalar majmui. Sifat – xossalarning 
oddiy  majmui  emas,  balki  ularning  muayyan  yaxlitlikdan  o‘rin  olgan  va  predmet  ning  alohida  mohiyat  sifatida 
mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning munosabatlari va aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmet 
da  qarama-qarshi  xossalar  va  sifatlar  mavjudligini  izohlaydi.  Bir  jihatdan  yengil  narsa  boshqa  bir  jihatdan  og‘ir 
bo‘ladi, bir aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va h.k. Masalan, suv va bug‘ bir-biridan sifat jihatidan 
farq  qiladimi  yoki  miqdor  jihatidanmi?  Moddaning  agregat  holatini  taqqoslaydigan  bo‘lsak,  suv  va  bug‘  sifat 
jihatidan  farq  qiladi.  Taqqoslash  suv  va  bug‘ning  kimyoviy  tarkibini  aniqlashni  nazarda  tutsa,  ularning  o‘rtasida 
miqdoriy  farq  mavjud  bo‘ladi.  Ammo  har  qanday  narsa  bir  jihatdan  bitta  sifatga  va  turli  jihatlardan  ko‘plab 
sifatlarga ega bo‘ladi 
Xossa- predmetning jihati bo‘lib, uning boshqa predmet lardan farqi yoki ular bilan o‘xshashligini belgilaydi 
va  ular  bilan  o‘zaro  aloqada  namoyon  bo‘ladi.  Xossalar  muhim  va  ikkinchi  darajali  bo‘lishi  mumkin.  Muhim 
xossalar predmet ning sifatini belgilaydi. Ularning yo‘qolishi mohiyatini mazkur xossalar tashkil etgan predmet ning 
ham  yo‘qolishini  anglatadi.  Ikkinchi  darajali  xossalar  o‘zlashtirilishi  yoki  predmet  ning  sifatini  o‘zgartirmasdan 
yo‘qolishi  mumkin.  Har  qanday  xossa  (temperatura,  hajm,  energiya  va  sh.k.)  muayyan  miqdor  va  sifatga  ega 
bo‘ladi. Har qanday predmet  o‘zining mavjudligini belgilovchi barcha xossalar majmuidir..  
Miqdor-predmet  muayyan  xossasining  namoyon  bo‘lishi,  intensivligi  darajasi.  U  sifat  jihatidan  o‘xshash 
xossalar yoki butunning qismlarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Miqdoriy munosabatlar sifatga bog‘lanmasdan 
aniqlanishi  mumkin. SHuningdek,  miqdor turli predmet larning ayrim umumiy  xossasi sifatida, predmet larni sifat 
jihatidan  tenglashtiradi.  SHu  ma‘noda  miqdor  sifatning  ziddidir.  Ammo  predmet  ning  sifat  xususiyatini 
mavhumlashtirish  sifat  jihatidan  har  xil  tuzilmalarni  o‘rganishga  tadqiqotning  miqdoriy  metodlarini  jalb  qilish 
imkonini beradi. Masalan, o‘lchash taqqoslashning o‘rganilayotgan ob‘ektning  miqdor ko‘rsatkichlarini aniqlovchi 
ayrim  ko‘rinishi  sifatida,  sifat  haqida  aniqroq  xulosa  chiqarish  imkonini  beradi.  Matematikada  miqdoriy 
munosabatlar  son,  qiymat,  funksiya,  to‘plam  tushunchalarida  ifodalanadi.  Hozirgi  zamon  fani  aniq  matematik 
apparatdan  foydalanib,  mikrodunyoning  teran  qatlamlariga  kiradi,  Olamning  cheksiz  makonlarini  tadqiq  etadi. 
Matematika tabiat va jamiyatni o‘rganishning samarali vositalaridan biriga aylangan.  
Har qanday predmet  miqdor va sifat qarama-qarshiliklarining muayyan sintezidir. Uning borlig‘i ob‘ektga 
xos  bo‘lgan  muhim  xossalarni  saqlashni  nazarda  tutadi.  Olamning  ko‘p  sifatliligi  uning  elementlari  nisbatan 
barqarorligi va mustaqilligi bilan ta‘minlanadi. Ammo olam, shu jumladan har qanday predmet  muttasil o‘zgarishda 
bo‘ladi. Hech narsa boqiy emas. Butun borliq qachondir paydobo‘lgan va qachondir halok bo‘ladi. Dunyo o‘zgaradi 
va ayni zamonda o‘zligini saqlab qoladi, o‘z-o‘ziga nisbatan ayniy bo‘ladi.  
Me‟yor-predmet  borlig‘ining  chegarasi.  U  predmet    xossalari  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlarining  xususiyati 
bilan  belgilanadi.  Me‘yor  –  bu  miqdor  va  sifatning  shunday  bir  birligiki,  bunda  muayyan  sifat  faqat  muayyan 
miqdor  bilan  bog‘liq.  Me‘yor  –  bu  miqdor  ko‘rsatkichlari  yoki  o‘zgarishlarining  tegishli  sifat  mavjud  bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan muayyan oralig‘i hamdir Me‘yor – bu shunday bir chegaraki, unda miqdor o‘zgarishlari narsaning 
sifatiga  putur  yetkazmaydi.  Gegel  fikricha,  «Hamma  narsa  o‘z  me‘yoriga  ega,  ya‘ni  miqdor  jihatidan  aniqdir»
54

Masalan,  vodorod  peroksidi  va  suv  bir-biridan  molekulalardagi  kislorod  atomlarining  miqdoriga  ko‘ra  farq  qiladi. 
                                                 
54
 Гегел Г.В. энсиклопедиb философских наук. Соcъ. Т. 1. -М.: – С.145 

Huquqiy,  axloqiy  va  estetik  hodisalar  tavsifida  me‘yor  tushunchasi  normativlik  xususiyatini  kasb  etadi.  «Aynan 
«ko‘proq» va «kamroq» orqali yengiltaklik me‘yori buziladi va butunlay boshqa narsa  – jinoyat namoyon bo‘ladi, 
aynan «ko‘proq» va «kamroq» orqali adolat haqsizlikka, fazilat nuqsonga o‘tadi»
55
. Masalan, huquqda qilmishning 
ijtimoiy xavflilik darajasi va  jazo chorasi o‘rtasidagi  muvofiqlikka  rioya  etiladi.  Me‘yor tushunchasida  miqdor va 
sifat xossalarining o‘zaro aloqasi aks etadi. Tabiatda kuzatiladigan narsalarning bir holatdan boshqa holatga o‘tishi 
dunyo  evolutsiyasining  muhim  va  keng  tarqalgan  mexanizmlaridan  birini  aks  ettiradi.  Me‘yor  tushunchasi 
evolutsiya tendentsiyalarini aniqlash, turli sistemalarning o‘tmishi va kelajagi xususida gipotezalar tuzish imkonini 
beradi. Miqdor sifat jihatidan bir jinsli hodisalarning muayyan ob‘ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib, u mazkur hodisalarning 
kattaligini,  mavjudlik  muddatini  va  umuman  hodisa  yoki  uning  ayrim  tomonlari  rivojlanishining  faollik  darajasini 
tavsiflaydi.  
SHunday  qilib,  narsalar  va  hodisalar  sifat  va  miqdor  xususiyatlariga  ega  bo‘ladi.  Ammo  narsalar  va 
hodisalarning bu tomonlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud emasdek, ularning biri ikkinchisiga bog‘liq emasdek bo‘lib 
tuyulishi mumkin. Lekin amalda bunday emas. Miqdor va  sifat o‘rtasida dialektik aloqa mavjud: muayyan sifatni 
aks  ettirmaydigan  miqdor  mavjud  emas  va  shu  bilan  bir  vaqtda  miqdorsiz  sifat  ham  yo‘q.  Mazkur  sifatga 
qo‘shimcha  tarzda  doim  qandaydir  emas,  balki  muayyan  miqdor  javob  beradi.  Biz,  masalan,  uzunligi  Amudaryo 
ustida  qurilgan  ko‘prikning  uzunligiga  teng bo‘lgan  stolni  ko‘rmaganmiz. SHuningdek  oyoqlarining  uzunligi 5  m 
bo‘lgan odamni tasavvur qilish ham qiyin. SHunday qilib, har qanday sifat falsafada me‘yor deb ataladigan miqdor 
chegarasiga  ega  bo‘ladi.  Miqdorning  me‘yor  doirasida  o‘zgarishi  sifatning  o‘zgarishiga  sabab  bo‘lmaydi,  lekin 
me‘yordan oshilganda narsa o‘zining avvalgi mohiyatini yo‘qotadi. Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bunday o‘zaro 
ta‘siriga ko‘p sonli faktlarni keltirish mumkin. Masalan, jismning tezligi sekundiga 1000, 2000, 7910 metr bo‘lsa, u 
yerga yiqiladi. Agar jismning tezligi atigi bir birlikka oshirilsa va u sekundiga 1911 metrga yetkazilsa, jism Yerdan 
ko‘tariladi va uning yo‘ldoshiga aylanadi. Demak, miqdor o‘zgarishlari, agar ular me‘yor doirasida yuz bersa, sifatni 
butunlay o‘zgartirmaydi. Biroq, agar bu o‘zgarishlar me‘yor chegarasidan chetga chiqsa, o‘zining muayyan miqdori 
va o‘z me‘yoriga ega bo‘lgan yangi sifat vujudga keladi.  
Miqdor  va  sifat  o‘zgarishlarining  o‘zaro  bog‘liqligi  haqidagi  qoida  umumiy  ahamiyat  kasb  etadi.  U  atrof 
borliqning  barcha  narsalari  va  hodisalariga  nisbatan  o‘rinli,  ya‘ni  dialektika  qonuni  kuchiga  ega.  U  quyidagicha 
ta‘riflanadi.  
Miqdor  va  sifat  o‟zgarishlarining  bir-biriga  o‟tishi  qonuni  narsaning  miqdor  va  sifat  tomonlarining 
shunday  bir  o‘zaro  aloqasini  aks  ettiradiki,  uning  ta‘sirida  miqdor  o‘zgarishlari  me‘yor  chegarasidan  chetga 
chiqib,  albatta  tub  sifat  o‘zgarishlariga  sabab  bo‘ladi,  bu  sifat  o‘zgarishlari  esa,  o‘z  navbatida,  yangi  miqdor 
ko‘rsatkichlariga  olib  keladi.  Bu  qonunga  muvofiq  rivojlanish  bir-biridan  farq  qiladigan,  lekin  o‘zaro  bog‘langan 
ikki  bosqich  –  uzluksizlik  va  uzluklilikning  birligi  sifatida  yuz  beradi.  Rivojlanishda  uzluksizlik  –  bu  juda  sust, 
ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi.  
Sakrash-bu  bir  sifatning  boshqa  sifatga  aylanish  vaqti,  shakli,  usuli,  miqdor  o‘zgarishlarining  uzluksizligi, 
bosqichma-bosqichligidagi  uzilishdir.  Masalan,  sakrash-bu  Yerda  hayotning  paydobo‘lishi,  hayvonlar  dunyosidan 
insonning  ajralib  chiqishi,  bir  ijtimoiy  tuzum  o‘rniga  boshqa  ijtimoiy  tuzum  kelishi,  buyuk  ilmiy  va  texnikaviy 
kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, 
chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.  
Sakrashlarning  shakllari  rang-barang  bo‘lib,  rivojlanayotgan  hodisaning  tabiati,  shuningdek  unda  sifat 
o‘zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan belgilanadi. Sakrashlar:  
1) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust); 
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra); 
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq); 
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz) farq qiladi.  
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolutsiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar ayniqsa muhim ahamiyat 
kasb etadi. «Evolutsiya» tushunchasi keng va tor ma‘nolarda qo‘llaniladi. Keng ma‘nodagi «evolutsiya» asta-sekin 
rivojlanish  jarayoni  bo‘lib,  u  miqdor  o‘zgarishlarinigina  emas,  balki  sifat  o‘zgarishlari,  shu  jumladan  inqiloblarni 
ham  o‘z  ichiga  oladi.  Tor  ma‘noda  «evolutsiya»  deganda  inqilobdan,  uning  tayyorlanishidan  oldingi  davr 
tushuniladi.  «Inqilob»  tushunchasi  ijtimoiy  hodisalarni  tavsiflash  uchun  ishlatiladi.  Bu  jamiyatni  asta-sekin 
o‘zgartirmaydigan,  balki  unda  tub  o‘zgarish  yasaydigan  sakrashdir.  Islohot  jamiyat  hayotining  biron-bir  muhim 
tomonini o‘zgartirish bo‘lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.  
SHunday  qilib,  miqdor  va  sifat  o‘zgarishlarining  bir-biriga  o‘tish  qonuni,  rivojlanishning  umumiy  qonuni 
sifatidagi  mazmuni  haqida  yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradigan  «sifat»,  «miqdor»,  «me‘yor»,  «sakrash» 
kategoriyalari  yordamida  muayyanlashtiriladi.  Mazkur  qonun  butun  borliqning  rivojlanishi,  harakati  va  o‘zgarishi 
qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib, ob‘ektiv voqelikning har qanday sohasida  yangi sifatga 
o‘tishning ichki mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning mexanizmini yoritib 
bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy tendentsiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi.  
 Inkorni-inkor  qonuni  va  vorisiylik. Inkorni-inkor qonunining mohiyati nimadan iborat? Ayni bir atama 
bunday  ketma-ket  qo‘llanilishining  ma‘nosi  nimada?  Inkor  kategoriyasi  rivojlanayotgan  ob‘ekt  tarixidagi  bir 
lahzanigina tavsiflaydi. Bitta inkor harakati o‘zgarish qaysi yo‘nalishda yuz berayotgani, oldingi va keyingi voqealar 
                                                 
55
 Гегел Г.В. Наука логики. Т. 1. – М.: 1970. – С. 467. 

oqimida  u  qanday  ahamiyatga  ega  ekanligini,  yuz  bergan  voqeaning  mazmunini  aniqlash  uchun  doim  ham 
imkoniyat  yaratavermaydi.  Boshqacha  aytganda,  inkorni-inkor  tushunchasi  rivojlanish  jarayonining  muhim 
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 
«Inkor»  va  «inkorni-inkor»  kategoriyalari  dialektikaga  Gegel  tomonidan  kiritilgan  bo‘lib,  ayni  shu 
mutafakkirning  sa‘y-harakatlari  bilan  ular  umumiy  falsafiy  kategoriyalar  maqomini  olgan.  Inkor  va  inkorni-inkor 
kategoriyalaridan  Gegel  rivojlanishning  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  yoritish  vositasi  sifatida  foydalangan.  Gegel, 
shuningdek uning o‘tmishdoshlari va izdoshlari ko‘rsatib bergan ba‘zi bir o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rib chiqamiz.  
Birinchidan,  inkorni-inkor  rivojlanish  yo‘nalishini  ko‘rish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Mazkur  hodisa 
taraqqiyot  yoki  tanazzul  alomati  ekanligini  bir  inkor  harakatining  o‘zidan  aniqlash  mushkul.  SHu  bois,  masalan, 
qabul qilingan muayyan qonun, saylov natijalari va shu kabilar haqida xulosa chiqarishga shoshilmaslik kerak.  
Ikkinchidan, inkorni-inkor rivojlanish shaklining tavsifi bo‘lib xizmat qiladi. Ma‘lumki, Gegelning dialektika 
tizimida rivojlanish mantiqiy ziddiyatning yuzaga kelishi va uning bartaraf etilishi sifatida tavsiflanadi. Bu jarayon 
«tezis  –  antitezis  –  sintez»  formulasiga  muvofiq  yuz  beradi.  Dialektika  kontekstida  rivojlanishning  uch  bosqichi 
ijtimoiy va tabiiy tizimlar rivojlanishining ko‘p sonli stsenariylaridan biri sifatida  namoyon bo‘ladi.  Ammo Gegel 
qayd  etgan  rivojlanishning  siklliligi,  uning  chiziqsizligi  tabiat  va  jamiyatda  jarayonlar  kyechishining  ancha  keng 
tarqalgan shakli hisoblanadi.  
Uchinchidan,  tabiiy  va  ijtimoiy  sikllarda  rivojlanish  ham,  tanazzul  ham  bo‘lmasligi  mumkin:  o‘zgarish 
aylanma harakat qiladi. 
 Inkorni-inkorda  rivojlanish  quyi  bosqichining  o‟ziga  xos  xususiyatlari  yuqoriroq  bosqichda 
Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin