adabiy mahdudlik va badiiy tafakkurning biqiq xolga tushib
qolishi, avvalo, boshqa adabiyotlarni o‘rganmaslik, o‘z adabi
yotiga tanqidiy nazar bilan qaray bilmaslik, qiyoslash, so-
1
Qarang: О нарративных техниках // http:// litmasters.ru/pisatelskoe-masterstvo/o-
narrativnyx-texnikax.html
2
Жирмунский В.М. Сравнительное литературоведение. – Л., 1979. – С.77.
3
Курамбоев К. Адабий алоқалар – миллий адабиётлар тараққиётининг қону ният-
ларидан бири //
lishtirish imkoniyatidan mahrumlik hisobiga ro‘y berishi, shu
ma’noda uzoq va yaqin xorijdagi barcha adabiy hodisalarni
o‘rganib borish, badiiy yangiliklardan boxabarlik, mutolaa va
ijodiy aloqalarga kirishish muayyan xalqqa mansub har qan
day adabiy jarayonni professional jihatdan oziqlantirishi ha
qidagi muhim fikrni bildiradi
1
.
Tipologiya – genetik jihatdan o‘zaro bog‘lanmagan, tili,
tarixi, madaniyati tamomila farq qiladigan xalqlar adabiyotida
mushtarak jihatlarni aniqlashga yordam beradigan kompara
tivistik tushuncha hisoblanadi. Adabiy hodisalarni tipologik
jihatdan o‘rganish, jahon adabiyotida kechadigan umumiy ja
rayonlarni anglab yetishda, adabiyotlararo aloqalarni yuzaga
chiqarishda muhim rol o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |