2. Adabiy-tipologik o‘xshashliklar. Mazkur turdagi o‘x-
shashliklar sof adabiy hodisaga asoslanadi. Adabiyotning bu
sohasi qiyosiy-tipologik tadqiqotning obyekti bo‘lib, aynan
shu yerda u adabiyot nazariyasi bilan birlashadi. Badiiy asar-
dagi umumiy va farqli jihatlarni nafaqat adabiy yo‘nalish,
janr lar nuqtayi nazaridan, balki g‘oyaviy-psixologik yon
dashuv, qahramonlar tavsifi, kompozitsiya, syujet, motivlar,
ob razlar tizimi, tasviriy vositalar, she’r tuzilishi unsurlari sin
gari badiiy likni ta’minlovchi komponentlar nuqtayi nazaridan
o‘rganish adabiyotshunoslik uchun muhim natijalar beradi.
Adabiyotshunos olim Sh.Sirojiddinovning Alisher Navoiy
man balarining qiyosiy-tipologik tekstologik tahliliga bag‘ish
langan monografiyasi adabiy-tipologik o‘xshashliklar tahlil
qilingan ilmiy asarlardan hisoblanadi
1
.
Dostları ilə paylaş: |