Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


-mavzu: ASAR POETIKASI –



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/103
tarix20.03.2022
ölçüsü0,98 Mb.
#54011
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103
qiyosiy adabiyotshunoslik (2)

5-mavzu:

ASAR POETIKASI – 

KOMPARATIVISTIKA OBYEKTI

Reja:

5.1. Poetika haqida tushuncha.

5.2. Poetikaning tasnifi.

5.3. Badiiylik va badiiy mahorat.

5.4. Poetikaga oid zamonaviy tadqiqotlar.

Tayanch so‘zlar: poetika, umumiy, tavsifiy normativ, nazariy va 

tarixiy poetika, poetik mahorat, badiiylik, badiiy olam, mezon.

Qiyosiy  adabiyotshunoslik  bo‘yicha  olib  boriladigan  tad­

qiqotlarning  aksariyati  poetika  tushunchasi  bilan  bog‘liq. 

Poetikaning  asosiy  maqsadi  asar  yaralishiga  xizmat  qiluv-

chi  barcha  badiiy  unsurlarni  yuzaga  chiqarish,  baholash  va 

yozuv chining mahoratini ko‘rsatib berishdan iborat. Muayyan 

yozuv chi yoki shoirning badiiy asariga xos xususiyatlarni ta­

lab darajasida tahlil etish uchun avvalo poetika nazariyasini 

chuqur o‘rganib chiqish kerak.

Poetika atamasini birinchi marta Arastu asarida qo‘llagan

1



Faylasuf adabiyotni epos, lirika, drama kabi uch turga ajratish 

barobarida ularning badiiy xususiyatlariga xos jihatlarni ham 

tahlilga tortadi. Shundan so‘ng Sharq va G‘arbda poetika bilan 

bog‘liq ko‘plab ilmiy asarlar yuzaga keladi. 

Rus olimi A.A.Potebnya (1835 – 1891) fan tarixida birinchi­

lardan bo‘lib, poetikaning nazariy asoslari haqida ilmiy asarlar 

Аристотель. Поэтика. Об искусстве поэзии. – М., 1961.




38

39

yozgan.



1

 U «Tarixiy poetika» kitobida nazm va nasr, badiiy tas­

vir  vositalari,  poetik  va  mifologik  tafakkur,  stilistik  figuralar 

haqida  ilmiy-nazariy  xulosalarini  beradi.  Uning  adabiyot­

shunoslikka  doir  ayrim  izlanishlari

2

ni  keyinchalik  rus  olimi 



M.Baxtin  davom  ettirgan

3

.  U.Jo‘raqulovning  ta’kidlashicha, 



yirik nazariyotchi olim M.M.Baxtin asarlarining birortasi ham 

tarixiy va nazariy poetika sintezisiz amalga oshirilmagan

4

.

«Poetika» – yunonchadan olingan bo‘lib, «san’at, yaratuv-



chanlik, mahorat» degan ma’nolarni bildiradi. Rus olimi V.M.

Jirmunskiyning fikricha, 




Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin