qonuniy muvofiqlik nazariyasi (тео
рия закономерных соответствий) mavjud. Bu nazariya
ning asosiy mohiyati kelib chiqishi jihatidan muvofiq va mu
vofiq bo‘lmagan tillar orasidagi tarjima bilan bog‘liq.
Tarjima nazariyasida transformatsion, semantik-semiotik,
situativ va kommunikativ modellar mavjud.
Tarjimaning transformatsion modeli – boshqa tilga tarjima
qilinganida tilning o‘z holatini qanday saqlab qolish daraja
sidir.
Tarjimaning semantik (ma’no) – semiotik (belgilar sis
temasi) modeli – original asar semantikasining tarjimada saq-
lanish darajasi bilan belgilanadi.
Tarjimaning situativ modeli – tarjimada ayrim vaziyatlarni
(masalan, milliy-madaniy) hisobga olib, tarjima qilinishini
nazarda tutadi.
Tarjimaning kommunikativ modeli tarjimada o‘sha xalq-
ning madaniyatini hisobga olish va o‘zga tilga adaptatsiyasi
masalasidir.
Dostları ilə paylaş: |